O‘quv qo‘llanmada


Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 2


Download 65.19 Kb.
bet6/8
Sana20.06.2023
Hajmi65.19 Kb.
#1633294
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 .2 mavzu

1. Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli.
2. Odamlarning ta’minoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan tashqari pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham sodir bo‘lishi mumkinligi.
3. Ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, ya’ni ortiqcha ishchi kuchining ko‘payib borishi.
4. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani kabi sabablar. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini ta’minlash zarurligini tushunib yetdi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989 yil 15 avgustda «Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy – joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, Islom Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi.
Farg‘ona fojealariga taalluqli ma’lumotlarni tahlil qilib tarixchilar H.Bobobekov, Q. Usmonov, R.Murtazaevalarning qayd etishlaricha, mesxeti turklari uchun bu mojaro mustabid tuzum aybi bilan urush davrida majburan tashlab chiqilgan ona vatanlariga qaytib borishlari uchun bahona sifatida kerak bo‘lgan ekan. Mahalliy aholi esa bu mojaroga tabiiy ravishda qo‘shilib ketgan xolos. Chunki Ittifoq miqyosida joylarda aholinining ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga e’tibor berilmagan, mahalliy yoshlar o‘rtasida ishsizlik ko‘payib, aholinining turmush darajasi pasayib borgan, paxta yakkahokimligi, ekologiya, muammolari hal qilimagan, poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachilik, qonunbuzarlik avj olgan. Bu holat O‘zbekistonga ham ta’sir etmasdan qolmagan.
Orol fojiasi. Xalqimizning ko‘proq qishloq xo‘jaligi mehnatiga jalb qilinishi, paxta yakkahokimligi kabi salbiy holatlar, o‘lka asosan xom ashyo, ayniqsa paxta xom ashyo bazasiga aylantirilishi boshqa qishloq xo‘jalik ekin turlariga nisbatan teskari munosabatni shakllanishiga olib keldi. Qishloq xo‘jaligi maydonlariga maksimal darajada kimyoviy o‘g‘itlar berilishi natijasida xalq sog‘lom turmush tarzi ayniqsa yosh avlod genofondi uchun xavf paydo bo‘ldi. Keyingi chorak asr davomida muammo bo‘lib kelayotgan Orol dengizi muommasini hal etish uchun bir qator loyihalar taklif etilganligiga qaramay, ularning birortasi ham joriy etilmadi. XX asr 60-yillaridan boshlab yangi yerlar keng qo‘lamda o‘zlashtirilishi, sanoat, chorvachilik komplekslarining ekstensiv rivojlantirilishi, kollektor-zovur tizimlari qurilsada, ular asosan paxtachilik uchun xizmat qildi hamda kanal, lotoklar suvlari sug‘orish uchun muttasil yuqori hajmlarda olindi. Shu bois havzalardagi suvning salmog‘i kamaya boshladi.
80-yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyotni chuqur tahlil qilmasdan 90-yillarning oxiriga borib, sobiq SSSR da milliy daromadni 2-2,5 barobar o‘stirish, aniqrog‘i avvalo 70 yil ichida amalga oshirilgan ishlarni keyingi 15 yil ichida bajarish vazifalari qo‘yildiki, bular mutlaqo haqiqatdan uzoq edi. Bu hol tabiiy ravishda 70-80 yillar boshlarida jamiyat oldidagi muhim xalq xo‘jaligi vazifalarini ishlab chiqarishni jadallashtirish bilan emas, balki qo‘shib yozish, pora berish, oshna-og‘aynigarchilik bilan osongina hal qilishga olib keldi.
Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o‘zlashtirilishi, tog‘ yon bag‘irlariga ekin ekilishi, o‘rmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va kon suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi.
Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm,

  • 1971-1980 yillarda-53 sm,

  • 1981-1985 yillarda-78 sm,

  • 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga yetdi.

  • 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o‘z qirg‘og‘ida 75-80, ba’zi joylarda 100 km.ga chekindi.

  • 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay to‘xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi

Orol dengizining qurishi keskin muammo, aytish mumkinki, milliy ekoinqiroz xavfini kuchaytirdi. Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib xalqning ma’naviy hamda tarixiy an’analarining e’tiborga olinmaganligi va ekoinqirozning kelib chiqish sababalarini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
Birinchidan, ekologiyaga zarar yetkazmaslik nuqtai nazaridan ishlab chiqarish korxonalarining mahalliy shart-sharoitlarga moslab joylashtirilmaganligi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligida suvni va mehnatni ko‘p talab qiladigan ekinlarni, ayniqsa, paxta ekin maydonlarining kengaytirilishi;
Uchinchidan, qishloq xo‘jaligida son ortidan quvilib, sifatiga kam e’tiborberilishi;
To‘rtinchidan, ekoinqirozning yana muhim ko‘rinishi bu, fuqarolar ma’naviyatida tabiatga oqilona munosabat faqatgina sotsializm qaror topgan jamiyatdagina mavjud bo‘ladi, degan umuminsoniy qarashlarga zid dunyoqarash shakllantirilishi;
Beshinchidan, mintaqani iqtisodiy rivojlantirishda atrof-muhitga salbiy ta’sir etish mumkin bo‘lgan jarayonlar e’tiborga olinmaganligi va ilmiy asoslanmaganligi;
Oltinchidan, mahalliy aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatning kuchsizligi kabilardir. Bularning barchasi tabiatga nisbatan ma’naviy axloqiy qarashlar, to‘g‘ri munosabatni aks ettiruvchi odat va marosimlar unutilishiga olib keldi.
Bir so‘z bilan aytganda, sobiq ma’muriy buyruqbozlik tizimi, mafkuraviy hukmronlik mintaqadagi ekologik holatga ham o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Bunday siyosat xalqning ming yillar mobaynida shakllanib kelgan atrof muhitga ma’naviy-axloqiy munosabatlarini yo‘qolishiga sabab bo‘ldi. Faqat mamlakatimiz mustaqilligi tufayli xalqimizning ma’naviy ruhiy tiklanishi insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini ham tubdan o‘zgarishiga imkoniyat yaratdi. Zero, Sobiq ittifoq davrida totalitar, mustamlakachilik tuzum zo‘rovonligi O‘zbekistonda yuz bergan ekoijtimoiy inqirozlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’naviy fojea hamdir.
Ekologik shovinizm barcha sohalarda siyosiy va iqtisodiy qaramliklar, milliy ma’naviy qadriyatlarning toptalishi, kadrlar tayyorlashning imperiya manfaatlariga moslashtirilishi, tabiiy boyliklarga nisbatan talonchilik siyosati kabilarda namoyon bo‘ldi. Amalga oshirilgan shovinistik siyosat natijasida tabiatga vahshiyona munosabat Orol fojeasiga olib keldi, flora va fauna buzildi, turli xil kasalliklar, jumladan, bepushtlik, ayollar va bolalar o‘limi oshdi. Birgina misol, o‘sha paytda AQSh va Yaponiyada tug‘ilgan 1000 ta boladan 1-2 tasi yoshiga yetmay o‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich, O‘zbekistonda 46 taga yetganligini qanday izohlash mumkin? Ekoijtimoiy ma’naviy inqirozlar ko‘rsatkichi aholining salomatligining yomonlashishida ham o‘z aksini topdi.
Jumladan, 1976 yildan 1990 yilgacha faqat O‘zbekistonning o‘zida katta yoshdagi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish (har 10 ming kishi hisobiga) muntazam o‘sib borgan. Respublika bo‘yicha kattalar va o‘smirlarning umumiy kasallanish intensiv ko‘rsatkichi 1976 yilda 2466,5 tadan 1990 yilda 3598,6 taga yetgan. Tashqi muhitning salbiy ta’siri tufayli asab tizimi, teri, teri osti kasalliklari 1989 yilning o‘zida - 1,4, qon aylanish tizimi kasallanishi - 1,3 marta ko‘paygan. Sil kasalligiga chalinish 3 foizga ko‘paygan. Bolalar jumladan, go‘daklar o‘limi sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridagi ko‘rsatkichidan ikki marta yuqori bo‘lgan. Respublikada har yili 200 mingga yaqin kishi gepatit kasaliga duchor bo‘lgan. Yer, suv, havoga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi ekoko‘nikmalarimiz milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz kommunistik mafkura asosida shakllantirilgan sovet udumlarini qaror toptirish orqali unutildi. Ekomilliy ko‘nikmalarimizning unutilishi esa yuz bergan fojeaning navbatdagi ma’naviy inqirozi edi.

Download 65.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling