Fanidan 1-mavzu: Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja


Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari


Download 1.53 Mb.
bet20/39
Sana02.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1320269
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI (1)

Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy yo‘nalishlari:
- talabalarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e’tibor qaratish – talabalarning milliy g‘ururini oshirish; 
- xalqning qadimgi qadriyatlarini boyishiga hissa qo‘shish; 
- ona vatan oldidagi hamfuqarolik, haminsoniylik vazifasini bajarishga tayyorlab berish; 
- bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisodiy bilimini oshirish; 
- mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yuksalishida yoki mutaxassislarni tayyorlash; 
- talabalar kasbiy ko‘nikmasini oshirish; 
- muomala madaniyati oshirish, millati, vatani oldida, oilasi va do‘stlari oldidagi burchini shakllantiirish; 
- talabalarning shaxs sifatida individual xususiyatlarini shakllantirishi va takomillashtirish; 
- talabalar orasida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik o‘qishga va kasbga hurmat va ijtimoiy ma’suliyat hissini keng targ‘ib qilish; 
- talabalar manfaatlarini himoya qilish, bilim olish va sog‘lom turmush tarzi uchun barcha sharoitlarni yaratish;  
- talabalarning ijtimoiy – siyosiy va huquqiy ongini oshirish, tanqidiy va tahliliy tafakkurini kengaytirish;  
- adolatsizlik, firibgarlik, qarindosh – urug‘chilik va mahalliychilik, ya’ni jamiyatdagi salbiy kamchiliklarga qarshi kurashish;  
- talabalar o‘rtasida xalqaro terrorizm, diniy va siyosiy ekstrimizm, giyoxvand moddalarni noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;  
- maqsadli ma’naviy – axloqiy ishlarni takomillashtirish; 
- institutda boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga.
5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi –  umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini о‘rgatish bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.
5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi
4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi 5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi –  umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini о‘rgatish bо‘yicha о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir. 
4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari 5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, о‘quvchilar, о‘quv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlar jarayonidir.
4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari 5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr о‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari: о‘qituvchilik: akademik litseylar kollej, umumta’lim maktablarida milliy g‘oya huquq asoslari fani о‘qituvchisi; tarbiyachilik: ma’naviy va ma’rifiy ishlar tashkilotchisi, maktabdan tashqari muassasalarda faoliyat; о‘quv-metodik: ushbu yо‘nalishlar bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist vazifalarini bajarishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot. Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi. 
4.4 Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari 5111600– Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yо‘nalishi ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak: 
- о‘qituvchilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida milliy g‘oya, xuquq asoslari, О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini о‘rgatish bо‘yicha о‘qituvchisi bо‘lib ishlash;
-  tarbiyachi-tashkilotchi; umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bо‘lib ishlash 
- ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bо‘lib ishlash va boshqalar. 
-bolalar muassasalarida huquqshunos; 
-о‘quv-metodik: mos ta’lim yо‘nalishlar bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bо‘lib ishlash

Tayanch so'z va iboralar


Ma’naviyat, ma’rifat, ta’lim, kadrlar, yangi dunyoqarash, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ma’naviyat bo’limi, oily ta’lim, milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, ta’lim yo’nalishlari, malaka oshirish.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Yangi dunyoqarashi deganda nimani tushunasiz?
2. Ma’naviy-ma’rifiy sohasi kadrlari kimlar?
3. Oliy ta’lim muassasalarida ma’naviya-ma’rifiy ishlar qanday tashkil etilgan?
4. « Kadrlar tayyorlash milliy dasturi » mohiyati?
5. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ta’lim yonalishiga qo’yiladigan talablar?
6. Kadrlarning malaka oshirish tizimi qanday?

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling