Fanidan 1-mavzu: Manaviy-marifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja
-mavzu:Manaviy-marifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yonalishi
Download 1.53 Mb.
|
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI (1)
7-mavzu:Manaviy-marifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yonalishi
Reja: 1. Mustaqillikdan song manaviy-marifiy islohotlar boyicha yangi davrning boshlanishi 2. Istiqlol tufayli odamlar ongi va dunyoqarashida yangilanishning boshlanishi 3. O zbekiston istiqboli uchun manaviy asoslarning muhim orin egallashi 4. Milliy manaviyatimiz asoslari XX asrning so'nggi o'n yilligi boshida dunyoni yetmish yil mobaynida tahlikaga solib kelgan qizil imperiya parchalandi, millionlab odamlar tafakkuri ustidan o'rnatilgan kommunistik mafkura diktaturasi barham topdi. Bir yarim asr mobaynida mustabid tuzum zulmi ostida ezilgan, mislsiz xo'rliklar, kulfat va yo'qotishlarni boshidan kechirgan o'zbek xalqi ozodlikka erishdi. XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo'lmoqda. Сhunki asrimizda inson eshitayotgan, ko'rayotgan barcha-barcha narsalar uning istaklarini, didini o'zgartirishga, fikriga ta'sir qilishga yo'naltirilgan. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o'qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy yukka ega - ularda muayyan g'oyalar targ'ib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko'z bilan ilg'ab bo'lmaydi» degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko'zga ko'rinmas qudratli targ'ibot kuchlari kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og'dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o'z diniga e'tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba'zi davlatlar o'zining «katta og'a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ'ibot mashinasiga ega bo'lishga intilayotganini alohida ta'kidlash lozim. Masalan, o'z faoliyatining targ'ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo'lmasa kerak. Frantsiya ham o'z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma'lumotlar targ'ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan voz kechmagan. Hozirgi globallashuv davrida axborot texnologiyalarining rivojlanish darajasi davlatning geosiyosiy ta'sirini belgilovchi omillardan biriga aylanmoqda. Shuning uchun axborot texnologiyasi yuksalgan davlatlarda bu sohadagi ustunlikdan siyosiy , harbiy, iqtisodiy, axborot va madaniy tajovuzlarni amalga oshirish yo'lida foydalanib qolish vasvasasi yo'q emas. Globallashuv hayot sur'atlarining tezlashuvini ko'rsatmoqda. Barcha sohalarda qo'lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar axborotga ham chuqur ta'sir o'tkazmoqda. Jumladan birgina kitob bosishni olib qarydigan bo'lsak, agar dastgoh kashf etilgan dastlabkipaytlarda Yevropada yiliga taxminan 1000 nomdagi kitob chop etilgan bo'lsa, hozirda kuniga 1000 nomdagi kitob chop etilmoqda. (Toffler E. Shok budushego M. 2004 Uz str.) 1950 yildakashf etilgan komp'yuter esa bilimlarni egallash jarayonini tezlshtirib yubordi. Umuman yangi texnologiyalarning hayotga joriy etirish oqibatida oxirgi 100 yil mobaynida siljish tezligi 102 marta, muloqat tezligi 107 marta o'sdi. (Ma'naviy yuksalish yo'lida. T.: Ma'naviyat, 2008 51-bet) Bu narsa axborotdan foydalanib kishilar ongini boshqaruvchilarga katta yo'l ochdi. G'oyaviy manipulyatsiya kuchaydi. Axborotni tanlab o'qish, undan qanday foydalnish lozimligini hamma ham bilavermaydi. Shuning uchun ham Islom Karimov Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch asarida. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat o'rab-chirmab, uni o'qima, buni ko'rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o'rab olish , hech shubxasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to'g'ri kelmaydi-deb yozadi.(114-bet). Shu sababli bolalarimizga axborotni baxolash, uni tanlash haqida chuqur bilim berilish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda kuchli tashviqot zarur. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik Markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to'g'risidagi Farmonida ma'naiy va ma'rifiy islohatlar davlat siyosatining asosiy ustivor yo'nalishi deb hisoblansin deb belgilab qo'yilgan. Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligini mustaxkamlash amalga oshirilayotgan islohatlarni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini ta'minlash sharoitida yosh avlodni, jumladan o'quvchilarni xar tomonlama yetuk, zamon talabiga to'la javob beradigan yangi tipdagi yuqori malakali mutaxassis, shu bilan birga ma'naviy va ma'rifiy, axlqiy, ruxiy va jismoniy jixatdan barkamol, Vatanga, el-yurtga sadoqatli kishilar qilib tarbiyalash dolzarb vazifalardan biridir. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirish taraqqiyotimizning bebaho manbai bo'lmish inson omili safarbar qilish bilan qimmatli. Zero, isloxotlar avval odamlarning ongida, keyin esa ishlarida amalg oshadi. Ma'naviy barkamollik, mafkuraviy sobitlik namunasini xalq avvalo joylardagi raxbarliklarda kurishi lozim. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning taqdiri, so'zsiz, insonning faolligiga bog'liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ'iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko'rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O'zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ'ib qilishni talab etadi. Bunday targ'ibot islohotlarni «mafkuraviy ta'minlash»ga xizmat qiladi. O'zbekiston hayotidagi o'zgarishlar insonlar ongida ham katta o'zgarishlar qilishni talab etadi. O'tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi insonni tarbiyalash haqida jiddiy qayg'urishi tabiiy. Demak, O'zbekistonda ham «komil inson» g'oyasiga mos sifatlarni fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko'ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi. Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta'sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo'poruvchi ta'siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg'ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Bu ishda mamlakatimiz mustaqilligidan keyin qo'lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish lozim. Сhunki tarix uchun o'ta qisqa muddat ichida birinchi Prezident Islom Karimov rahbarligida yangi O'zbekiston davlati tashkil topdi va jahon sahnasidan o'ziga munosib o'rin egalladi. Huquqiy, demokratik va fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi. Hayotimizning barcha sohalarini qamrab olgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Mamlakatimiz rahbarining dunyoda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, xalqaro terrorizmga qarshi kurashga qo'shgan xissasi jahon hamjamiyati tomonidan yuksak darajada e'tirof etildi. O'zbekiston dunyoning turli mintaqalarida joylashgan ko'plab mamlakatlar bilan o'zaro manfaatdorlikka asoslangan aloqalar o'rnatdi. Eng muhimi biz o'zligimizni angladik, o'zbek degan muborak nom dunyoda o'z qadrini topdi. Xullas, mustaqillik yillarida ezgu va oliy maqsad yo'lida amalga oshirilgan ulkan ishlar haqida har qancha gapirsak, ozlik qiladi. Tog'ning mahobatini oldida turib emas, balkim uzoqdan ko'rish mumkin bo'lganidek, bu ishlarning ahamiyati yillar o'tgan sayin ortib boraveradi va minnatdor avlodlar, shubhasiz, ularga munosib baho beradi. Ma'lumki, xalqimiz tarixining buyukligi, avvalo, ma'naviyati va ma'rifatining yuksakligi bilan belgilanadi. Xorazmiy, Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Ali ibn Sinov, Imom Buxoriy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyotiga, xususan ilmfan, ma'naviyat va ma'rifatning yuksalishiga ulkan hissa qo'shgan. Temuriylar, Boburiylar tomonidan yaratilgan buyuk saltanatlar, ular rahnamoligida barpo etilgan muhtasham tarixiy obidalar bugun ham xalqimiz daholarining yorqin namunalari sifatida dunyo ahlini hayratga solib kelmoqda. Xalqimiz daxolari yaratgan yuzlab badiiy asarlar jahon adabiyotining tengsiz durdonalari sifatida insoniyatning ma'naviy mulkiga aylangan. Xullas, o'zbek xalqi ma'naviyatini yuksaklikka ko'targan misollarning chek chegarasi yo'q. Ular vatandoshlarimizning dunyoqarashi, fe'latvori, tafakkuri va tiynatida, urfodatlari, an'alari va udumlarida o'z ifodasini topgan. Jannatmonand yurtimizga yovuz maqsadlar bilan kelgan bosqinchilar, mustamlakachilar bunday yuksak ma'naviyat oldida o'zlarini yovvoyi his qilgan va vahshiylarcha go'zal obidalarni vayron etgan, bebaho kitoblarni o'tda yoqqan, ilmfan, ma'naviyat va ma'rifat taraqqiyotini bo'g'ishga uringan. Ular tomonidan mingminglab ziyolilar, yozuvchilar, san'atkorlar qatag'on qilingan, tarixiy osori atiqalarimiz, boyliklarimiz shafqatsizlarcha talangan. Bu mudhish jarayon to O'zbekiston mustaqillikka erishgunga qadar davom etdi. Masalan, XX asrning 80 yillari o'rtalarida sobiq markaz tomonidan o'ylab chiqilgan paxta ishi bahonasida mingminglab vatandoshlarimiz noqonuniy ravishda qamoqqa olingan, ularning qarindoshurug'lariga tazyiq o'tkazilgan. Sobiq qizil armiya safiga xizmat qilgan yuzlab vatandoshlarimiz fojiali tarzda halok etilgan. Ommaviy axborot vositalarida buyuk o'zbek millatini paxta o'g'risi ga chiqarmoqchi bo'lishgan. Tarixda so'nggi qatag'on deb nom olgan bu mudhash jarayon respublika ijtimoiy hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. Xuddi 30 yillardagi kabi, sudsiz so'roqsiz minglab odamlar qamoqqa olingan, millatlararo nizolar uyushtirilgan, begunoh vatandoshlarimizning qonlari to'kilgan. Yurtimizga yuzlab desantchilar yuborilgan va o'zbeklar ishi degan millatimiz sha'niga mutlaqo muvofiq bo'lmagan tuhmatlarni to'qishib, dunyoga jar solishgan. Xalqimizning ma'naviyati va milliy qadriyatlariga qarshi kurash avvalgidan ham shafqatsizroq tus olgan. Dahriylar jazavasi shu darajaga yetib borganki, o'z yaqinlarining janozasiga borganlar ham ta'qib qilina boshlagan. Birgina misol, o'z ulkasining janozasiga borgani uchun akademik S.Yo'ldoshev O'zbekiston kompartiyasi 16 plenumida muhokama qilingan va qoralangan. Yaqinda bo'lib o'tgan dafn marosimiga bag'ishlangan janozada, deb yoziladi o'sha davr hukmron mafkurasi nashrlaridan birida, VASNXIL akademigi S.X.Yo'ldoshev uch fan doktori, besh fan kandidati qatnashgan. Ularning ko'pchiligi partiya a'zolaridir, bu masalada boshlang'ich partiya tashkiloti, Kirov rayon, Toshkent shahar partiya komitetlari sukut saqlab turganligi siyosiy jihatdan zararli va sotsial jihatdan xatarlidir. O'ylab ko'ring: o'z ukasining janozasida qatnashish siyosiy jihatdan xatarli deb baholansaya?! Tabiiyki, bunday tahdidlar jamiyatdagi tahlikani, sarosimani yanada kuchaytirgan. Natijada ba'zilar ota onasi yoki yaqinlari olamdan o'tganida janozaga borishdan qo'rqib, zudlik bilan kasalxonaga yotib olishgan yoki xizmat safari ga jo'nab qolishgan. Bugina emas. Hatto alla, yalla kabi so'zlar Alloh so'zidan kelib chiqmaganmikan, degan mutlaqo asossiz qarashlar o'rtaga tashlangan. Bu milliy qadriyatlarimizni, otabobolarimiz asrlar osha e'tiqod qilib kelgan muqaddas islom dinini tahqirlashdan o'zga narsa emas edi. Hattoki, islomdan oldin paydo bo'lgan qadimiy navro'z bayramini nishonlash ham taqiqlangan. Uning o'rniga Leninning hayoti va faoliyati targ'ibotiga asoslangan ilg'or, sovet udumlarini joriy etish ga xizmat qiladigan, milliy xususiyatlarimizga zid bo'lgan soxta udum lar zo'ravonlik bilan kiritishgan. Ramazon va qurbon hayiti kunlari KPSS propagandistlari xudosizlikni targ'ib qilishga zo'r berishgan. Ateistik propagandani kuchaytirish to'g'risida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Hayit namozlarining oldini olish uchun masjid madrasalar atrofiga militsiya xodimlaridan iborat soqchilar qo'yilgan. Butun boshli xalq dahriylikka, e'tiqodsizlikka mahkum etilgan edi. Amal kursisiga zulukdek yopishib olgan, aslida, xalq manfaatini himoya qilishi lozim bo'lgan labbaygo'y mansabdor shaxslar uymauy yurib, doshqozonlarda qaynayotgan sumalaklarni ag'darishgan, qoloqlik va feodalizm sarqiti sifatida milliy liboslarimizdan voz kechishga, diniy marosimlarda qatnashmaslikka da'vat qilishgan. KPSS faollari jangovarlik ka chiqarilgan qarorlardan birida shunday ta'kidlanadi: Ideologik, siyosiy tarbiyaviy ishni olib borishda partiya komitetlari jiddiy hatoliklar va nuqsonlarga yo'l qo'ymoqdalar, ko'pgina salbiy hodisa va jarayonlarga printsipial partiyaviy pozitsiyalarda turib qarab chiqilmayotir, ularning mohiyati, asl sabablari ochib tashlanmayotir. Odamlar turli tug'ilgan kun lar, yubiley lar bahonasida farzandlarini ming bir qo'rquv bilan pinhona sunnat qilishgan. Nikohlar ham masjidda maxfiy tarzda o'qilgan. O'zbek tili shunchaki ro'zg'orda axborot almashadigan vosita darajasiga tushirib quyilgan edi. Xalqimizning boshiga o'sha paytda tushgan ko'rgiliklarni sanab, adog'iga yetish qiyin. Eng ayanchlisi shuki, jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan dunyoga ma'rifat ulashgan jafokash xalqimizni paxta o'g'risi ga chiqarishdi. Bir umr zahmat chekib, kosasi oqarmagan oddiy dehqonlarni, ularning oila a'zolarini, sochiga oq tushgan mo''tabar onaxonlarimizni ham poraxo'r degan ayb bilan qamashgan. Markaz da o'tirgan, uzoqni ko'radigan rahbarlar O'zbekistonga o'zlari yuborgan desantchilar ni xalqimizga qarshi gijgijlab, ularning o'chog'iga o't qalab turgan. Bizga halollikni joriy qilish uchun yuborilgan gazandalar obdon xalqimizni xo'rlagan, talagan. Ko'z ko'rib, quloq eshitmagan, inson sha'niga mos kelmaydigan noma'qulchiliklar qilishgan, ayrimlari o'zlarini yirtqich hayvonlarday tutishgan. Yuksak mukofotlar ilinjida yurgan, burnidan narini ko'rolmaydigan mahalliy rahbarlar Moskvadagi katta og'alarga yanada ko'proq desantchilar yuboring deb Xudoning zorini qilishgan. Yuqori nima desa, quloq qoqmay ijro etishavergan. Biz mustaqillikka erishgan paytda jamiyat shunday og'ir, tanazzul komiga tortilgan, xalqning ruhi cho'kkan, odamlar ertangi kunga bo'lgan ishonchini yo'qotgan, jinoyatchilik avjiga mingan, bosqinchilik, odam o'ldirish mashina o'g'irlash kabi mudhish jinoyatlar odat tusiga kirgan edi. Islom Karimov o'sha davrdagi vaziyatni quyidagicha izohlagan: Xalqning urf-odatlari, an'analari, madaniyati obdon oyoq osti qilindi, ona tilining qo'llanish sohasi sun'iy tarzda cheklab qo'yildi. Hatto, shundoq ham milliy an'analardan ancha olisda bo'lgan ayrim san'at turlari ham kimlargadir maqbul bo'lmay qoldi va ularni yangilashga urindilar. Hatto, milliy libos ham qoralandi. Kezi kelganda, odamlar milliy an'analar bo'yicha to'y qilish, qarindosh urug'larini dafn etishga ham cho'chib qolgan edilar. Ana shunday murakkab sharoitda xalqni yangi mustaqil davlat barpo etishga safarbar qilish uchun, avvalo, uning ma'naviyatini, ruhiyatini tiklash lozim edi. Xuddi shu sabab O'zbekiston rahbari o'z faoliyatini ma'naviyatimizni tiklashdan boshladi. O'tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida ta'qiqlangan milliy tafakurimiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasi ramzi bo'lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urfodatlarimiz, an'analarimiz bayramlarimiz, qariyb unutilayozgan buyuk ajdodlarimizning muborak nomlari hayotga qaytdi, ularning ezgu ishlari e'zoz va qadr topdi. Tashlandiq joylarga aylantirilib, vayrona bo'lgan minglab masjidu madrasalar, muqaddas qadamjolar ta'mirlandi. Man qilingan kitoblar chop etildi. Tariximiz to'g'risidagi asl haqiqat ro'yobga chiqdi. O'zimizga savol berib ko'raylik: bularsiz biz kimmiz? Hayotimizni ularsiz tasavvur eta olamizmi? Bu savollarga insof bilan, to'g'ri javob bera olsakkina masalaning tub mohiyatiga yetishimiz mumkin. Mamlakatimiz rahbarining tashabbusi bilan 1989 yiliyoq o'zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Milliy qadriyatlarimiz tiklana bordi. Jumladan, 1991 yil 12 fevralida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Respublikada Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish haqida gi farmoni e'lon qilingan. Unda asrlar davomida shakllangan urfodatlar va udumlarni e'ozlash maqsadida Navro'z bayramini keng nishonlash yuzasidan choratadbirlar belgilangan. Bayram munosabati bilan sovet qamoqqa olingan bir qator vatandoshlarimiz Prezident farmoyishiga binoan avf etilgan. Mana shunday boshlab Navro'z tom ma'nodagi xalq bayramiga aylangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan, 1991 yil 16 aprel' Ramazon hayiti kuniga to'g'ri kelganligi munosabati bilan dam olish kuni deb e'lon qilingan edi. Xalqimizning xohish va irodasi ifodalangan bu tarixiy Farmonni barcha mo'min musulmonlar katta shodu xurramlik bilan kutib olishgan. Aynan shu sanadan boshlab yurtimizda Ramazon va qurbon hayitlari bayram qilib kelinmoqda. Faqat mustaqillik sharofati bilangina minglab yurtdoshlarimiz haj ibodatlarini eminerkin ado etish huquqiga ega bo'ldi. Sovet davrida muqaddas haj safariga yiliga birikki kishi borgan bo'lsa, hozirgi kunda kelib yiliga 4 mingdan ortiq vatandoshlarimiz hajga borib kelmoqdalar. Diniy merosimiz sarchashmalari bo'lgan Qur'on i Karim va hadisi shariflar o'zbek tiliga tarjima qilinib, ko'p ming nusxada bir necha marta nashr qilindi. Xalqimiz bu merosning chinakam sohibiga aylandi. Shunday qilib, tarix uchun bir soniyadek bo'lgan bu davrda O'zbekiston asrlarga tatigulik taraqqiyot va ma'naviy yuksalish yo'lini bosib o'tdi. Xalqimizning asrlar mobaynida misqollab to'plagan bebaho ma'naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Buyuk ajdodlarimizning tavallud to'ylari, qadimiy shaharlarimiz va Avesto, Alpomish kabi buyuk asarlarimizning yubileylari o'tkazildi. Bularning ahamiyati nimada?! Bular tufayli, birinchi navbatda, biz o'zligimizni angladik, o'tganlarning ruhi shod, ko'ngil mulkimiz obod bo'ldi. Shahar va qishloqlar, madrasayu masjidlar qayta tiklandi, qanchadanqancha kitoblar chop etildi. Ikkinchidan, ma'naviyatimiz orqali millatimiz qadri, sha'nu shavkati tiklandi. Bular hammasi mamlakatimiz kelajagi bo'lgan yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik, elim deb, yurtim deb yonib yashashning, millat istiqboli uchun qayg'urishning yorqin ifodasi bo'lib qoladi. Bunga shubha yo'q. Yuqorida aytib o'tilganidek, yurtimizda boshlangan ana shunday ezgu jarayonlarni islohotlarning ustuvor yo'nalishiga aylantirish maqsadida 1994 yil 23 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat jamoatchilik markazi tashkil etildi. Bu davlatchiligimiz tarixida avallari kuzatilmagan hodisa hisoblanadi. Mazkur Farmonda milliy tafakkurni rivojlantirish, ma'naviyat va ma'rifatni yanada kamol toptirishga ko'maklashish niyatida Tafakkur jurnalini chop etish ham belgilab qo'yilgan. Shundan keyin joylarda ma'naviyat va ma'rifat ishlariga e'tibor yanada kuchaydi, viloyatlarda Markaz bo'limlari, maxsus targ'ibotchilar guruhlari tashkil etildi. Minglab uchrashuv, muloqot, davra suhbatlari uyushtirildi, yuzlab maqolalar, ilmiy risolalar chop etildi. Bularning barchasi jamiyatdagi sog'lom kuchlar yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo'naltirish, millatlararo do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, odamlarning ma'naviy kamolotini yuksaltirish, ajdodlarimiz tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan bebaho madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, eng asosiysi o'zligimizni anglashga katta ta'sir ko'rsatdi, xalqimizning buyuk yaratuvchanlik dahosini ro'yobga chiqarishga xizmat qildi. Muhimi, jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri sog'lom ma'naviy ma'rifiy muhit yaratildi. Tarixdan ma'lumki, barcha davlatlarda ham taraqqiyot, avvalambor, insonlarning ma'naviy kamoloti bilan belgilanadi, mutaraqqiy davlat faqat yuksak ma'naviyat zaminidagina vujudga keladi. Shuning uchun ham ma'naviy islohotlarni yanada jadallashtirish, xalqimizni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek ulug' maqsadga safarbar etish, ularning imkon va salohiyatini birlashtirish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 martda, Ijtimoiy ma'naviy muhitni yanada sog'lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora tadbirlari to'g'risidagi 1998 yil 24 iyulda Ma'naviy-ma'rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'rsidagi Qarorlari e'lon qilindi. 2006 yil 25 avgustda qabul qilingan Milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to'g'risidagi qarorida xalqaro maydonda mafkuraviy, g'oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib boryotgan hozirgi murakkab va taxlikali davrda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni zamon talabi darajasida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakillantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan tajovuzlarga qarshi kurash olib borish vazifasi” turganligi ta'kidlanadi. Vatanparvarlik-bu umuminsoniy qadriyat bo'lib barchaga xos fazilatdir. Shoir aytganidek: Сhekubdur Boburu, Furqat Vatan hajrida afsonalar Men ersam, ne g'urbatkim Vatanda bevatan bo'ldim. Taraqqiy etgan jamiyatni faqat yuksak ma'naviyatli fuqarolar barpo etishi mumkinligi hammamizga yaxshi ayon. Aynan shuning uchun ham mamlakatimiz rahbarining tshabbusi bilan oliy o'quv yurtlarida Ma'naviyat kunlari joriy qilindi. Biz ulardan samarali foydalanmog'imiz lozim. Buning uchun esa eski, siyqasi chiqqan, quruq ma'ruzabozlikdan voz kechib, yangi zamonaviy usullardpn keng foydalanmog'imiz zarur. Badiiy vositalarga ko'proq e'tibor berishimiz kerak. Yuksak badiiy saviyada yozilgan asar, mahorat bilan sahnalashtirilgan spektakl' yoki suratga olingan fil'mlar insonning qalbini larzaga solish, uni ezgu maqsadlarga chorlash, ma'naviy yuksaklikka ko'tarish qudratiga ega. Hozirgi tarixiy davr ana shunday inson qalbini qamrab oladigan asarlar, zamonamiz qaxramoni obrazini yaratishni taqozo qilmoqda.Bu soxada ham Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Kengashi zimmasiga g'oyat mas'uliyatli vazifalar yuklatilgan. Xullas, jamiyatimizdagi ma'naviy- ma'rifiy va mafkuraviy muxitni yanada sog'lomlashtirish borasida qiladigan ishlarimiz ko'p. Ularni uddalashda bizni bundan buyon xam mamlakatimiz rahbariyati va keng jamoatchilik har tomonlama qo'llab-quvvatlashga ishonamiz. Ma'lumki xalqimizning ibratli fazilatlaridan biri o'z tug'ilib o'sgan joyiga mehrmuhabbatdir. Unga kindik qoni to'kilgan tuproqdan muqaddasroq joy yo'q. Mustaqil mamlakatimizning oldida turgan muhim vazifalaridan biri, deb yozgan edi I.A.Karimov, elim deb yurtim deb kuyibyonib yashaydigan vatanparvar komil avlodni tarbiyalashdir”. Vatanni sevmoq har bir insonning tug'ilib o'sgan, yashayotgan joyiga bo'lgan munosabatlarining gultojidir. Vatanni onaga qiyos etishadi. Сhunki ona ham Vatan ham bittadir. Inson faqat bittagina onadan tug'iladi va faqat bittagina Vatanda tavallud topadi. Onani sevish bu insonni dunyoga keltirgan zotni ulug'lash, unga ta'zimda bo'lishni taqozo etadi. Vatanni sevmoq ham onani sevishdan kam emas. Сhunki Vatan o'sha inson tug'ilgandagi makon, uni bag'riga olgan go'sha, ma'nodir. Abdurauf Fitrat aytganidek, Vatan qiblagohdir, sajdagohdir; Vatanni sevmoq esa iymon va e'tiqoddir, istiqlol va istiqbol oldidagi mas'uliyatdir. Ayrim allomalar Vatanni sevmoqni yuksak ahloq, deb ataydilar. Axloqni umumiy va vataniy axloqqa ajratadilar. Vataniy axloqning bosh talabi Vatanni sevmoqdir. Сhindan ham ma'naviyat vatanparvarliksiz kemtik bo'lib qoladi. O'sha yuksak ma'naviyatdan Vatanni sevmoqlik balqib chiqadi, bu uning amaliy ildizlaridan biridir. Muborak hadislarda: “Vatanni sevmoq iymondandir”, deyiladi. Bu barcha millatlarga qilingan da'vat bo'lib, Vatan tarixini bilish va unga intilish vatanparvarlikning birinchi bosqichi sanaladi. Ikkinchi bosqich Vatanning hozirgi holati bilan bog'liq. Vatan dardini his qilish, u bilan yashash ham vatanparvarlikdir. Сhunki Vatan muammolarini, dardini boshqa yurtlardan kelganlar hal qilib bera olmaydi. Vatan dardiga uning o'g'lonlarigina malham bo'la oladi. Buni bugun viloyatimiz oliy va o'rta maktablarida ta'lim olayotgan yoshlar qalbdan his etishlari zarur. Сhunki kelajagi buyuk Vatanning munosib farzandi bo'lish nafaqat sharafli, balki ko'proq mas'uliyatlidir. Yoshlarimiz buni chuqur anglab haqiqiy vatanparvar, xalqparvar bo'lsalargina biz kelajagi buyuk davlatni qura olamiz. Vatan o'tmishini, ma'naviy va madaniy merosini, an'analarini, urfodatlarini, tilini, dinini e'zozlash ham vatanparvarlikdir. O'z xalqini sevgan kishi boshqa xalqlarning ham xurmatini joyiga qo'ya oladi. O'z xalqini sevsagina inson uchun o'zga xalqlar taqdiri befarq emas. Boshqa xalqlar yutug'idan quvonuvchi, ma'naviy inqirozidan tashvishlanuvchi inson vatanparvar sanaladi. O'z millatini, o'z xalqini suvuvchi inson millat ajratmaydi. Milliy ixtiloflarga berilgan xalq kamol topmaydi. Vatanparvarlikning yana bir zaruriy tamoyili Vatan tinchligi uchun har bir fuqaroning sa'yharakat qilmog'idir. Bu nafaqat chegaralarimiz daxlsizligini, nafaqat ichki tartibni saqlash, balki Vatan tinchligiga, millatlar totuvligiga putur yetkazuvchi har qanday nobakor kimsalar bilan murosasiz bo'lishni taqozo etadi. Bu narsa har bir elim deb, yurtim deb yonib yashovchi fuqaroga qo'yiladigan mas'uliyat hamdir. Vatanparvarlikni shakllantirishning kaliti milliy tuyg'uni yuzaga chiqarishdadir. Milliy tuyg'usi yo'q millatning o'zi yo'q. Milliy tuyg'uni kuchaytirish esa o'ta mas'uliyatli vazifadir. Bu ishda o'ta ehtiyotkorlik talab etiladi. Milliy tuyg'uni uyg'otish yo'lidagi salgina ehtiyotsizlik millatchilik yoki milliy shovinizmni keltirib chiqarishi mumkin. Ma'lumki, shovinizm yoki millatchilik deb atalmish illat jamiyat barqarorligini va tinchligini buzib, osoyishta hayotni do'zaxga aylantirib yuborishi hech gap emas. Milliy tuyg'u o'z xalqining o'tmishi, milliy qadriyatlari, ajdodlari qoldirgan ma'naviyma'rifiy meros hamda bugungi kunini chuqur anglab yetgandagina to'g'ri shakllanadi. Urfodatlar, udumlar ham milliy tuyg'uning shakllanishiga yordam beradi. Milliy tuyg'usi kuchli odamlar o'z Vatani dardi bilan yashaydilar. Milliy tuyg'uni kuchaytiradigan omillarning eng asosiysi bilimdir. Bilimsizlik bilan shakllantirilgan milliy tuyg'u ko'pincha millatchilikka olib boradi. Milliy ong, milliy g'ururni boshqarishi kerak. Xalqimizda: Jahl kelsa, aql ketadi, degan naql bor. Bu xikmatdan xulosa qilsak, milliylik bilan bog'liq har qanday nizoni aql va tafakkur bilan hal qilmoq zarur. Vatanni sevgan odam boshqa yurtlarni ham e'zozlaydi. Сhunki boshqa yurtlar ham boshqa insonlarga Vatandir. Inson esa kim bo'lishidan qat'i nazar birinchi navbatda hurmatga loyiqdir. U inson zotidan bo'lganligi uchun ham shunday e'zozga munosib. Vatanni sevmoqni fidoyilik bilan almashtiradilar. Vatan fidoyisi bo'lmoqlikning o'zi yetarli emas. Inson avvalo, Vatanni sevsagina olamni seva oladi. Olam taqdiri, hayot tashvishi, kelajakda kutilishi mumkin bo'lgan muammolarni Vatanni sevuvchi insonlargina hal qilishi mumkin. Vatan fidoyisi bo'lmoq Vatan va vatanda yashovchi barcha millatlar manfaatlarini himoya qilmoq, demakdir. Vatanparvarlik turmush tarzimizga singdirilsagina, u kundalik ehtiyojga aylansagina samara beradi. Vatanparvarlik imonga aylansagina jamiyatimiz ma'naviy yuksaladi. Tayanch so'z va iboralar: Axborot asri, rivojlangan mamlakatlar targ'ibot vositalari, hukumat siyosatining tashviqoti, yosh mafkuraviy ta'sirlar, yovuz kuchlar, paxta ishi, diniy meros, Ma'naviyat-ma'rifat jamoatchilik markazi, Vatanni sevmoq iymondandur milliy tuyg'usi vatanrparvarlik, iymon. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning tarkibiy tizimi 2. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni inson shaxsi takomillashuviga ta'siri 3. Buyuk bobokalonlarimiz nomlarini tiklanishi 4. Tarbiya zaminida ta'lim berish tushunchasi 5. Ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning bosqichma-bosqichligi 6. Ahloqiy, diniy, badiiy qarashlar Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling