Fanidan mustaqil ish bajardi: nigmatullayeva o b pps 22-14 uzoq umur ko’rish
Download 0.69 Mb.
|
RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI NIGMATULLAYEVA.O.B —
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stress sindromi 3 bosqichda kechadi: Hayajonlanish yoki bezovtalanish Qarshilik ko‘rsatish Holdan toyish bosqichi
RIVOJLANISH PISIXOLOGIYASI VA PEDOGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISH BAJARDI: NIGMATULLAYEVA_O_B PPS_22-14 UZOQ UMUR KO’RISH Insoniyat hamisha yorug‘ kelajakka intilib yashagan. U ilmiy-texnika inqilobi natijasida tabiatning ko‘plab sir-asrorlarini bilib oldi. Biroq, inson uning salbiy oqibatlari namoyon bo‘lishiga ham guvohdir. Masalan, transport shovqinlari, jismoniy toliqish, kam harakatchanlik, turli ziddiyatli vaziyatlar, ruhiy-ma’naviy nomukammallik, surunkali asabiylik, ruhiy zo‘riqishlarga sabab bo‘lmoqda. Xastaliklarning kelib chiqish sabablari xilma-xil. Ulardan eng asosiysi insonning ruhiy muammolaridir. Inson tashqi olam bilan turfa munosabatlarda bo‘ladi, har xil odamlar bilan muomala qiladi. Ayniqsa, ruhiy holat bilan jismoniy holat o‘rtasidagi muvozanat, barqarorlik, uyg‘unlik, sihat-salomatlik uzviy bog‘liq bo‘ladi. Bunda tashqi ta’sirlar tufayli yuzaga kelgan ichki holatni boshqara bilish – katta iroda mahsulidir. Emotsiya – bu biologik ehtiyojlarni tezda baholash va qondirishga bo‘lgan zaruriyat hisoblanadi. Emotsiyasiz hayot bo‘lmaydi. Emotsiyalar (ehtiroslar) – sub’ektiv sezgi sifatida turlarning saqlanib qolishida yashash uchun kurashda muhim ahamiyat kasb etadi va ular bosh miyaning maxsus limbik qismi tomonidan boshqariladi hamda dastlab bosh miyaning po‘stlog‘iga yo‘naltiriladi, so‘ngra vegetativ asab tizimi va endokrin bezlar orqali ichki a’zolarga yo‘naltiriladi, shuningdek, tezda butun tanani to‘liq qamrab oladi. Oiladagi, ishdagi va jamiyatdagi ziddiyatlar salbiy emotsional qo‘zg‘alishga sabab bo‘ladi, noxush qo‘zg‘alishlar bosh miyaga tarqalsa nevrozlarni, a’zolarga tarqalsa turli ichki kasalliklarni keltirib chiqaradi. Salbiy emotsiyalar inson salomatligiga o‘zining ta’sirini o‘tkazib, turli kasalliklar rivojlanishiga va surunkali xastaliklarning qaytalanishiga olib keladi. Psixoemotsional zo‘riqish yurakning ishemik kasalligi, qon bosimi oshuvi, atero¬skleroz, nevrozlar, oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi, o‘sma shishlar, qandli diabet, tireotoksikoz va shunga o‘xshash ko‘plab kasalliklarga olib keladi. Chunki bunda asab tolalari doimo zo‘riqadi, taranglashadi, oqibatda ruhiy va jismoniy quvvat taqsimotida buzilish ro‘y beradi. Oilada, ishda va jamiyatda yuz berib turadigan ziddiyatli holatlar – salbiy emotsional stresslar bu muvozanatni izdan chiqaradi. Odatda stress degan so‘zni eshitganda biz uni, albatta, zararli bir omil sifatida tushunishga o‘rganganmiz. "Stress" har qanday tirik organizmning ichki muhiti doimiyligi (gomeostazi)ni saqlab qolishga qaratilgan umumiy moslashuv javobi bo‘lib hisoblanadi. Stress¬lar va salbiy emotsiyalar bizning salomatligimizga o‘z ta’sirini o‘tkazmasligi uchun emotsional holatimizni boshqara olishimiz va ularga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsata olishimiz hamd¬a ushbu vaziyatlarni, salbiy emotsional kechinmalarni chetlab o‘tishimiz kerak. Stress sindromi 3 bosqichda kechadi: Hayajonlanish yoki bezovtalanish Qarshilik ko‘rsatish Holdan toyish bosqichi E’tiboringiz uchun rahmat Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling