Fanidan 1-mavzu: Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja


-mavzu: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning takomillashuvi


Download 1.53 Mb.
bet12/39
Sana02.04.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1320269
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI (1)

8-mavzu: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning takomillashuvi


Reja:

  1. «Kadrlar tayyordash milliy dasturi»ning qabul qilinishi va ma’naviy-ma’rifiy tarbiya masalalari

  2. O‘zlikni anglash, o‘z qadrini bilish

  3. Ma’naviy tarbiya vositalari

Odamzod o'zini taniy boshlagandan ta'lim tarbiyaga ehtiyoj sezadi. Ta'lim tarbiya o'z kelajagi uchun eng muhim omil ekanligini anglamasligi mumkin emasda. Loaqal o'z farzandiga bo'lgan otalik va onalik mehri ta'limtarbiyaning ahamiyati va zaruriyligini anglashga undashi tabiiy. Jamiyat hech vaqt bir joyda to'xtab qolmaydi, balki mudom rivojlanishda bo'lishi hayotiy qonuniyat. Binobarin, ta'lim tarbiya jamiyatning olg'a rivojida zarur bo'lgan omillarni shakllantiradi. Ta'lim tarbiya umumxalqqa tegishli va ayni paytda odamlar yoshiga, o'suv darajasiga qarab ma'lum yo'nalish hamda mezonlarga ega bo'ladi. Bu ta'limtarbiyaning andozaga bo'lgan ehtiyojini ham belgilaydi. Demoqchimizki, ta'limning ham, tarbiyaning ham me'yoriy, mazmun mundarijasi, yo'nalish turlari, miqdori bo'ladi.


O'zo'zidan ma'lumki, xalq va Vatanning kelgusi istiqboli, taqdiri bugun maktabda ta'lim olayotgan avlodga bog'liq. Ta'limtarbiyaning mazmuni, saviyasi mamlakat iqtisodiyoti, siyosatining oqibatini belgilaydi. Shuning uchun o'z kelajagini o'ylagan millat, mamlakat ma'naviy ma'rifiy islohotlar orqali ma'naviy yetuk avlodni voyaga yetkazish, ular uchun zamonaviy shartsharoitlar yaratishni birinchi navbatda hal etilishi zarur bo'lgan muammolar deb qaraydi. O'tgan qisqa davrdayoq har jihatdan barkamol, iymon e'tiqodi mustahkam, bilimli, fidoyi vatanparvar kishilar Vatan istiqbolining porloqligiga zamin bo'lishi tobora ayon bo'ldi. Shuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarali taqdiri” bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz . shunday ekan, mustaqilligimizning istiqboli, mamlakatimizning ertasi, buyuk kelajak yaratish yo'lidagi dasturiy maqsadlarning pirovard natijasi komil avlodni voyaga yetkazishga, ta'lim tarbiya tizimida jiddiy yangilanishlarni vujudga keltirishga bog'liq. Demak, biz maktab va o'quv yurtlarida ta'lim tarbiya mazmunini zamon talablariga muvofiq takomillashtirib borishimiz, o'zgartirimiz, o'qituvchilar saviyasi, pedagogik mahoratini tubdan yaxshilashimiz orqali ta'lim tarbiya tizimini yuksak darajaga ko'tarishimiz lozim bo'ladi. O'quv dasturlaridan tortib, o'quv jarayonining ichki mazmunigacha, o'qituvchilarimizning bilim saviyasi, mahoratidan tortib, jamoatchilik o'rtasidagi nufuzigacha barchabarchasida isloh qilishga, yangicha munosabat bildirishga ehtiyoj sezilib turadi.
Prezidentimiz maktabning zamona taraqqiyotidan orqada qolayotganligini ta'kidlaganligi bejiz emas. Binobarin, maktab islohotiga jiddiy yondashmaslik, u taraqqiyotdan orqada qolaverishi bilan mushkullarimiz ortganidan ortib boraveradi. Buning ustiga, odamlarimiz ham avvalgi odamlar emas. Dastlabki yillarda aksariyatimizning dunyoqarashimiz, ma'naviyatimizga bozor iqtisodiyoti shartsharoitlari aks ta'sir ko'rsatdi. Natijada xususiylikni shaxsiylikka aylantirish, shaxsiy manfaat yo'lida ko'proq mehnat qilish, pulni barcha muammolarni hal etishning yagona vositasi deb qarovchi kishilar tez ko'zga tashlanadi. Bu hol ko'pgina o'spirin yoshlarni bozor muomalasiga tortayotganligi ma'lum. Ayrim nuroniylarning “bozor bolalarimizni buzdi”, degan gaplarining tagida juda katta ma'no bor. Bundan tashvishlanmasligimiz mumkin emas. Maktab islohotini izchillik bilan amalga oshirish orqali farzandlarimizni bilimga, kasbhunarga o'rgatishimiz jamiyat kelajagi uchun qayg'urgan har bir kishining muhim vazifasidir.
Aytish joizki, ta'lim tizimini isloh qilish davr talabi edi. Isloh zaminida kelajagi buyuk davlat yaratish maqsad muddaosi bor. Shu bois O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta'lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida” gi Farmoni, “Ta'lim to'g'risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ulkan tarixiy ahamiyatga ega.
Ma'lumki, har bir davlatning ta'lim sohasida o'z dasturi, kontseptsiyasi va andozalari bo'ladi. Bu dastur va kontseptsiyalar ta'lim tizimining to'la isloh qilinishi va o'ziga xos universal model yaratish yoki mukammallashtirish, mavjud tizimlardan foydalanib, o'z ta'lim sohasini rivojlantirish strategiyalarini nazarda tutishini tushunish mumkin.
Davlatimizda ishlab chiqilgan dastur, garchi milliy bo'lsada, u umumiy va chegaralanmagan ta'lim tizimi, strategiyasi va modellari, andozalari talablarini hisobga olgan holda tuzilganligi, chegaralanmagan universal tizim tarzidadir.
Сhunki ta'limni butunlay isloh qilishning zaruriy shart-sharoitlari vujudga keladi. Mustaqillik yillarida mamlakat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, huquqiy asoslari shaklandi. Natijada fuqarolik jamiyatini barpo qilish omillari yaratildi. Ayni paytda taraqqiyotning hozirgi tezkor sur'ati inson shaxsi, ongi, dunyoqarashi, qobiliyati va mayllarini tezda kamol toptirishni taqazo etayotganligi o'z- o'zidan aniq. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish talabiga mos malakali, yetuk ma'naviyatli, fidoyi va vatanparvar mutaxassis kadrlar tayyorlash dolzarb vazifaga aylandi. Bu vazifaning muvaqqiyatini ta'minlash uchun maxsus Milliy dastur yaratish kun tartibiga qo'yildi. Milliy dastur asosida ta'limni tubdan isloh qilish uchun butun ta'lim-tarbiya jarayoniga istiqlol ruhi, Vatan tuyg'usi, millat kelajagi, jamiyat ravnaqi, komil insonni voyaga yetkazish g'oyalari singdirilib, aqliy-ma'naviy, axloqiy-ruhiy, jismoniy-ijtimoiy barkamol avlodning o'sib ulg'ayishini ta'minlashga qaratilgan ilmiy-nazariy, ma'rifiy-moddiy shart-sharoitlarni ro'yobga chiqarish kutilmoqda. Milliy dastur buyuk kelajak sari dadil qadam qo'ygan O'zbekistonda yangi avlodni tarbiyalash, odamlarga munosib farovon turmush sharoitini yaratishga yo'naltirilgan eng oqilona ma'naviy-ijtimoiy, ma'rifiy-mafkuraviy muhit barpo etishi tabiiydir. Demak, keng qamrovli va ulug' maqsadli Milliy dastur ishlab chiqish orqali ta'lim-tarbiya tizimlari, mazmuni, pedagogik asoslarini yangilash imkoniyatlari kuchayadi.
Shu jarayonda har bir shaxsda milliy ma'naviyatni, milliy ong, milliy shuur, milliy tuyg'uni barkamollikka ko'tarish omillari faollik jarayoniga ko'chadi. Bu ulug'vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o'zining real imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka yetaklovchi va ma'lum ma'noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali kuchlar ulg'aydi. Ular siyomosi, faoliyatida milliy ma'naviyatning barqaror mag'zi, yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma'naviyati barqaror shakllangan budnay kishilar o'z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o'z faoliyatida xalqimizning milliy ma'naviyatini namoyish eta oladigan, millatning salohiyatini, Vatan qadri, sha'ni, shuxratini ellararo, davlatlararo ko'rsata biladigan insonlardir.
Ta'bir joiz bo'lsa, bunday kishilarda millat tafakkurining qaymog'i jamlangan va faoliyatida rivoj topgan bo'ladi. Shuning uchun ham aqliy, shuuriy zakovati yetuk, milliy ma'naviyati kamol topgan, Vatan va millat tuyg'usi qalbida jo'sh urgan bunday shaxslar boshqa madaniyatlarga ro'baro' kelganda o'ziligini yo'qotmaydi, o'zga madaniyatlar ta'siriga tushib qolmaydi.
Milliy dasturda qabul qilingan atamalardan, ta'lim tuzilmasi tizimlarida mavjud bo'lgan struktura va terminlardan foydalanishi zarur bo'lgan an'anaviy usuldir. Ammo kadrlar tayyorlash sohasidagi milliy modelning tizimlari va tarkibiy qismlari turlichadir. Faqat O'zbekistonning o'ziga xos, ya'ni kadrlar tayyorlashning milliy modeli tarkibi bu shaxs (sub'ekt), davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish deb konkretlashtirilishi milliy dasturning yagonaligidir. Milliy dasturda umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasbhunar ta'limining majburiyligi, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarini tanlashning ixtiyoriyligi va ularda bepul, davlat hisobidan o'qitish, bilim berish imkoniyatlarining yaratilganligi, dasturdagi umumiylik va milliylik, ta'limning ijtimoiy taraqqiyotda ustuvor deb e'lon qilinishi, ta'lim demokratiyasi, ta'lim olishning majburiyligi, iste'dodga berilayotgan e'tibor diqqatga sazovor hisoblanadi.
Mazkur dasturning “Kadrlar tayyorlash milliy modeli” sarlavhali bobida kelajakda har jihatdan barkamol shaxsni shakllantirish haqida shunday so'zlar o'z ifodasini topgan: “Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog'liq bo'lgan uzluksiz ta'lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri-bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intelektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mehnat qilish huquqi ro'yobga chiqariladi”.
“Ma'naviy-axloqiy tarbiya va ma'rifiy ishlar” bobida: “Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an'analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta'minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma'rifiy ishlar takomillashtirilib boriladi.
O'zbekiston mustaqilligi printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta'lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qo'mitalari, fondlar bilan o'zaro puxta hamkorlik qiladilar”.
O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonunida ham yosh avlodning ma'naviy va madaniy tarbiyasiga alohida e'tibor berilgan.
Yoshlarning ongi va tafakkuri o'zgarib, yangilanib bormoqda. Tafakkur va ongimizda mustaqillik g'oyalari mustahkamlanmoqda. Dunyoni, o'zimizni va o'zligimizni anglash imkoniyati qo'lga kiritildi. Bu yoshlar tafakkurini mustaqillik tafakkuri talablariga mos shakllantirmoqda.
Bizga bobokalonlarimizdan, dinimiz, o'zbekona turmush tarzimiz meros qolgan. Ana shuning uchun ma'naviy qadriyatlarga e'tibor berish, yoshlarning maqsadi va orzu-umidlariga munosib go'zal hayot barpo etish juda katta ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Сhunki “Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo'lajak fuqarolarining madaniyati, ma'lumoti va ma'naviyati haqida g'amho'rlik qilmog'i zarur. Yosh avlodga ozod va obod Vatanni meros qoldirar ekanmiz, ular mutafakkirlarimizning, davlat rahbarlarining ulug' ishlarini davom ettirishlarini niyat qilar ekanmiz, yoshlarning ma'naviy uyg'oqligiga ahamiyat berishimiz lozim. G'aflat uyqusidan uyg'onib, yorqin ko'z bilan kelajakka nazar tashlaydigan zamon keladi”.
Milliy dasturni amalga oshirish, turmushda qo'llash millat taraqqiyoti, ma'naviyati va ma'lumoti yuksak bilimli yoshlarga bog'liq. Aks holda yoshlarning manqurtlik va faqat pulga sajda qiluvchi arzon ishchi kuchiga aylanib qolish xavfi tug'iladi. Millatning istiqboli arzon-garovga o'z kuchini sotadiganlar evaziga emas, aksincha, moddiy va ma'naviy mehnati, salohiyati yuksak qadrlanadigan kishilarr, o'z hayotini ijodiy va jamiyat taraqqiyotida ijobiy rol' o'ynaydigan mehnat asosida qurgan yoshlarga bog'liq. Kelajagimizga umid va ishonch katta. O'zbekistonning kelajakda buyuk davlat bo'lishi uchun shart-sharoitlar mavjud: buyuk tarix va boy ma'naviy merosimiz bor. Jahonshumul ahamiyatga molik madaniyatning vorislarimiz; vatanimizning iqlimi, tabiati, ajoyib yer osti va yer usti boyligimiz behisob; xalqimiz mehnatkash, g'ayratli va bardoshli; ko'hna mamlakatimiz zo'r intellektual salohiyatga, boy aqliy merosga ega.1 Bu ma'naviy ne'matlar davlatimiz, mamlakatimizning tarixiy ildizlari sifatida kelajakda mo'l-mo'l ma'naviy hosil berishiga shak-shubha yo'q. Buni yoshlar qadrlashlari, uni rivojlantirib, doimo boyitib borishlari o'zlaridan keyingi avlodga qoldirish tuyg'usi baland bo'lishi, shunday milliy g'urur va iftixor ularni yangi-yangi yutuqlarga; ilm-fan sirlarini egallashga da'vat etadi.
Yangi jamiyatning maqsad va ideallariga binoan yangi avlod dunyoqarashi shakllanmoqda. Yangi jamiyatning qaror topishi va rivojlanishi, o'z navbatida, ma'naviy yangilangan, rivojlangan va shakllangan avlodlar ruhining poklanishini ham taqozo etmoqda.1 Yangi jamiyat avval millat orzusida, qalbida pishib yetiladi. So'ngra u ob'ektiv reallikka aylangan, keng jamoatchilikning hayot va taraqqiyot tarzini ifodalovchi g'oya tarzida qaror topdi. Xuddi shu jamiyat yetishtirgan kishilar, keng jamoatchilikning ilg'or dunyoqarashi va tafakkuriga zarurat sezadi. Bir-birini taqozo etuvchi va bir-birining taraqqiyotini belgilovchi g'oyaviy omillar mushtarakligi jamiyat va mamlakatning milliy manfaatlari va istiqbolini kafolatlovchi kuchlardir. Ana shu ma'noda respublikamizda qaror topayotgan fuqarolik jamiyatini va bu jamiyatda istiqomat qiluvchi yoshlarning ongini, dunyoqarashini o'zgartirish va insoniylashtirish maqsadida nihoyatda ko'p va xo'p ijtimoiy-tarixiy chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Inson erkinligi va ozodligini ta'minlovchi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Qator universitetlar tashkil etilib, o'quv tizimimizda jahon andozalari, tarbiya yo'nalishida ma'naviy merosimizning eng ilg'or va insonparvar tamoyillari asos qilib olindi. Davlat va jamiyat qurilishi masalalarini o'rganish yuksak malakali rahbar kadrlar tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi tashkil etildi. Vatanimizning Qurolli Kuchlari va xavfsizligini mustahkamlash, fuqarolarning o'z uyi va ish joylarida tinch-xotirjam bo'lishlari bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi; ta'lim tizimimizdagi islohatlar zamonaviy litsey va kollejlar ta'sis qilinishiga olib keldi; yoshlarning bilim va salohiyatlarini yuksaltirish maqsadida “Ulug'bek”, “Umid”, “Ustoz” yoki keyinchalik “Iste'dod” jamg'armalari tuzildi.
Milliy dastur mamlakatdagi ta'lim tizimining hamma tomonlarini qamrab olganligi, hozirgi zamon talablari ko'zda tutilganligi, bozor munosabatlarini hisobga olib marketing, menejment kabi mutaxassisliklar tayyorlashga ahamiyat berilganligi, yangi dasturning tashabbuskori shaxsan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ekanligi va uni Oliy majlis hamda Vazirlar Mahkamasi qo'llab quvvatlaganligi bilan alohidalik kasb etadi.
Prezident Farmonida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy sohada har bir viloyatda istiqbol dasturi ishlab chiqildi.
Viloyatlar markazlarida ma'naviyat markazi majmui, viloyat xalq xunarmandchiligi, amaliy san'at, ishlab chiqarish, tijorat markazlari va boshqa insonlar xordiq chiqaradigan joylar qurildi. Barcha shahar va tumanlarda ma'naviyat va ma'rifat bo'limlari tashkil bo'ldi. Ularga asosan o'qituvchi, jurnalist, ijodkor va siyosatshunos malakali xodimlar boshliq etib tayinlandi.
Viloyatlar ommaviy axborot vositalari ham ma'naviyat va ma'rifatning mohiyati, ahamiyati haqida muntazam maqola va ko'rsatuvlar uyushtirdilar.
Respublikamiz Prezidentining kitoblari va nutqlarida joylarda ma'naviy va ma'rifiy ishlarni tubdan yaxshilashning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. Ana shu dasturiy yo'nalishlar bo'yicha izchil va qat'iyat bilan ish olib borish eng muhim vazifamizdir.
Davlatimiz istiqbolini yaratuvchi ma'naviy yetuk, ma'rifatli, ruhiyati baland, jismoniy sog'lom, vujudida Vatan tuyg'usi, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhi jo'sh urgan yosh avlodni voyaga yetkazish maqsadida barcha imkoniyatlardan samarali foydalana bilishimiz darkor. Zero odamlar ma'naviyatli, ma'rifatli bo'lsa, jamiyat farovon, davlatimiz qudratli bo'ladi. Barcha sohalarda adolat, insof, diyonat, qonuniylik madaniyati, so'z va ish birligi o'sib ulg'ayadi.
Istiqlol baxshida etgan ne'matlardan biri, shubhasiz, o'zlikni anglashga bo'lgan da'vatdir. Yuzaki qaraganda, o'zlikni anglash juda oddiy tushuncha. Aslida bir asrdan ortiq davrda istibdod zulmini taqdirida ko'rgan xalq, millat istiqlolga yetgan hamono o'zlikni anglashga da'vatni benihoya keng qamrovli va bevosita kelajagi uchun hayotiy zaruriyat tarziga ko'chgan yangicha intilish, tushunish, nuqtai nazar yaxlitligi deyish mumkin. O'z qadrini bilmagan odam o'zgalar qadrini tushunmasligi isbot talab etmaydigan haqiqat. Milliy dasturning muhim talabi hamshudir.
O'zlikni anglash har bir odamdan o'zining kimligini, qadrqimmati hayotdagi o'rnini bilish bilan cheklanmaydi. Odam yolg'izlikda va bemaskan yashay olmagani kabi xalqdan, millatdan, vatandan ayricha bo'la olmaydi. Binobarin, o'zi mansub xalq, millatning qadri, o'zi yashayotgan Vatan mustaqilligi, iqbolini anglash, his etish, ular uchun qayg'urish ham o'zlikni anglashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Albatta o'zlikni anglashda ma'naviy-ma'rifiy ishlar jiddiy ahamiyatga egadir.
O'zligini anglamagan kishida na millat tuyg'usi, na Vatan qayg'usi bo'ladi. Unday kimsa oshqozon bilan nafas olish, jig'ildon bilan o'ylashdan nariga o'tmaydi.
O'zlikni anglashning tag zaminida milliy ong, milliy tuyg'u, milliy g'oya, milliy an'analar yotadi. Shu bilan birga o'zlikni anglash hayotiy ehtiyojlar va zaruriyatlarning yuzaga kelishini tezlashtiradi. Bu hol shaxsni nafaqat o'zligi, balki millat, xalq va vatanning istiqboli, farovonligi uchun harakatga yo'llaydi. Demakki, o'zlikni anglash shaxs, millat va davlat taraqqiyotini tezlashtiruvchi ma'naviy ma'rifiy omilning o'zak tomiri hisoblanadi. U ayni paytda inson aqlzakovati, tuyg'usi salohiyatining tobora yuksaklikka ko'tarilishini ta'min etishga xizmat qiladi.
Milliy dastur talablarini amalga oshirish bo'yicha g'ururli yoshlarni tarbiyalash lozim. O'z qadrini bilmagan odamda g'ururning ham tayini bo'lmaydi. Qadrni qadrsizdan o'rgan, deb bejiz aytishmaydi. Qadrsizlik odamiylikni anglamaslikkina emas, balki mutelik ruhiyatining ustunligidan ham dalolatdir. Qadr bilmas kishidan oddiygina odamiylikni kutish goho o'zini aldashga o'xshab ketadi. Ko'pincha o'z qadrini bilmaganlarni “yuvosh”, “mo'min”, “bo'yni bo'sh” deb ham aytishadi. O'ylaymizki, yuvoshning yuvoshdan, mo'minning mo'mindan farqi bor. Qalbi toza, mehnatkash, kamsuqum, odamlar hurmati, so'zini ustun qo'yuvchi kishilarga nisbatan “mo'min” ni ko'p qo'llaymiz. Mo'min kishi garchi o'zgalar hurmatini o'zidan ustun qo'ysada, o'z izzatini biladi. Ammo buni oshkora ko'rsatishni hamma vaqt ham lozim topavermaydi. Binobarin, mo'min kishilarning o'zi saviya, fe'latvoriga ko'ra bir necha ko'rinishlarga ega bo'lgani kabi o'z qadrini bilishiga qarab ham bir necha darajali bo'lishligini faxmlasa bo'ladi. Mo'min odam harchand xokisor, kamsuqum, kamgap, kamtarin bo'lmasin, baribir, ana shu fazilatlarning o'zak tomirida ma'naviy qadriyatning nuqsi bo'ladi. Mo'minlik uning tabiati, maylida, turmush va muomala tarzida oddiylik kabi bo'y tashlab turadi. Mo'minni mo'mindan farqlashdagi asosiy xususiyatlardan biri uning odamlarga, elu yurtga munosabati, qayg'urish yoki loqaydligi, ishbilarmonligiyu o'z tashvishlari bilan o'ralashib qolshqolmasligida. Bu borada talabalar o'rtasida baxs-munozaralar o'tkazish foydadan xoli bo'lmaydi.
Shu o'rinda bir gap aytishga to'g'ri keladiki, mustamlaka davri adabiyotida “mehnatkash obrazi” atamasiga muvofiq yaratilgan juda ko'p adabiy qaxramonlarda o'z qadrini faqatgina zo'r berib mehnat qilish, baxtni boylik va shonshuhratda anglash, o'z ajdodlari tarixi, ruhi, urfodatlarini ko'pam xayolga keltiravermaslik, milliy ong, milliy ruh, milliy an'analarda cheklanganlik tez nazarga tushardi. Aslida bunday qahramonlarda mo'minlik yuksak fazilat sifatida ulug'lanadi. Yana bir xarakterli tomoni, bunday mo'min qahramonlar elu yurt tashvishi, millat qadri, g'ururi, iymone'tiqodi haqida ko'pam tashvish chekavermaydilar. Nazarimizda, bu davr adabiyotida yaratilgan bunday yuvosh, mo'min obrazlar, ularning ma'naviyati, dunyoqarashi, tabiati, ruhiyatidagi cheklanganlikning sababoqibatlari o'rganilsa foydadan xoli bo'lmas edi. Aytaylik, ular sevishmoqchi bo'lsa, eng avvalo, mehnatga munosabati, zo'r berib mehnat qilishlarini hisobga olishadi. Sevgining to'liq mazmuni, mohiyati, ehtirosi oshiqma'shuqning qadri, o'zligini anglash, ma'naviy-ma'rifiy dunyosi bilan bog'liq bo'lishi ko'pincha unutilganday tuyuladi. Bularsiz sevgida joziba bo'lmasligi, u dag'allashib ketishi hisobga olinmaydi ham.
Istiqlol bu borada ham yangicha qarashni keltirdi. Muhimi, mehnat deganda belga va bilakka zo'r bergan odamlarda ham qadr tuyg'usini uyg'otdi. Bunday kishilar ham o'zligi, o'z qadri, g'ururini tiklay boshladi. Bunda, shubhasiz, milliy ong, milliy ruh, milliy an'analarning qad rostlayotganligi ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo'lmoqda.
Odamzod aqliy, ruhiy, jismoniy jihatlardan o'sib, ulg'ayib borsada, baribir birbiridan farq qiladi. Ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy mukammallikka erishmoq judajuda qiyin. “Beayb parvardigor”, deb bejiz aytilmaydi. Shunga qaramasdan, inson tobora yuksaklikka, o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga intilaveradi. Azal azaldan bu holat mavjud. Faqat har bir ijtimoiy tuzumning haqiqiy yetuk inson (shaxs) to'g'risidagi o'z mezonlari, o'z qarashlari bo'ladi. Har bir shaxsning iqtidori, salohiyati, maylqobiliyati ham o'ziga xos bo'lishini nazarda tutsak, inson komilligiga erishuv juda murakkab jarayon ekanligi bir muncha oydinlashadi. Inson uchun ezgulikning yovuzlikdan, go'zallikning xunuklikdan, yaxshilikning yomonlikdan, haqiqatning nohaqlikdan hayotiy afzallik ekanligini qiyosan tushuntirishlar, ta'sir etishlar ana shu yo'ldagi odobiy usullardir deyish mumkin. Va biz ko'pincha nodonga nisbatan oqilni, tanbalga nisbatan serg'ayratni, loqaydga nisbatan xushyorni taqqoslaymiz. Va hatto, go'zalllar ichidan go'zalini, yaxshilar orasidan sarasini, mardlar orasidan jo'mardini ibrat tarzida ajratib ko'rsatamiz.
Shuning uchun oiladan boshlab ma'naviy ma'rifiy tarbiyani kuchaytirishimiz shart va zarur. Agar bog'cha, maktab, o'quv yurtlarida ma'naviy tarbiya ibratli tarzda amalga oshirilmas ekan, kutubxona, klub, madaniyat saroylari, istirohat bog'lari, muzeylar, ijodkor o'quvchilar uylari, stadion va sport to'garaklari xo'jako'rsinga ish yuritsa, ma'naviy ma'rifiy ishlarimizda mazmun bo'lmaydi.
Ma'naviy tarbiya vositalari va usullariga kelganda shuni alohida qayd etmoq lozimki, bunda har bir xalqning shakllangan hayotiy tarixiy tajribalari, urfodatlari, qadriyatlari, adabiy, madaniy merosi va an'analariga tayanmoq ko'proq samara berishi mumkin. Buning boisi shuki, har bir xalq, har bir mustaqil davlat ma'naviyati va mafkurasining shakllanishi, kamoli o'sha xalqning o'tmishdagi an'analarining boryo'qligiga ham ko'p jihatdan bog'liq. Jumladan, biz o'tish davrining eng murakkab sharoitida Amir Temur, Alisher Naoviy, AlBuxoriy, AtTermiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband va Najmiddin Kubro ma'naviyatiga tayanib yanglishmadik. Xalqimizning ana shu boy tarixiy tajribalari, badiiy adabiyot va san'at namunalari, urfodatlar, islom tariqatlari ma'naviy tarbiyamiz uchun muhim vosita bo'lib xizmat etdi va etmoqda. Darhaqiqat, biz juda ulkan qadriyatlarga egamiz. Bu qadriyatlarga nisbatan yangicha munosabat ham istiqlol mevasidir.
Ma'lumki, an'analar xalqning tarixiy shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va ajdodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o'tib kelayotgan bebaho ma'naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi bo'lib qolyapti. An'analar barhayot bo'lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari yoshlar egallashi lozim.
Ana'anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o'zbek madaniyati tarixida o'ta muhim voqea bo'lib qolmoqda. Сhunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o'zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim shakli hisoblanadi. Shu yo'l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi bilan xalq madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi.
Xalq an'analarining tiklanishi borasida so'z borganda, yoshlar kamolotida muhim o'rin tutadigan xalq o'yinlariga alohida to'xtalish lozim. Ajdodlarimizning eng qadimiy an'anaviy, ko'pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos marosimlar shu o'yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod ajdodlarimizning sog'lomlashtiruvchi vositasi bo'lib kelgan.
Respublikamizda xalq o'yinlarining tiklanishida Forish tumanining tajribasi diqqatga sazovordir. Forishda 1994 va 1996 yillarda Respublika I-II olimpiadalarining o'tkazilishi o'lkamizning turli joylarida xalq o'yinlariga bo'lgan qiziqishini kuchaytirib yubordi. Forishda o'tkazilgan olimpiada musobaqalarining ishtirokchilari o'spirin yoshlardan iborat bo'ldi. Bu esa XX asr o'rtalarida unutila boshlagan an'analarni asr oxirida tiklab, yoshlar o'zlashtira borayotganidan dalolat beradi. Bular istiqlol xalqimizga bergan bir imkoniyatdir.
Ravshanki, ko'ngilda vatanga muhabbat yolqinlashib turmasa, unga oshuftalik qalbni qaynatmasa, vujudingda Vatanga farzandlik burchi mas'ullik torlarini harakatga keltirmasa, harchand “Vatanim sajdagohim, iqbol maskanim” deyilgani bilan bizdagi mehru sadoqat qandaydir mavhumiylikka moyil hisga o'xshab ketadi.

Tayanch so'z va iboralar:


Ta'lim-tarbiya, jamiyat taraqqiyoti, ma'naviy-ma'rifiy islohotlar, xususiylik, shaxsiylik, kontseptsiya, andoza, milliy dastur, “mehnatkash obrazi”, o'zlikni anglash, an'analar, trabiya vositasi, hushyorlik, xavfsizlikka tahdid.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


1. Ta'lim-tarbiyaning mazmuni deganda nimani tushunasiz?
2. Xususiylik va shaxsiylik so'zlarini izohlang.
3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ma'naviy-ma'rifiy ishlarga qanday o'rin berilgan?
4. Mehnat va inson qadri nima?
5. “Mehnatkash obrazi” qanday ma'nonni anglatadi?
6. Ana'analarni farqlashni bilasizmi?
7. Xavfsizlikka tahdidning mohiyati.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling