O‘quv qo‘llanmada


Download 65.19 Kb.
bet1/8
Sana20.06.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1633294
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 .2 mavzu


KIRISH
O‘zbekistonning eng yangi tarixi xalqimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish jabhalaridagi faoliyatini o‘rganish maqsad qilingan. Ma’lumki xalqimiz tarixi dunyodagi boshqa xalqlar tarixi kabi boy va rang-barangdir. Zero, mustaqillikning ilk davrlaridagi xalqimizning boshidan kechirgan qiyinchiliklari va bu yo‘ldagi urinishlar, islohotlar, qabul qilingan qonun va farmonlar ushbu qo‘llanmani yozishda amaliy jihatdan yordamchi vazifani bajardi. Uning mazmunidan xalqimiz tarixining ilk mustaqillik davridan to hozirgi kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘li, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayoti o‘rin olgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekistonning eng yangi tarixining mustaqillikning ilk davrlaridan boshlab, hozirgi kungacha bo‘lgan katta davrni o‘z ichiga oladi. Undagi mavzularni yoritishda va tahlil qilishda namunaviy o‘quv dasturiga asoslangan holda mavzularning tub mohiyati, tarixiy-madaniy jarayonlarning asoslari, omillari va rivojlanishi, sabablari, oqibatlari va natijalariga katta e’tibor qaratildi. Shuningdek, Vatanimiz hududida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar haqida xolisona xulosalar chiqarishga harakat qilindi.
O‘quv qo‘llanmada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li hamda O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi, bozor munosabatlarining rivojlanishi, ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy va madaniy taraqqiyot, tarixiy-me’moriy yodgorliklar va ularni qayta tiklanishi, ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mustaqillik yillarida binokorlik va me’morchilik, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, Yangilanayotgan O‘zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzini ortib borishi kabi masalalar aniq ma’lumotlar asosida ko‘rsatilgan.
O‘quv qo‘llanmani yozishda «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanini o‘qitishning dolzarbligi hamda ahamiyatini bayon etish bilan birga, mazkur fanning tuzilishi, mazmuni hamda fan bo‘yicha o‘qitishning o‘quv va nazariy mohiyati ochib berilgan. Shuningdek fanning o‘quv dasturi asosida ma’ruza mashg‘ulotlarning matni, rejasi hamda mashg‘ulotlar yuzasidan nazorat savollari, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy va foydalaniladigan adabiyotlar berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ma’lumki bugungi kunda darslarni yangi pedagogik texnologiyalar va yangicha o‘quv-uslubiy yondashuvlar asosida o‘qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Shu boisdan O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda davriy hujjatlar, internet ma’lumotlari, qonun hujjatlarining o‘rni hamda ahamiyati ko‘rsatilib o‘tilishi, O‘zbekistonning umumjahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri ekanligi, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk, milliy g‘oya ruhida tarbiyalangan yoshlarni tarbiyalashdagi o‘rni katta ekanligining o‘ziyoq ushbu o‘quv qo‘llanmaning o‘rni va ahamiyati muhim ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ushbu o‘quv qo‘llanmani yozishda qator darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, monografiyalar, davriy hujjatlar va boshqa manbalardan unumli foydalanildi.
Bugungi kunda mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va jarayonlar mazmun-mohiyatini yoshlar ongiga singdirishda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
O‘ZBEKISTONNING ENG YaNGI TARIXI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.



Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling