Fanidan 1-mavzu: Manaviy-marifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja
-mavzu: Hozirgi bosqichda manaviy-marifiy ishlar va unga qoyilayotgan talablar
Download 1.53 Mb.
|
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI (1)
10-mavzu: Hozirgi bosqichda manaviy-marifiy ishlar va unga qoyilayotgan talablar
Reja: Hozirgi bosqichda manaviy-marifiy ishlarning ahvoli va unga qoyilayotgan talablar Respublika milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi va faoliyati Markazning yoshlar manaviyatiga yot goyalarga olib borayotgan kurashi va uning metodikasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish metodikasini yaratish eng muhim vazifalardan biridir. Сhunki har qanday ma'naviy-ma'rifiy tadbir metodik jihatdan puxta ishlab chiqilmasa quruq safsatabozlikdan nariga o'tmaydi. Shu sababli Islom Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch» asarida ta'kidlaganidek “Hozirgi vaqtda ko'z o'ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o'zgarishlar ro'y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish har qachongidan ko'ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. (119-bet) 1. Tashkiliy ishlar. Ta'lim muassasalari rahbariyati va jamoat tashkiloti hamkorligida rektorat va jamoat tashkilotlari hamkorligida professoro'qituvchilar va talabalar o'rtasida olib boriladigan ma'naviy ma'rifiy ishlar rejalarini ishlab chiqish. Eslatma. Keyingi paytlarda ayrim o'quv yurtlarida yoshlar jamoat tashkilotlarining tashabbusokrligi susayib, ular faqat oylik badallarni yig'ish bilan, ba'zi joylarda esa tadbirkorlik deb, savdosotiq ishlarini tashkil qilish, bilan cheklanib qolganligi sezilmoqda. Professoro'qituvchilar va talabalar ma'naviyatini yuksaltirishda va ularni ma'rifatli qilishda bu tashkilotlarning rektorat bilan yaqindan hamkorligi juda ham zarur. Asosiy tashkiliy ishlar ularning tashabbusi bilan amalga oshirilsa, yana ham maqsadga muvofiq bo'lur edi. 2. Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining ma'naviyat va ma'rifatga oid farmonlari va qarorlarini jamoada keng muhokama qilish, ulardan kelib chiqadigan vazifalarni belgilab olish. 3. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi, viloyat, shahar va tumandagi, tegishli bo'limlar bilan yaqindan hamkorlik o'rnatish, mazkur tashkilotlar xodimlari bilan doimiy uchrashuvlar o'tkazib turish. 4. Barcha fakul'tetlar talabalari o'qiydigan binolar va yotoqxonalarda Ma'naviyat va ma'rifat xonalari tashkil etib, uni jihozlash. Oliy o'quv yurti va yotoqxonalarining asosiy kirish joylarida, kutubxona va o'quv zallarida xalqimizning ma'naviy boyligini va ma'rifatliligini tarannum etuvchi Yuksak ma'naviyat va ma'rifatlilik mustaqil kelajagimiz garovi mavzuida kitoblar, plakatlar ko'rgazmasini tashkil qilish. 5. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi va uning joylardagi tashkilotlar bilan hamkorlikda universitetda muntazam ravishda kitob savdosi tashkil etib turish. 6. Ixtisosligi yaqin o'quv yurtlari ma'naviyat va ma'rifat ishlari prorektorlari, bo'lim boshliqlari, metodistlar va fakul'tetlar dekanlarining shu soha bo'yicha muovinlar ishtirokida muntazam ravishda qilinayotgan ishlar, tajribalar, vazifalar xususida seminarlar va anjumanlar o'tkazib turish. Mustaqillik tufayli siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy ma'rifiy, mafkuraviy sohalarda muhim o'zgarishlar ro'y beradi. Xususan, oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar va kasbhunar kollejlari, barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida yangi bir Ma'naviyat xonalari, Ma'rifat xonalari, Ma'naviyat maskani, Ma'naviyat majmuasi, Ma'naviyat markazi va hokazo nomlar bilan nomlanuvchi ma'naviy ma'rifiy maskanlar paydo bo'lmoqda. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, ushbu tashkil etilayotgan majmualar kimningdir ko'rsatmasi yoki buyrug'i bilan vujudga kelayotgani yo'q, aksincha, har bir jamoaning xohishistagi, irodasi, intilishlari bilan paydo bo'lmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Сhunki ushbu yangilik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ma'naviy ma'rifiy islohotlarning mevasidir. Demak, hozirgi davrda paydo bo'layotgan bunday maskanlar jamiyatning ma'naviy ehtiyoji zarurati, desak, aslo yanglishmaymiz. Madomiki shunday ekan, tashkil bo'layotgan bunday maskanlar qanday nomlanishi kerak? Hozircha bunday maskanlarni ba'zilar Ma'rifat xonasi, yana kimlardir Ma'naviyat markazi, boshqa birovlar Ma'naviyat burchagi, Ma'naviyat markazi singari nomlar bilan nomlashmoqda. Bizning fikrimizcha, tashkil etilayotgan bunday maskanlarni markaz yoki burchak deb nomlash to'g'ri emas. Markaz deganda, avvalambor barchaning ko'z oldida o'z hisob raqami va nizomiga ega, Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan jamoatchilik tashkiloti gavdalanadi. Ikkinchidan, Ma'naviyat burchagi deb nomlash ham mantiqan unchalik to'g'ri emas. Masalan, maktablarda tashkil qilinayotgan xonalarni aksariyat joylarda Ma'rifat xonasi deb yuritilmoqda. Axir, maktabning o'zi aslida ma'rifat maskani ku. Ma'rifat maskanida yana Ma'rifat xonasi tashkil etish mantiqqa to'g'ri keladimi? Shuning uchun hozirgi vaqtda bunday joylarni tashkil qilishdan avval uning vazifasi nimadan iborat ekanligini yaxshilab aniqlab olishimiz kerak. Ana shu maqsad va vazifalar mohiyatidan uning nomi ham kelib chiqadi. Tashkil etilayotgan bunday joylarning eng asosiy maqsadi insonni ma'naviy barkamol qilib tarbiyalash ekan, ularni Ma'naviyat maskani deb atasak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Oliy o'quv yurtlari, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, o'rta umumta'lim maktablari va ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan Ma'naviyat maskani shunchaki xo'jako'rsinga yoki ko'zko'z qilish uchun emas, balki sof ma'naviy ma'rifiy ishlar natijasi o'laroq vujudga kelishi kerak. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, Ma'naviyat maskani da faqatgina ayrim tadbir va yig'ilishlar o'tkazilib, boshqa paytlar yopib qo'yilmoqda. Albatta, Ma'naviyat maskani ni bunday tashkil etish to'g'ri emas. Fikrimizcha, Ma'naviyat maskani har bir jamoaning yuzi bo'lishi va jamoaning har bir a'zosi u yerdan ma'naviy oziq ola bilishi lozim. Ma'naviyat maskani ni tashkil etish uchun butun mamlakatimizda yagona andoza bo'lishi kerakmi? Ma'naviyat maskani ni tashkil etish nuqtai nazaridan olib qaraganda, yagona andoza juda ham kerak. Lekin mazmuni jihatidan olib qaraganda esa yagona andoza bo'lishi shart emas. Сhunki har bir maktab, akademik litsey, kasbhunar kolleji va oliy o'quv yurti yoki muassasa yoki tashkilot o'z imkoniyati, kasbiy yo'nalishidan kelib chiqib mazmunan rang – barang “Ma'naviyat maskanlari” tashkil etishlari maqsadga muvofiq. Shunga qaramasdan, har qanday Ma'naviyat maskani umumiy talablarga javob berishi kerak. Albatta, ushbu masala har bir jamoaning ixtiyoridagi ish. Ammo ko'pgina jamolarda joy masalasi muammo bo'lishi ham mumkin. Shu nuqtai-nazardan biz o'z tavsiyalarimizni berishni ma'qul topdik: 1. Oliy o'quv yurtlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablarda Ma'naviyat maskani kutubxonaning qiroatxonasi (o'quv zali) yoki ma'ruza zallarining birida tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Biroq bu xonaning keng va yorug' bo'lishiga alohida e'tibor berish kerak. 2. Barcha vazirliklar, Davlat qo'mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, kontsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining majlislar zalida tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ma'naviyat maskanlari ni jihozlashda, asosan, quyidagilarga e'tibor berish lozim: O'zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari (Bayroq, Gerb, Madhiya) va ularning to'liq tasnifi; siyosiy-huquqiy qadriyatlarimiz (mamlakatimiz xaritasi, Konstitutsiyamiz hamda milliy valyutamizni ifodalovchi lavhalar); ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid farmonlar, farmoyishlar, qonunlar va qarorlar jamlanmasi; mustaqillik, ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid Prezident Islom Karimovning asarlari hamda ularning qisqacha annatotsiyasi; milliy ma'naviyatimizning zabardast vakillari siymolari aks ettirilgan suratlar hamda ularning donishmandona fikrlaridan namunalar; xalqimizning madaniy merosi, an'analari, udumlarini aks ettirvchi ko'rgazmalar; Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi nashrlari, Tafakkur va Jahon adabiyoti jurnallarining barcha sonlari; Ma'naviyat nashriyotida chop etilgan asosiy kitoblar; Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar risolasi, shu fan hamda Ma'naviyat asoslari, Odobnomaga doir darslik qo'llanmalar asosiy gazeta va jurnallar taxlamlari; Diniy ahloqiy kitoblar, mazkur jamoa a'zolarining aql-salohiyatini va nafosatini ifoda etuvchi namunalar. Shuningdek, bu ishda o'ta muhim bo'lgan ikkita yangilikni joriy etish tavsiya etiladi: Birinchisi, elshunos olim, tarix fanlari nomzodi Bilol Aminov tomonidan yozilgan Hikmat ibrat risolasida keltirilgan Tillo qushchalar parvozi nomli hikmatlar yo'riqnomasiga binoan Ma'naviyat maskanining bir qismida devorning katta va kichik sathi loyiha asosida ishlanib, Dono bo'lay desangiz yoki Olim bo'lay desangiz kabi so'zlar zaruriyatga ko'ra turli tillarda yozib qo'yiladi. Bu katta yozuvlar ostiga naqshli hoshiyalarga hikmatli so'zlardan 15 20 tasi chiroyli qilib yoziladi. Hoshiyalar atrofida chiroyli qushchalar parvozi, daraxtlarda o'tirgan holatlari gul yoki daraxtda sayrayotgan qushlar tasviri beriladi. Ostiga 8 10 quticha o'rnatiladi. Ularga haftada ikki yoki uch marta vizitka shaklidagi turli hikmatlar yozilgan tillo qushchalar maketi solib qo'yiladi, ularning soni kishilar soni kishilar soniga qarab ko'paytirilishi mumkin. Сhiroyli naqshli “vizitka”da 2 tadan hikmat yozilgan bo'ladi. “Tillo qushchalar” nomini olgan bu “vizitka”larni o'quvchi talaba yoki xodimlar o'z ixtiyorlari bilan oladigan va kelgusida davomini sabrsizlik bilan kutadigan bo'lishlari kerak. Matnlar muassasa, korxona va tashkilotlarning ma'naviyat va ma'rifat bo'limida tayyorlanadi va kseroks apparatida ko'paytiriladi. Dastlab haftada bir marta, keyinchalik ikki-uch marta seanslar tashkil etish mumkin. Seanslarni katta tanaffus vaqtida yoki mashg'ulotlardan so'ng o'tkazsa bo'ladi. Seanslarda beriladigan ma'naviy oziq tabiiy ravishda ehtiyojga aylanib ketishi va yoshlar e'tiborini tortishi uchun chaqiruvchi xabar signallaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, sun'iy daraxt yoki katta tuvakdagi manzarali daraxt va gullarga, ma'lum vaqtlarda ular orasiga ustalik bilan joylashtirilgan tovush chiqaruvchi karnaycha orqali magnitofondan sayroqi qushlar ovozi berib boriladi. Buni shunday tashkil qilish kerakki, qush sayrashi o'rniga Turg'un Alimatov tanburda ijro etgan mumtoz kuylardan berib borish ham mumkin. Bu oniy lahzalarda kishilar ham madaniy, ham ma'naviy oziq olishiga ishonchimiz komil. Ushbu yangilikni joylarda mutaxassislar soddalashtirib yoki jonlantirib tashkil etishlari ham mumkin. Masalan, hikmatlarni nafaqat vizitka shaklida, balki, ko'rgazmali plakatlar yoki texnik vositalar yordamida ham berish mumkin. Jalb qilish borasida mumtoz o'zbek kuylaridan ham foydalanilsa ayni muddao bo'lur edi. Ikkinchi yangilik bu juda sodda, lekin g'oyatda ma'suliyatli ish, milliy ma'rifat tizimidagi g'ochtda muhim o'zgarishdir. Xalqimizning madaniy merosi, urf- odatlari, an'analari va qadriyatlari tushirilgan videojamlanma tashkil etiladi. Ming bor eshitgandan, bir bor ko'rgan afzal, - deydi dono xalqimiz. Odobnoma hamda Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari darslarida, Ma'naviyat kunlari har doim og'zaki bayon qilish uslubidan foydalanavermay, videojamlanma vositasida darslar tashkil etish juda katta samara bergan bo'lar edi. To'g'ri ushbu yangilik akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlarida moliyaviy mablag' talab etadi. Bunday muammoni homiylar va o'ziga baquvvat ishlab chiqarish korxonalari yordamida hal etish mumkin. Madaniy meros, urf-odat, an'ana va qadriyatlarimizni ifoda etuvchi videotasmalar Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oltin meros, Mahalla jamg'armalarining joylardagi bo'limlari hamda tuman xalq ta'limi metodistlari bilan hamkorlikda tayyorlansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ma'naviyat maskanida videojamlanmani tashkil etish yosh avlodning ma'naviy kamolotida zamonaviylikka mos vosita usuli bo'lar edi. Umuman, yoshlarning zamonaviy dunyoqarashini hisobga olib, yuqorida keltirilgan ikki yangilikni imkoni boricha joriy etish samara berishi shak-shubhasiz. Davlatchiligimiz tarixining qaysi bir davrini olib qaramaylik, Vatan timsollari aziz va muqaddas sanalgan. Har bir davrda ham davlat ramzlari, timsollari shunchaki siyosatni amalga oshirish vositasi bo'libgina qolmay, balki, juda katta ijtimoiyma'naviy ahamiyat kasb etgan. Xalqimizning mustaqil va mustahkam davlat barpo etish g'oyasi, salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, eng avvalo, davlat ramzlari va timsollarida o'z ifodasini topgan. Shuning uchun bo'lsa kerak ajdodlarimiz ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotida ramzlar va timsollarni juda e'zozlagan. Xalqimiz vakillari davlat timsollari uchun, hatto, o'z jonlarini ham fido etgan. Jangu jadallarda bayroqning qulashi yoki dushmanning qo'liga o'tishi mag'lubiyat bilan barobar turgan. Bu yuorada tariximizdan juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, 1221 yilning kuzida mo'g'ul bosqinchilari olti oylik qamaldan so'ng Xorazm poytaxti Gurganjga yopirilib kirganida millatimizning buyuk qahramonlaridan biri Shayx Najmiddin Kubro shahar mudofaasiga rahnamolik qilib tengsiz kurashda o'z ko'ksini dushman nayzasiga qalqon qiladi, yurt ozodligi yo'lida shahid bo'ladi. Aytishlaricha, Shayx o'limi oldidan mo'g'ul yalovbardoridan dushman bayrog'ini tortib olib, u bilan yerga qulaydi. Yovga nisbatan nafrat shu qadar shu qadar kuchli ediki, mo'g'ullar keyinchalik shayxning jonsiz qo'lidan bayroqlarini tortib ololmagan va uning panjalarini kesib, o'z bayroqlarini olgan. Shayx Najmiddin Kubroning yurt ozodligi yo'lidagi bu jasorati qariyb sakkiz yuz yildirki, barcha avlodlarga ibrat bo'lib kelmoqda. Sohibqiron Amir Temur davrida ham davlat bayrog'i juda katta ahamiyat kasb etgan. Shu sababli jangu jadallarda davlat bayrog'ini Amir Temurning eng ishongan bahodir sipohiylari qo'riqlagan. Amir Temur Tuzuklarida ta'kidlanishicha, dushman ustidan shijoat va mardlik ko'rsatib g'alaba qozongan amirlar va sipohiylar Temur davlatining timsollari tug', nog'ora bilan mukofotlangan. Bu ham sohibqiron saltanatida davlat ramzlari nechog'li baland turganligidan dalolatdir. Shonli tariximzdan bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin. Xo'sh, bugungi kunda mustaqil davlatimiz ramzlari, xususan, millat g'ururi bo'lgan bayrog'imizga munosabat qanday? Kelajagi buyuk davlat barpo etish g'oyasi mustaqqilligimizning ilk kunlaridayoq qabul qilingan davlatimiz ramzi va timsollarida ham o'z ifodasini topgan. 1991 yilning 18 noyabrida qabul qilingan bayrog'imizda ham xalqimizning xohish irodasi, aql-salohiyati, asrlar davomida so'nmagan g'urui, kayfiyati aks etgan. Davlatimiz bayrog'ida ifoda etilgan yangi chiqib kelayotgan yarim oy, yulduzlar, moviy, oq, yashil ranglar hamda qizil xoshiya chiziqlar xalqimiz g'ururi va kelajakka bo'lgan ishonchining ifodasidir. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq bayrog'imiz xalqimizning g'ururi manbaiga aylandi. Respublikamiz miqyosida o'tkaziladigan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar Davlat bayrog'ini tantanali suratda ko'tarish, madhiyamizni kuylash bilan boshlanadi. Xalqimiz mustaqillik tufayli qaddini tiklagan ma'naviyati, g'ururi 1992 yilning 2 martida BMTga a'zo mamlakatlar safiga O'zbekiston bayrog'ining xilpirashi bilan bir necha bor o'sganligi hech kimga sir emas. Davlat bayrog'ining huquqiy asosi 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlanib, bu hujjatda bayrog'imizning shakl-shamoyili, undan foydalanishning yo'l-yo'riqlari puxta va aniq ko'rsatib berildi. O'sha paytdan boshlab bolalar bog'chalari, maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida dushanba kungi saboqlar Davlat bayrog'ining tantanali suratda ko'tarilishi, bolalarimizning o'ng qo'llarini ko'ksiga qo'yib, madhiyamizni kuylashidan boshlanishi farzandlarimiz qalbida Vatanga, uning ramzlariga nisbatan muhabbat va sadoqatning paydo bo'lishiga olib keldi. zero vatanparvarman degan har bir inson, eng avvalo, bebaho ijtimoiy- siyosiy qadriyatlarimiz bo'lgan Davlat ramzlarini bilishlari, hurmat qilishlari shart. Davlat ramzlariga bo'lgan munosabatlarimizni, eng avvalo, Davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlarni o'rganishdan boshlashimiz kerak. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida gi qonun muqaddas bayrog'imizni o'rganishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Xo'sh, bugun Davlatimiz ramzlari to'g'risidagi bilimlarimiz yetarlimi? Bu borada, yuqorida ta'kidlaganimizdek, bolalar bog'chalari, maktablar, akademik litseylar, kasbhunar kollejlari, oliy o'quv yurtlaridagi ahvol yomon emas. Ammo ishlab chiqarish korxonalari, tashkilot va muassasalarda Davlat ramzlarini o'rnatish, jihozlash masalalarida bir oz e'tiborsizlikka yo'l qo'yilmoqda. Ayrim korxona, tashkilot va muassasalarning rahbar xodimlari ish xonalarida bayroqni dastasiga o'rab bir burchakka suyab qo'yishlarini qanday tushunish mumkin? Yoki shu korxona, tashkilot, muassasalarning majlislar zallarida Davlat ramzlari to'g'ri o'rnatilganmi? Shuningdek, ayrim tashkilot, korxona, muassasalarning hududlari devorlarida bayroq tasviri chala chizilayotganligi o'sha tashkilot, korxona, muassasalar mutasaddilariningDavlat ramzlari to'g'risidagi bilimlari o'ta sayoz ekanligidan dalolat beradi. Ular O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonunning 10moddasidagi O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i va uning tasviri, kattakichikligidan qat'i nazar, hamma vaqt ushbu qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos bo'lishi kerakligini hech o'qib ko'rganmikanlar? Shuningdek, qonunda O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ini davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar binolarida ko'tarish chog'ida ushbu qonunda bayon etilgan talablarga rioya qilinishi uchun mas'uliyat ularning rahbarlari zimmasiga, bayroq turarjoy binolarida ko'tarilgan vaqtda esa ularning egalari yoki ulardan foydalanishni tashkil etish topshirilgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilganligi (11modda) haqida aniq yozib qo'yilgan. Bu bilan biz korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlarini ayblamoqchi emasmiz. Bu qurayotgan yangi jamiyat ko'proq tushuntirish ishlarini olib borishni talab etadi. Xuddi shu yo'nalishda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va uning hududiy bo'limlari muntazam targ'ibot ishlarini yo'lga qo'ygan. Davlat ramzlarini amldagi qonunlar asosida to'g'ri o'rnatish yo'nalishida o'z tavsiyalarini berib bormoqda. Yana bir bor o'z tavsiyalarimizni bayon etamiz: binolarning peshtoqlarida bayroqni to'g'ri o'rnatish, quyosh nuri, yomg'ir, chang-to'zondan rangi o'chib, eskirib qolgan bayroq xalqimizning ruhiyati, kayfiyatiga aslo mos kelmasligini hisobga olib, eskirgan, rangi o'chgan bayroqni yangilab turish; binolarning old tomonida (ochiq maydonda) boshqa davlatlarning bayroqlari bilan birgalikda o'rnatilganda O'zbekiston Respublikasining bayrog'i (binoning old tomoniga qarab turganda) o'ng tomondan, boshqa davlatlarning bayroqlari chap tomondan o'zbek alifbosi asosida va bir xil balandlikda joylashtirilishi; bayroqning tasviri tushirilayotganda qonun asosida belgilangan sxematik va rangli tasvirga qat'iy amal qilish; bayroqning ramziy ma'nolari targ'ibida qabul qilingan tasnif asosida to'g'ri talqin etish kerak. Bularning barchasi kishilarning siyosiyma'naviy kayfiyatiga ijobiy ta'sir etishini unutmasligimiz lozim. Davlat ramzlari va timsollari xuddi ona Vatan kabi aziz va muqaddas. Ularni sevib, ardoqlaylik. Professor o'qituvchilar va talabalar bilan o'tkaziladigan ma'rifiy ishlar 1. Barcha fanlarni o'qitishda ta'lim jarayonida asosiy e'tiborni talabalarni ma'naviyatli va ma'rifatli qilib tarbiyalashga qaratish. 2. Har o'quv yilining sentyabr' oyida birinchi kurs talabalariga mustaqillik tamoyillarini chuqur singdirish maqsadida mustaqillik ramzlariga bag'ishlangan qo'shimcha darslar (10-20 soat) tashkil etish. (Bu darslarni ijtimoiy fanlar va adabiyot fanlari o'qituvchilari o'tkazsalar, maqsadga muvofiq bo'lar edi). 3. Barcha talabalar uchun har chorshanba kuni darsdan so'ng mutazam o'tkazilib turiladigan quyidagi ma'naviy ma'rifiy o'quvlarni tashkil qilish: 1 chorshanba Prezidentimiz asarlari va nutqlarini o'rganish. 2 chorshanba Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va respublika qonunlarini o'rganish. 3 chorshanba axloqiy ma'rifiy o'quvlari (bunda Qur'oni karim, hadis va din ilmining ko'zga ko'ringan namoyandalari asarlaridan ham keng foydalanish). 4 chorshanba bozor iqtisodiyoti munosabatlari o'quvi. Ushbu o'quvlar tasdiqlangan jadval asosida tarix, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosatshunoslik, etika va estetika, odobnoma, huquq kafedralari professor o'qituvchilarini to'liq jalb qilgan holda, Qur'oni karim, hadis ilmi hamda islom tarixini yaxshi biladigan mutaxassislar ham ishtirok etgan holda o'tkaziladi. 4. Barcha professor o'qituvchilar uchun har oyning juma kunlarida muntazam ravishda quyidagi ma'naviy ma'rifiy o'quvlarni tashkil qilish: a) Mustaqillik darslari (Prezident asarlari, nutqlari, farmonlari, qaror v qonunlar o'rganiladi); b) bozor iqtisodi munosabatlari; v) ma'naviyat darsi (talabalarga o'qilayotgan ma'naviyat asoslari buyicha hamda islom tarixi va qonun qoidalarini yaxshi biladigan mutaxassislarni ham jalb etgan holda); g) sharq pedagogikasi; d) sharq falsafasi Ushbu ma'rifiy ishlarni uyushtirish uchun ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari mas'uldirlar. Ular dars mavzusi, reja va dasturlarni, dars jadvallarini, ma'ruzachi professoro'qituvchilarni, chetdan taklf qilinayotgan ma'ruzachilar tayyorlashlari va ta'minlashlari lozim. Darslarni tashkil etishda esa fakul'tet dekanlarining muovinlari bo'lim xodimlariga yaqindan yordam qilishlari kerak. Universitet (o'quv yurti) rahbariyati ma'ruzachilar va muloqot darslarini olib boradigan o'qituvchilarga qo'shimcha soatbay haq to'lashlari, ularni har tomonlama rag'batlantirib turishlari lozim. O'quv yurti miqyosida ma'naviyat va ma'rifat ishlari reja va tadbirlarini tuzish va uni amalga oshirishda yana quyidagi vazifalarga e'tiborni qaratish ham muhimdir: - o'quv tarbiyaviy ishlarni yuksak darajada tashkil qilish, o'quvchilar va talabalar dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida har bir fanni ma'naviy ma'rifiy ruhda o'qitish; - talabalar yotoqxonalariga biriktirilgan ijtimoiy va umumiy oliy o'quv yurti kafedralari ma'naviy ma'rifiy, tarbiyaviy ish rejalarini muhokama qilib, ularningn bajarilishini nazorat qilish; - mustaqillik va ma'naviyat mavzuida seminarlar tashkil etish; - tarixiy yodgorliklar, ma'rifiy maskanlar, san'at koshonalari hamda mustaqillik davrida qad ko'targan inshootlarga o'quvchi yoshlar va talabalarning ekskursiyalarini tashkil qilish; - o'lkashunoslik va Vatanimiz tarixiga oid to'garaklar ishini jonlantirish; - yil professori, yil dotsenti, yil o'qituvchisi tadbirlarini o'tkazish jarayonida ishtirokchilarning ma'naviy ma'rifiy, axloqiy, tarbiyaviy ishlarda ishtirokiga e'tibor qaratish; - ijtimoiy kafedra o'qituvchilari, xotin qizlar uyushmasi hamkorligida talabalar o'rtasida Odob saboqlari, Odobnoma, Hayot va turmush odobi mavzusida davra suhbatlari o'tkazish. - barcha kurs va guruhlarda Vatan tarixini bilmay turib, uni to'la sevib bo'lmaydi, Vatan ostonadan boshlanadi mavzuida davra suhbatlari, viktorina, ilmiy tarbiyaviy soatlar o'tkazish; - harbiy sport to'garaklari ishlarini yanada jonlantirish guruhlarda mardlik jasurlik darslarini tashkil etish; fakul'tetlarda, yotoqhonalarda, shuningdek mahallalarda Ayol madaniyati, Qizlar iffati, Ayol ma'rifati, Ayol tarbiyachi ustoz, Ayol ko'ngil malhami, Ayol tadbirkor, Ayol jamiyatning faol ishtirokchisi kabi mavzularda suhbatlar, uchrashuvlar (kechalar) va ilmiy amaliy anjumanlar o'tkazish; - jamoa yoshlarining umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma'naviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, mehnat, estetik madaniyatini shakllantirish maqsadida taniqli san'atkor, huquqshunos, ta'lim va fan arboblari, mehnat faxriylari, sog'liqni saqlash xodimlari bilan ijodiy kechalar va uchrashuvlar uyushtirish; - talaba qizlar ongini umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar, milliy istiqlol va mustaqillik mafkurasi asosida shakllantirish hamda ularning oila va jamiyat ishlarida faolligini oshirish maqsadida o'quv yurtida Qizlar klubi yanada jonlantirish; - ma'naviyat va ma'rifat borasidagi yangiliklardan muntazam xabardor bo'lib turish maqsadida jurnal va gazetalarga obuna bo'lishni tashkil etish; - milliy mafkura va yoshlar tarbiyasi mavzuida universitet (o'quv yurti) professor o'qituvchilarining nazariy konferentsiyasini o'tkazish; - milliy udumlarimiz bo'lgan ustoz va shogirdlik tizimi mohiyatini chuqur o'rganish asosida professor o'qituvchilar va talabalar o'rtasida ustoz shogirdlik tizimini yo'lga qo'yish; - talabalar yotoqxonalarida namunali xona, namunali qavat, namunali yotoqxona ko'rik tanlovlarini muntazam tashkil etib borish; - talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida muntazam ravishda milliy an'analarimiz va urf odatlarimizni tarannum etuvchi ko'rik tanlovlarni tashkil qilish; - o'quv yurtida an'anaviy sport musobaqalarini o'tkazishda milliy uyinlarimizga alohida e'tibor qaratish; - muallimlar va talabalarning Toshkent shahridagi teatrlarga, muzeylarga, diqqatga sazovor bo'lgan joylarga jamoa bo'lib borishlarini tashkil qilish; - o'quv yurti professor o'qituvchilari va talabalarining shoir va yozuvchilar, davlat va jamoat arboblari, mehnat faxriylari kabi taniqli kishilar bilan uchrashuvlarini uyushtirib borish. Bularning barchasi ma'naviy va ma'rifiy ishlarning mazmuni va yo'nalishini anglatuvchi tadbirlardir. Zero, o'quv yurtlari talabalari orasida bo'ladigan ma'naviy va ma'rifiy ishlarni shartli ravishda bir necha majmua (bloklar) ga bo'lgandik. Ana shu majmualar bo'yicha tuzilgan rejalar yoshlarga ma'naviy tarbiya berishning qanday saviyada ekanligini ko'rsatuvchi mezondir. Mazkur majmualarning, deylik, birinchisi, talabayoshlarning bilim doirasi, umummadaniyati va saviyasini yuksaltirishga bag'ishlangan viktorinalar, guruhlararo, kurslararo bilimdonlik va zukkolik yuzasidan musobaqalar tashkil etishdan iborat. Bunda tashkilotchilar Vatanimiz, qardosh xalqlar, umumjahon adabiyoti, san'ati, umuman madaniyatiga oid savollar tuzib, ishtirokchilarning bu boradagi bilimlarini sinaydilar, g'oliblarga tantanali suratda sovrinlar topshiradilar. Bunday tadbirlar ishtirokchilarni rag'batlantirishdangina iborat bo'lib qolmasligi kerak. Bilag'onlik, zukkolik ko'rsatgan talabalarga nisbatan tangdoshlarida havas uyg'otishi, ularda Men ham o'shanday bo'lolmaymanmi? degan intilish tug'dirishi, g'oliblarni tantanali taqdirlash boshqalarda ham o'shalarning o'rnida bo'lish orzusini uyg'otishi lozim. Bir gap bilan aytganda, bilag'onlikni, zukkolikni talab etuvchi viktorina, musobaqa kabi tadbirlar ma'naviyat va ma'rifatni ulug'lovchi katta tashviqiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim. Agar, bordiyu, bunday tadbirlar xorijiy tillarni bilish musobaqasiga mo'ljallangan bo'lsada, yanada yaxshi. Сhunki hozirgi paytda xorijiy tillarni mukammal o'rganmay turib, chinakam, mukammal inson sanalish qiyin bo'lib qoldi. Bu zamonamizning talabi, davr ehtiyojidir. Ma'naviy va ma'rifiy ishlar yuzasidan o'tkaziladigan tadbirlarning muayyan majmui xalqimizning tarixi, urfodatlari, rasmrusmlari asosida tayyorlanib, talabayoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg'otish ruhida o'tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki bunda milliy o'ziga xoslikka haddan tashqari e'tiborni qaratish, boshqa millatlarning an'analari, urfodatlarini ozgina bo'lsada kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Milliy qadriyatlar bo'yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar bag'rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o'tkazilishi lozim. Jumladan, xalqimizning to'ylari haqida gap ketganda, bir mintaqada tarixan yonmayon yashab kelgan, hozir Respublikamizda bahamjihat istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning to'ylari bilan qiyoslab, boshqa millat va elatlarning to'ylariga ham hurmat hissini uyg'otgan ma'qul. Ayni paytda, xalqimizning to'ylaridagi ayrim nomaqbul jihatlarga, jumladan ortiqcha sarf harajatlarga, keragidan ziyod hashamlarga, shuhrat orttirish maqsadida behuda bel sindirishga urinishlarni tanqidiy baholashlarga ham ozgina bo'lsada, e'tibor berilgani durust. Natijada, bunday tadbirlarning ma'rifiy jihati kuchayadi. Ma'naviy va ma'rifiy ishlarning muayyan majmui Navruz bayrami singari xalqimizning ajoyib an'analariga bag'ishlanadi. Bunday sanalarni nishonlaganda ham talabayoshlarga ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiya berish masalasiga alohida e'tiborni qaratish kerak. Jumladan, Eron va Turonzamin xalqlarining talaygina an'analari, urfodatlari rusmrusumlari, umuman turmush tarzidagi umumiylik, mushtaraklik mavjudligi misolida azaldan ushbu mintaqadagi xalqlarning o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjudligiga e'tiborni qaratish va Navro'z singari bayramlar qardosh xalqlar, qo'shni xalqlar o'rtasidagi do'stlik, hamjihatlik, totuvlikni mustahkamlashga xizmat qilib kelganini ta'kidlash joiz. Bu bilan Navro'z bayrami tashkilotchilari talabayoshlarda baynalmilallik, do'stlik va o'zaro xayrixohlik tuyg'ularini kuchaytirishga muvaffaq bo'ldilar. Aslida, qadimdan yetib kelgan an'ana va rasmrusumlarni nishonlashdan ko'zlangan maqsad ham shudir. Ta'kidlash lozimki, Navro'z bayramiga diniy tus berish o'zini oqlamaydi. Umuman, talabayoshlarga diniy ma'rifiy tarbiya berishda ham Respublika hukumatining dinga bo'lgan munosabatini aniqlashtiruvchi, belgilovchi, shuningdek vijdon va e'tiqod erkinligiga oid hujjatlari doirasida ish tutmoq kerak. Aks holda kutilmagan, noma'qul natijalar kelib chiqishi mumkin. Talaba yoshlarga harbiy vatanparvarlik, milliy qadriyatlar mavzuida, ona Vatanni ulug'lash mazmunida ko'rik tanlovlar, viktorinalar, kechalar, munozaralar kabi tadbirlar uyushtirish mumkin. Bunday tadbirlarning xilma xil bo'lishi katta ahamiyatga ega. Shu bois ma'naviy ma'rifiy ishlarning rejasi tuzilayotganida talaba yoshlarning xohish istaklari ham e'tiborga olinsa, yomon bo'lmasdi. Buning uchun Siz joriy yilda ma'naviy va ma'rifiy mavzudagi qanday tadbirlar o'tkazilishini istardingiz? degan savol javob anketasini uyushtirish maqsadga muvofiqdir. Umuman, talabayoshlar orasida ma'naviy ma'rifiy ishlarni rejalashtirish va o'tkazish ham maroqli, ham mas'uliyatli vazifa. Shu bois bunda tashkilotchilarning izlanuvchanligi va topqirligi qo'l keladi. Tayanch so'z va iboralar Geopolitika, axborot-kommunikatsiya, fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, tashkiliy ishlar, ma'naviyat xonalari, siyosiy-huquqiy qadriyatlar, seans, oltin meros, sohibqiron, Davlat bayrog'i, Davlat gerbi, Avesto, Alp Er To'ng'a, To'maris, Spitamen ustoz va shogirdlik, harbiy vatanparvarlik. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazishda tashkiliy ishlar qanday bo'ladi? 2. Fikrga qarshi fikr, g'oyaga qarshi g'oya, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish degan so'zlarning mohiyati qanday? 3. Ma'naviyat xonalarini qanday nomlagan ma'qul? 4. Ma'naviyat xonalarini qanday jihozlash kerak? 5. Professoro'qituvchilar va talabalar bilan o'tkaziladigan ma'rifiy ishlar bo'yicha qanday fikrdasiz? Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling