Fanidan bajargan


Download 1.63 Mb.
bet4/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1120948
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIOFIZIKA 1

BIOPOLIMERLAR (bio… va polimerlar) — barcha tirik organizmlarning hayot faoliyatida muhim rol oʻynaydigan yuqori molekulali tabiiy birikmalar. Nuklein kislotalaroqsillar va polisaxaridlarpk oʻz ichiga oladi. Bulardan tashqari, aralash Biopolimerlar ham boʻlib, ularga nukleoproteid, glikoproteid, lipoproteid, glikolipid, liposaxarid va b. kiradi. Asosiy Biopolimerlardan nuklein kislotalar hujayralarda genetik funksiyani bajaradi. Oqsillar hujayralarning eng zarur tarkibiy qismi boʻlib, bir qator muhim funksiyalarni oʻtaydi. Oqsilfermentlar hujayralarda roʻy berayotgan moddalar almashinuvida kimyoviy reaksiyalarni tartib bilan va zarur tezlikda olib boradi. Muskul oqsillari, mikrob xivchinlari va hujayra vorsinkalari qisqarib, kimyoviy energiyani mexanik ishga aylantiradi. Shuning hisobiga organizmlar harakatlanadi. Qon oqsillari kislorod (gemoglobin) nn tashib, organizmni yot oqsillar (uglobulinlar)dan himoya qiladi va qon ivishida ishtirok etadi. Polisaxaridlar toʻqimalar tuzilishida ishtirok etib, rezerv Biopolimerlar funksiyasini bajaradi. Biopolimerlarning tuzilishi—molekulalarning uzok, vaqt davom etgan evolyutsiyasi natijasidir, shuning uchun ular biologik vazifasini toʻla bajarishga moslashgan.
Suyuq kristallar, suyuq kristall holat, mezomorf holat — moddalarning suyuqlik (oquvchanlik) xossalari hamda qattiq kristallarning baʼzi xossalari (anizotropiya) ga ega boʻlgan oraliq holati. Suyuq kristallar hosil qilgan moddalarning molekulalari tayoqcha yoki choʻziq plastinkasimon shaklda boʻladi. Termotrop va liotrop xillarga boʻlinadi. Termotrop Suyuq kristallar — maʼlum temperatura oraligʻida mezomorf holatda, undan past trada qattiq kristall, yuqori trada esa oddiy suyuklik holatida boʻladi. Mac, iazoksianizol 118,27° da anizotrop boʻlib, suyuq kristallar hosil qiladi. 135,85° da esa u izotroplikni namoyon qilib, oddiy suyuqlikka aylanadi. Baʼzi moddalarning maxsus erituvchilardagi eritmasi liotrop Suyuq kristallar deyiladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling