MAVZU - Multimedia komponentalari. Matn. Gipermatn. Shriftlar. Grafika. Kompyuter tarmog’i orqali matnlarni taqdim etish. Matnlarni saqlashda qo’llaniladigan formatlar. Grafika, audio, video.
МА’RUZA REJASI : - Multimedia tushunchasi, afzalliklari
- Multimedia vositalari va ularning ahamiyati. Mikrofon, audiokolonka, raqamli fotoapparat, videokamera vositalarining ahamiyati. Audio va video materiallardan foydalanish.
- Audio va video axborotlar bilan ishlash asoslari.
Multimedia tushunchasi va afzalliklari - Multimediya vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
- Multimedia – bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatstiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi avzalliklariga ega - Berilayotgan materialni chuqurroq, mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
- Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
- Ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
- Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin boʻlib, olingan bilimlar esa xotirada oʻzoq muddat saqlanib qoladi. Agar oʻquvchilar berilayotgan materiallarni koʻrish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qoʻshimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika koʻrinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 % ortadi. - Multimedia vositalari asosida oʻquvchilarni oʻqitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin boʻlib, olingan bilimlar esa xotirada oʻzoq muddat saqlanib qoladi. Agar oʻquvchilar berilayotgan materiallarni koʻrish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qoʻshimcha sifatida oʻquv materiallari audio, video va grafika koʻrinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 % ortadi.
Мультимедиа воситалари - Мультимедиа воситалари ёрдамида ахборотларни матнли, тасвирли, товушли ва анимацияли кўринишда намойиш этиш мумкин.
- Мультимедиали ахборот ресурслари анимацияли, аудио ва видео маълумотлардан таркиб топади.
- Мультимедиа воситалари бу:
- нутқли ахборотни киритиш-чиқариш қурилмалари (микрофон, кучайтиргичлар, товуш колонкалари);
- Анимацион ва видео маълумотларни киритиш ва чиқариш қурилмалари (видеокамералар, видеопроектор ва экранлар)
- товушли ва видео маълумотларни сақловчи оптик дисклар
Multimediya vositalari Мультимедиа маълумотлари структураси - Мультимедиа ресурслари таркибини ташкил этувчи маълумотлар турлари ва уларнинг ўзаро боғлиқлик схемаси
- Video va audio axboroti bilan ishlashning zaruriyati ma’lumotlarning katta hajmi va ularni oʻzatishning yuqori tezligi bilan bogʻliq, koʻplab muammolarni yuzaga keltirdi. Bu, audio-video axborotning soʻngi texnologiyalarini rivojlantirish va katta sigʻimdagi jamgaruvchilarning yangi namunalarini yaratishning boshlanishi boʻladi. Masalan, 650 Mb sigʻimli va 150 kb/s hisoblash tezligidagi CD-ROM optik kompakt diski shu jumladandir.
- Multimedia uchun zamonaviy CD-ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada boʻlib oʻtdi va bu sana video va audioaxborotli toʻlaqonli multimedianing
- paydo boʻlishi boshlanishi deb hisoblanadi.
- Multimedia tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologiyasi (Compact Disk Interactive - interaktiv videodisklar) boʻladi, ular kompyuter yordamida lazerli video-murvatni
- boshqarish yoʻli bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi.
- Bu texnologiyani Philips Electronics firmasi ishlab chiqadi va u Sony, IBM va Microware firmalari
- tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
ХУЛОСА - Хозирги кунда ҳар бир кишининг иш фаолиятида доимий равишда мультимедиадан фойдаланиш эҳтиёжи мавжуд.
- Мультимедиа воситалари замонавий ахборот-коммуникацион технологияларининг ажралмас қисми бўлиб, ҳаётимизнинг бир бўлагига айланган.
- Мультимедиа технологиялардан ўқув жараёнида фойдаланиш таълим сифатини ҳамда таълим олувчининг ўзаштириш самарадорлигини оширишда хизмат қилади.
- Мультимедиа технологиялари макро ва микроолам жараёнларини моделлаштириш ва уларни тасаввур қилиш, унутилмас дақиқаларни ёзиб олиш, кўнгилочар материалларни тайёрлаш имконини беради ҳамда инсонларнинг дам олиши ва ҳордиқ чиқаришга замин яратади.
Эътиборларингиз учун рахмат!
Do'stlaringiz bilan baham: |