Fanidan 1-mavzu: Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja


-mavzu:Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar


Download 1.53 Mb.
bet17/39
Sana02.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1320269
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI (1)

13-mavzu:Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar


Reja:
1. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish
2. O‘quvchi - talabalarda mustaqillik tafakkuri va huquqiy madaniyatni shakllantirish
3. Vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy, huquqiy, ixtisoslik tarbiyalarining o‘zaro bog’liqligi va didaktik asoslari

Ta’lim muassasalarida yoshlarni vatanparvarlik, o'z kasbiga mas'uliyat ruhida tarbiyalashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi


M u q a d d i m a
O'zbekiston mustaqillik tantanasi tufayli ta'lim-tarbiya tizmida tub o'zgarishlar yuz bermoqda. Milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma'naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-ahloq an'analariga e'tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. O'lkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik ishlari, aql-idrok, sabr-qanoat bilan, tarixiy an'analarimiz tajribasini hisobga olgan holda qadam-baqadam amalga oshirilmoqda.
Ma'lumki «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko'ra o'rta maxsus ta'lim akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida rituallar asosida amalga oshiriladi. Bunday ta'limning o'quv-metodik hujjatlari tegishli idoralar tomonidan ishlab chiqilmoqda, lekin bu muassasalarda ta'lim olayotgan o'quvchilarning ma'naviy dunyosini belgilash, ularning O'zbekiston Respublikasiga sadoqatini shakllantirish, qolaversa, mamlakatimizga xos milliy urf-odatlarni yaratish va ularni udumlar (rituallar) darajasiga aylantirish dolzarb masala bo'lib qoladi. O'zbekiston Respublikasi I.Karimov aytganidek: “Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimzning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma'naviy jihatdan mukammal rivojdangan insonni tarbiyalash, ta'lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg'onish g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan bir bo'lib qoladi».
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish, ularning faoliyatini boshqarish to'g'risida», shuningdek, O'zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlarida oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi xodimlari zimmasiga yuklatilgan muhim dolzarb masalalarni bajarishda Ushbu qo'llanma amaliy yordam beradi degan umiddamiz.
O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi
Mutal (Mutavakkil)Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov so'zi.

Serquyosh, hur o'lkam, elga baxt, najot,


Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylangan diyor!

Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,


Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylangan diyor!

O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilingan.


O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i


O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlangan.
Davlat bayrog'i va uning ramzi bugungi O'zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo'lgan davlatlar bilan tarixan bog'liqligini anglatadi hamda Respublikaning milliy-madaniy an'analarini o'zida mujassamlashtiradi.
1. Bayroqdagi moviy rang Tinchlik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Timsollar tilida bu - yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog'ining rangi ham moviy rangda edi.
2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, u kun charog'onligi va koinot yoritqichlari bilan uyg'unlashib ketadi. Oq rang poklik, beg'uborlik, soflikni, orzu va xayollar tozaligi, ichki go'zallikka intilishning timsoli.
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
4. Qizil chiziqlar vujudimizda jo'shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.
5. Navqiron yarimoy tasviri bizning tarixiy an'analarimiz bilan bog'liq. Ayni paytda, qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
6. Yulduzlar barcha xalqlar uchun ruhoniy, ilohiy timsol sanalgan. O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'idagi 12 ta yulduz tasviri ham tarixiy an'analarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning 12 yulduzga bo'lgan e'tiborimiz O'zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida «Nujum ilmi» taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Davlat bayrog'imizdagi 12 yulduz tasvirini o'zbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, o'z tuprog'ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.

O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi


O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashinnig X sessiyasida 1992 yil 2 iyul' kuni tasdiqlandi. O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda o'ng tomonidan bug'doy boshoqlari, so'l tomonidan ochilgan paxta chanoqlari surati tushirilgan chambardan iboratdir.
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan, sakkiz qirra ichida joylashgan yarimoy va yulduz musulmonlarning qutlug' ramzidir.
Gerb markazida himmat, olijanoblik va fidoyilik timsoli bo'lgan afsonaviy Xumo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo'lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.
Gerbning pastki qismidagi Respublika davlat bayrog'ini tifodalovchi uch rangdagi chambar bandiga «O'zbekiston» so'zi bitilgan.
“Gerb” so'zining tarixi haqida qisqacha ma'lumot: «Gerb» so'zi nemischa «Erbo» so'zidan olingan bo'lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan-naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi. Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho'zilgan ulkan sarhadda hukm surgan qadimgi turk xoni O'g'uzxon davrida ham turkcha «tamg'a» so'zi aynan shu ma'noni bildirar edi.
XII asrning mashhur tarixchisi Rashididdin Hamadoniy «Tanlangan tarixlar” nomli kitobida shahodat berishicha, O'g'uzxon o'z mol-mulkini o'g'illariga ulus sifatida kichik davlatlarga bo'lib, in'om etgan. Ushbu davlatlar hukmdorlari ham o'zlarining xonlik tamg'alariga ega edi. Ko'rinib turibdiki, «tamg'a» so'zining ma'nosi nemischa «erbo» so'zining ma'nosiga to'la mos keladi.

“Mustaqillik kuni”, bilimlar kuni” va o'quv yili boshlanishining tantanali oсhilishi rituali


MAQSADI: o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ilm-fan va tanlagan mutaxassisligiga mehr-muhabbat uyg'otish. Mustaqillikning mohiyati, tarixiy ahamiyatini tushuntirish, targ'ib va tashviq qilish;
- vatan taraqqiyoti, kelajagi uchun fidoyilikni shakllantirish;
VAZIFASI: marosim tadbirlari orqali o'quvchilarda Vatanga, xalqqa, millatga, mustaqillik degan muqaddas tushunchaga chuqur mas'uliyat hissini singdirish, ilm-fan, kasb-hunar sirlarini mukammal egallashga da'vat etish. O'z o'lkasini qadrlashga o'rgatish; insonlar o'rtasida mehr-oqibat ruhini kuchaytirish; fuqarolar o'rtasida o'zaro hurmat, insoniylikni targ'ib etish; millatlararo totuvlikka erishish; o'zini va o'zgalarni qadrlay bilish ruhida tarbiyalash; mustaqil fikrlash, ijtimoiy jarayonlarga o'z munosabatini bildira olishga odatlantirish; jahondagi o'zgarishlardan chetda qolmay, ularga nisbatan ma'lum munosabatni egallashga o'rgatish.
MAROSIMNI O'TKAZISh
Bu tadbirga o'quvchilarning ota-onalari, vazirlikdan, hokimiyatdan, jamoatchilik va homiy tashkilotlardan vakillar, oliy o'quv yurtining rahbarlari, universitet va litseyning professoro'qituvchilari ishtirok etadilar. Litsey universitet qoshida tashkil etilgan bo'lsa, u holda bu tadbir birgalikda o'tkaziladi. Maydonda musiqa ohanglari angrab turadi. O'quv yurti boshlig'i kelgan mehmonlarni tanishtiradi va kechani ochiq deb e'lon qiladi. Maydonda O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangraydi, hamma madhiyani ijro etadi. Respublika bayrog'i olib kiriladi. Fxriylardan biriga tabrik so'zi beriladi. Institut va litsey talabalari ham so'z oladilar. Shundan so'ng birinchi kursga qabul qilingan talabalar so'zga chiqadilar. O'quv yurti boshlig'i tadbirning rasmiy qismini yopiq deb e'lon qiladi. Madhiya yangraydi, Respublika bayrog'i olib chiqiladi.
Sport musobaqalari, viktorinalar o'tkaziladi va g'oliblar taqdirlanadi. So'ngra guruhlarda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Guruhlarda shu kunga bag'ishlangan mustaqillik darslarni o'tkazish.
2. O'quv yurti miqyosida mustaqillik kuniga bag'ishlab o'tkaziladigan tantanali yig'ilishga talabalar va o'qituvchilar hamkorligida ko'rgazmalar tashkil etish.
3. Guruhlarda o'quv yurti miqyosida ijodiy uyushmalar hamda baynalminal markaz xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etish.
4. Mustaqillik davri ijodkorlari, yuksak mukofot egalari, O'zbekiston Respublikasi Qahramonlari bilan davra suhbatlarini tashkil etish.
5. “O'zbekiston: kecha, bugun va kelajakda” mavzusida ko'rgazma tashkil etish.
6. O'quv yurti yoshlarni tayyorlagan modellar, eksponatlar qurgazmasini tashkil etish.
7. Ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.
8. Guruhlararo «Mustaqillik gazetasi» ko'rik tanlovini o'tkazish.
9. Guruhlararo sport musobaqalarini tashkil etish.
10. O'quv yurtida yangi davr qo'shiqlari ko'rik tanlovini o'tkazish.
11. «Men va zamon» mavzusida bahs-munozaralar o'tazish.

O'QUV YuRTIDA ISh VA O'QISh KUNINING BOShLANISh TARTIBI


MAQSADI: o'quv yurti o'quvchilarini ichki tartib-intizom qoidalariga hurmat, ularga ongli ravishda amal qilishga o'rgatish.
VAZIFASI: o'quv yurti o'quvchilarida ongli intizom hissini tarbiyalash, har bir o'quvchining jamoada to'laqonli a'zo ekanligini, jamoa mehnati natijalari uchun mas'ul ekanligini his etishni tarbiyalash.
O'TKAZILISh TARTIBI:
- har kuni belgilangan vaqtda o'quv yurti hovlisi yoki maxsus joyda, o'kuv yurti musiqali qo'ng'irog'idan so'ng, hamma (o'quvchilar, o'qituvchilar, rahbariyat) saf tortadi;
- navbatchi guruhning bugungi kunda o'kazilayotgan marosiga mas'ul a'zosi hamda guruh rahbari o'rtaga chiqib, barcha kurslar jam bo'lganini e'lon qiladi;
- o'quv yurti yoki O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi jamoa tomonidan ijro etiladi (madhiya kuyi fonogramma orqali beriladi);
- mas'ul navbatchi o'tgan kungi mas'ul navbatchiga so'z beradi. U o'tgan kunga yakun yasaydi, kerakli buyruq va topshiriqlarning bajarilishi bilan hammani tanishtiradi, bir kunlik faoliyatining ijobiy, salbiy jihatlarini ochib beradi, o'tkazilgan tozalik, tartib-intizom, kiyinish nazorati, hamda uning natijalari haqida axborot beradi;
- mas'ul navbatchi o'quv yurtining shu kungi ish rejasi bilan tanishtiradi. Masalan, tanafuslarda radio orqali beriladigan kuylar, radiogazetalar, shuningdek, dars tugagandan so'ng guruhlarda va o'quv yurti bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar, ularning vaqti, joyi, ishtirokchilari bilan bugungi kun o'quv yurtida qanday o'tganini aks ettiruvchi jangovar varaqaning chiqarilishi, o'quv yurtiga kimlar kelishi haqidagi ma'lumot bilan tanishtiradi;
- respublikamizda bo'layotgan muhim voqealar haqida ham ma'lumot berilishi mumkin;
- guruh rahbari yoki o'quv yurti ma'muriyati o'z xabarlari, ma'lumotlari, e'lonlari bilan chiqishlari mumkin;
- tadbirlarni tashkil etishda ba'zi guruhlarning ishtiroki belgilangan bo'lsa, ularga aniq topshiriqlar berilishi mumkin;
- mas'ul navbatchi tomonidan barcha axborot berilib bo'lingach, marosim yakunlanadi;
- marosim qatnashchilari qo'shiq yoki kuy jo'rligida joy-joylariga tarqaladilar.
Izoh: marosim har kuni (15 daqiqa davomida) uyushqoqlik bilan o'tkaziladi.

O'qituvсhilar kunini nishonlash


MAQSADI – yoshlarda o'qituvchilik kasbi va ustozlarga nisbatan mehr-muhabbat va iftixor tuyg'ularini shakllantirish va rivojlantirish.
VAZIFASI – o'quvchi yoshlarning o'qituvchilik kasbiga bo'lgan qiziqishlarini orttirish;
- ularning ustozlar izidan borishga bo'lgan rag'bat va mayllarini kuchaytirish.

Bayram rejasi:


1. Dunyoda e'zozlangan kasbning jamiyatda tutgan o'rni.
2. Xalq milliy merosida o'qituvchi-ustoz va shogird sha'nining tavsifi.
3. O'qituvchining ona-Vatan ravnaqidagi o'rni.
4. O'qituvchining ma'naviy olami, kasbiy mahorati.
5. Shogirdlik burchi va faxri.

Bayram jihozi:


I. O'zbekiston Respublikasining «O'qituvchilik kasbi»ga doir Qonunlari.
1. O'qituvchilar kunini nishonlashga doir farmon.
2. O'qituvchilar moddiy-ma'naviy sharoitini yaxshilash to'g'risida chora-tadbirlar.
3. O'qituvchilar uchun ta'sis etilgan unvonlar.
II. Donolar bisotidan namunalar.
II. Musiqa va qo'shiqlarni tanlash.
IV. Latifa va intermediyalar.
V. Sahna. Husayn Voiz Koshifiy va uning shogirdlari.
VI. «Birinchi o'qituvchim» ijodiy ishlar tanlovi: insho va badiiy asarlar ko'rgazmasini tashkil etish, chizilgan rasmli suratlar namoyishi.

Bayramni o'tkazish tartibi:


1. Sahna. Ustoz haqidagi qo'shiq yangraydi.
2. Boshlovchi kechani ochiq deb e'lon qiladi. Davlat madhiyasi yangraydi. So'ngra tabrik, o'qituvchi sharafiga atalgan she'r, hikoyat va rivoyatlar aytiladi.
3. Qo'shiq
Boshlovchi so'zi.
4. Sahna. Nuroniy Husayn Voiz Koshifiy va uning 4-5 shogirdi sharqona kiyimda. «Munojot» musiqasi.
5. Qiz va yigitlar o'qituvchi haqida to'rtliklar
aytadilar.
Boshlovchi so'zi.
6. O'yin.
7. Intermediya: Salbiy va ijobiy sahna.
Boshlovchi so'zi.
8. «Qahramon» o'qituvchi so'zi.
9. Ashula va o'yin.
10. Latifalar.
Boshlovchi so'zi.
11. Bahs. «O'qituvchi odobi» haqida. Bahs qatnashchilarini rag'batlantirish.
12. Ustoz o'qituvchilar sahnada. O'qituvchilar so'zi.
O'yin.
«Birinchi o'qituvchi» tanlovi qatnashuvchilarini taqdirlash.
Boshlovchi so'zi.
Yakun.
Qo'shiq.

«Davlat tili» kunini nishonlash


MAQSADI: Davlat tilining mavqei va ahamiyatini keng targ'ib qilish, shu asosda yoshlardagi milliy-ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan muhabbatni oshirish.
VAZIFASI: Bilim yurti o'quvchilarining davlat tiliga bo'lgan hurmat va e'tiqodlarini yuksaltirish.
O'tkazilish tartibi:
Ishtirokchilar: O'quv muassasasining professoro'qituvchilari, talabalalar.
Imkoniyatga qarab nufuzli tilshunos va adabiyotshunos olimlar, so'z ustalari, shoir va yozuvchilar, e'tiborli til va adabiyot o'qituvchilari taklif etilishi mumkin.
O'tkazilish joyi:
O'quv muassasasining majlislar zali. O'tmishdagi buyuk mutafakkirlar nomi bilan aloqador ziyoratgohlar (masalan, “Navoiy” haykali).

Bezaklar
Davlat tili haqidagi qonun va boshqa hujjatlardan namunalar, mashhur kishilarni ulug'lovchi, til bilishni targ'ib qiluvchi fikrlari, xalq maqollari va boshqalar.


Bayram O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlanadi.
Boshqaruvchi qisqacha kirish so'zi bilan bayram boshlanganligini e'lon qiladi. So'ng yirik olimlar, shoir yoki yozuvchilardan biri «Davlat tili haqidagi qonun»ning ahamiyati, uning ijrosi, shu hudud, viloyat, Respublika miqyosida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga to'xtalib o'tadi.
Bayramda she'rxonlik, musiqa, ashula va raqs aralash holda ijro etiladi. Bunda ko'proq til, Vatan, ona-yurt, do'stlik haqidagi qo'shiq va she'rlarga e'tibor beriladi.

«Navro'z» bayramini o'tkazish tadbirlari


MAQSADI: «Navro'z» bayramini nishonlash orqali o'quvchilarning milliy an'analarga, qadimiy urf-odatlar va qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatini oshirish.
VAZIFASI: Bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish asosida bolalarning milliy istiqlol g'oyasi, ona-Vatanga, el-yurtga bo'lgan muhabbatini, qadriyatlarga bo'lgan iliq munosabatini shakllantirish va rivojlantirish.
O'TKAZILISh TARTIBI:
Bayramga tayyorgarlik ko'rish tadbirlari:
- o'quv yurti hududiga qarashli maydonlar, hovlilar, binolarni obodonlashtirish;
- bayram tantanalari o'tadigan joylarni jihozlash, bezash uchun tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish;
- uy ishlari o'kaziladigan joylarni jihozlash;
- sport maydonlarini tartibga keltirish;
- hovlidagi tomosha ko'rsatiladigan joylarni tartibga solish;
- bayram kunida milliy taomlarni tayyorlash va tarqatish tadbirlarini ko'rish;
- milliy taomlar uchun kerak bo'ladigan masalliqlarni hozirlash;
- matbuot vakillarini hamda mehmonlarni taklif qilish;
- mehnat faxriylarini yo'qlash, ularga tabriknomalar yuborish va imkoni bo'lganlarni bayram tantanalariga taklif etish;
- bayramona shior va suratlar tayyorlab muassasa binosi peshtoqlariga osish;
- o'quv yurti jamoalari, guruhlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan har xil badiiy ko'rinishlar tayyorlash.
Bu tadbirlar 21 martgacha o'tkaziladi.
Litsey va kollej guruhlari o'z kasbiga mos mavzularda sahna ko'rinishlarini tayyorlaydi:
a) ijobiy, hajviy va salbiy sahna ko'rinishlari;
b) har xil udum, urf-odat, an'analarga bag'ishlangan sahna ko'rinishlari, chiqishlar uyushtiriladi.
Ushbu bayramni jamoa o'rtasida nishonlash quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin:
1. Birinchi bosqich ta'lim muassasasi miqyosida belgilangan jadval asosida o'tkaziladi. Guruhlar o'z bayramlarini o'quv binosi, yotoqxonasi yoki oshxonalarda o'tkazishi mumkin. Ushbu tadbirlarni shodiyona tarzda o'tkazish uchun guruhlarga quyidagi badiiy-musiqiy chiqishlarni tayyorlab, namoyish etishlari tavsiya etiladi:
«Navro'z» bayramiga bag'ishlangan tabrik qutlovlari, qadimiy va zamonaviy milliy o'yinlar, bellashuvlar, diskotekalar, yigitlar va qizlar o'rtasida har xil chiqishlar uyushtirish.
Litsey miqyosidagi hakamlar hay'ati guruhlarning bayram tantanalarida qatnashish chog'ida tavsiya etgan chiqishlarini qay darajada bajarganligiga e'tibor beradilar va guruhlarga yuklatilgan vazifalardan tashqari boshqa ijobiy bahoga loyiq chiqishlarni ham ikkinchi bosqichga taklif qilishlari mumkin.
II. Ushbu bosqich 21 mart kuni «Navro'z» bayramini ta'lim muassasasi miqyosida o'tkazishdan iborat bo'lib, unda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: litsey bo'yicha «Navro'z» bayrami o'tkaziladigan maydonlarni bayramona bezash, sumalak pishirish, uni tarqatish, musiqa sadolari ostida bayram tantanalarini ochish, sport musobaqalarini tashkil etish, milliy taomlar, kiyimlar, devoriy gazetalar tanlovlarini o'tkazish.
III. Baholash va g'oliblarni taqdirlash. Sport musobaqalarini yakunlash va g'oliblarni mukofotlash (musobaqa shartlari hakamlar hay'ati tomonidan oldindan ishlab chiqiladi).

“Xotira va qadrlash” bayramini o'tkazilish tartibi


O'quvchilar bayramona kiyinadilar, faxriylar esa urush va urushdan keyingi yillarda olgan orden va medallarini taqib kelishadi.
Belgilangan vaqtda o'quvchilar gullar va gulchambarlar bilan sinf rahbari va ta'lim muassasasi rahbariyati boshchiligida hovlidagi ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo'lganlar xotirasiga o'rnatilgan yodgorlik yoniga yoki ta'lim muassasasi majlislar zaliga, hovlisiga to'planadilar.
Musiqa sadolari yangraydi. Ta'lim muassasasi rahbari tantanani ochadi. Tantanavor kuy chalinadi.
So'z beriladi:
1. O'qituvchilar jamoasi vakiliga.
2. O'quvchilar vakiliga.
3. Faxriylar vakiliga.
So'ngra yodgorlik poyiga gul va gulchambarlar qo'yiladi. Musiqa ohanglari ostida tantana tugaydi. Guruh faollari muzeydagi ikkinchi jahon urushi qahramonlari burchagiga gullar qo'yadilar. Xotira va qadrlash bayramiga bag'ishlangan sport musobaqalari boshlanadi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faollar uchun bayram dasturxoni yoziladi, urush qatnashchilari va faxriylarni moddiy va ma'naviy rag'batlantirish haqidagi buyruq o'qib eshittiriladi. Badiiy havaskorlar kontsert berishadi.
So'zga chiqqanlar quyidagi ma'lumotlardan ham foydalanishlari mumkin:
1945 yil 9 mayni dunyo xalqlari qatorida mustaqil O'zbekiston Respublikasining ko'p millatli xalqlari ham hech qachon unutmaydilar. Сhunki bu Xotira va qadrlash bayrami kunidir.
Bu bayram umumiy dushmanga qarshi kurashib, uni tor-mor etib, Vatanni himoya etganlarning, unda zafar qozonganlar ota-bobolarimizning bayramidir. Bu g'alaba o'z Vatani ozodligi yo'lida jon bergan 20 milliondan ortiq o'g'il va qizlarning ham xotirasi kunidir. Bu urushda boshqa qardosh xalqlar bilan birga o'zbek xalqi ham bir safda turib dushman bilan jang qildi. 283 ming o'zbekistonlik yigit va qizlar g'alaba yo'lida jon berdilar.
O'zbek xalqining buyuk jasorati, afsonaviy sabot-matonati, dushmanga g'azab-nafrati, qardoshlariga bo'lgan muhabbati, o'z ona yurtiga, davlatiga, xalqiga bo'lgan sadoqati ramzi sifatida ikkinchi jahon urushi yilnomasiga yozildi. Respublika miqyosida har yili 9 may kuni nishonlanayotgan Xotira va qadrlash bayrami barcha xalqlarni, ayniqsa, keyingi avlodni, o'z ota-bobolarining qismatlariga tushgan og'ir sinovlarni boshlaridan kechirmagan yoshlarni jasur, vatanparvar, yurtparvar, elparvar, ya'ni ona zaminga muhabbat, mustaqil diyorini ko'z qorachig'iday asrab-avaylashga ishonch, milliy istiqlol g'oyasi tushunchalari ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Bugun saxovatli, tarovatli mo''tabar ona zaminimiz uzra mustaqillik nasimi esib, ozod, erkin xalqimiz o'z qaddi-bastini tik ko'tarib, nurli kelajak tomon mardona qadamlar qo'yayotgan bir kezda shu mag'rur elning har bir xonadoni, har bir kishisi Vatan rivoji yo'lida g'ayrat-shijoat bilan mehnat qilmog'i, o'z bilimi, aqli-zakovati, salohiyati va fidokorona mehnati bilan Xotira va qadrlash bayramini sharaflamog'i lozim bo'ladi.

Tayanch so'z va iboralar


Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mustaqillik kuni, o ‘qituvchi va murabbiylar kuni, Vatan himoyachilari kuni, bayramlar, Navro'z, Vatan tuyg’usi, o’qishga ongli munosabat, mas’uliyat hissi, oilaviy-maishiy tarbiya.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqish usullari?
2. O ‘quvchi - talabalarda mustaqillik tafakkuri va huquqiy madaniyatni shakllantirish vazifalari qanday?
3. O‘quvchi talabalami baynalmilallik ruhida tarbiyalash ahamiyati nimada?
4. Oilaviy-maishiy tarbiyaning mohiyati qanday?
5. Vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy, huquqiy, ixtisoslik tarbiyalarining o‘zaro bog’liqligi va didaktik asoslari nimalardan iborat?
6. O ‘quvchi-talabalar shaxsini takomillashtirish choaralari?



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling