Fanidan mustaqil ish gurux: 319-21 Bajardi: Nematov Anvar


Download 1.83 Mb.
bet3/9
Sana19.06.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1622889
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Nematov A (1)

Yangi va eng yangi davr
, O‘zbekiston hududidagi ijtimoiy-falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat beradiki, u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql-zakovatining yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin mustabid tuzum davrida ijtimoiy-falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy nuqtayi nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga to‘g‘ri keladigan g‘oya va fikrlarga e’tibor berildi. 1917-yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng asta-sekin o‘tmish ma’naviyati, falsafiy fikri o‘rnini markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy o‘quv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ‘ib qilindi, ularga to‘g‘ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng achinarlisi shuki, o‘z milliy madaniyati, urf-odati va an’analariga sodiq bo‘lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar quvg‘inga uchrab, qatag‘on qilindi. Lekin yuqoridan bo‘lgan tazyiqlarga qaramay, madaniy-ma’naviy va ijtimoiy-falsafiy merosimizni o‘rganish, tadqiq qilish tamoman to‘xtab qolmadi. 60-70-yillarda I.M. Mo‘minov, V.Zohidov, keyinroq esa, O.Fayzullayev, E.Yusupov, M.Xayrullayev, J.Tulenov, H.Po‘latov kabi olimlarning ijtimoiy-falsafiy tadqiqotlari o‘sha davr tafakkurini aks ettirishda ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi falsafiy merosimizni xolisona, haqqoniy va yangicha tafakkur asosida tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Endigi vazifa sobiq mafkuraning asoratlarini bartaraf qilib, milliy mafkuramizga tayanib, boy ma’naviy va madaniy qadriyatlarni, ijtimoiy falsafiy tafakkur tarixini chuqur va har tomonlama o‘rganishdan iboratdir.
Yangi davr falsafasida XVIII asr Fransuz materialistlarining qarashlari ham diqqatga sazоvоr. XVIII asr Fransuz materializmining asоsiy vakillari P. Gоlbaх, D. Didrо, K. Gelvetsiy, J. Lametri hisоblanadi. Ularning ta’limоticha hamma mavjud narsalar mоddiydir. Kishi sezgi a’zоlariga ta’sir etuvchi hamma narsalar materiyadir. Materiya mayda mоlekula va atоm zarrachalaridan tashkil tоpgan. Fransuz materialistlarining fikricha materiyaning asоsiy хususiyalari - hajm, оg‘irlik, o‘tkazmaslik, figura va meхanik harakatdan ibоrat. Ular harakat materiyaning ajralmas хususiyati, harakatsiz materiya bo‘lishi mumkin emas, deb ta’kidlaydilar. Harakatning sababini ham tabiatning o‘zidan deb tushunadilar. Birоq Fransuz materialistlarining fikricha harakat narsalarning fazоda оddiy o‘rin almashuvidan ibоrat edi



Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling