Fanidan kurs ishi mavzu


Mashqni o’tkazish uslubiyati


Download 75.32 Kb.
bet17/25
Sana05.01.2022
Hajmi75.32 Kb.
#222990
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
INNOVASION TA’LIM TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK KOMPETENTLIK

Mashqni o’tkazish uslubiyati
1. Tayyorgarlik: o’qituvchi sinfning to’rt burchagiga yoki sinfning ma’lum ochiq makoniga to’rtta tablichka osib qo’yadi.
2. Sinf o’lcham yoki o’quvchilar soniga bog`liq holda olti yoki sakkiz ko’ngillini chaqiradi. Bordi-yu, o’yinda sinf o’quvchilarning bir qismi ishtirok etsa, unda qolganlari o’z joylarida o’tiraveradilar.
3. O’yin paytida band bo’lishi uchun ishtirok etmayotgan o’quvchilarga ham topshiriq berish zarur.
O’yining o’zini boshlashdan avval o’qituvchi darsga yo’l-yo’riqlar berishi zarur, jumladan:
1.Takidlov o’qib berilganidan keyin o’z fikringizga muvofiq tablichkalar yonidan joy egallang.
2. O’z nuqtai nazaringizni asosli dalillab berishga shay turing.
3. Agar muammoga nuqtai nazaringizni o’zgartirishga undovchi asosli dalilni eshitsangiz, o’z o’rningizni almashtirishingiz mumkin.
4.Sinfdoshlaringiz takidlariga o’z fikringizni bayon etishga shay turing.
5. O’qituvchi o’yinda ishtirok etmayotgan o’quvchilarga topshiriqlar beradi, masalan:



  • ularning fikricha eng ahamiyatli takidlovlarni yozib borish;

  • o’yin jarayonida o’z o’rnini o’zgartirmagan o’quvchilarni yozib borish;

  • eng asosli dalillab berilgan javoblarni yozib borish.

 «Skarabey» texnologiyasi     

«Skarabey» interaktiv texnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog`liqlik, mantiqiy  xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muommoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g`oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog`liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv materialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:



  • boshida-o’quv faoliyatini rag`batlantirish sifatida («aqliy hujum»);

  • mavzuni o’rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;

  • oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda  tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin. 

«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:



  • o’zgalar fikriga hurmat;

  • jamoa bilan ishlash mahorati; 

  • faollik; 

  • xushmuomalalik; 

  • ishga ijodiy yondashish; 

  • imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji

  • o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; 

  • «men»ligini ifodalashga imkon beradi; 

  • o’z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg`otadi. 


Download 75.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling