Fanidan Mustaqil ish mavzu
SANOAT BINOLARI VA KONSTRUKTSIYALARINI BIRXILLASH VA BIR-BIRIGA MOSLASHTIRISH
Download 0.73 Mb.
|
industriallash va standartlash
2.SANOAT BINOLARI VA KONSTRUKTSIYALARINI BIRXILLASH VA BIR-BIRIGA MOSLASHTIRISH
Binolar va inshootlarni bir xillash va bir biriga moslashtirish qurilish ishlab chiqarishni industriallashtirish uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Unifikatsiyalash deganda bino hajmiy-reja o’lchamlarini va korxo- nalarda tayyorlanadigan konstruktiv qurilmalarni bir xil o’lchamlarga, shakllarga keltirish, ya’ni binolarning tiplari sonini kamaytirish hamda yig’ma konstruktsiya va detallarning tur o’lchamlarini juda cheklash tushuniladi, bunda ularni tayyorlash texnologiyasi ancha soddalashadi, montaj ishlari tezlashadi. Bir xillash- unifikatsiyalangan hajmiy- reja o’lchamlar va konstrkutiv yechimlarni har xil ob’ektlarni qurishda qo’llash andoza loyiha va konstruktsiyalarni ko’p marotaba qo’llashga imkon beruvchi loyixlash va qurilishdagi texnik yo’nalishdir. 1960 yillar boshida unifikatsiyalangan andoza sektsiya (UAS) va oraliqlardan (UAO) tashkil topgan ko’proq ixcham va ko’p shaklli bino andoza loyihalarga o’tishni lozim topilgan (1.4 rasm). UAS bir xil konstruktiv yechimga ega bo’lgan bir va bir necha parallel oraliqli mustaqil bino qismidir. UASlardan yig’ilgan sanoat binosi o’lchamlari ma’lum bir texnologik talablarga, soha, shart-sharoitlari, ishlab chiqarishni birlashtirishga ko’ra aniqlanadi. Sanoatning har bir tarmoqlari uchun (UAS) nomenklaturasi o’ta cheklangan bo’lib, u konstruktsiyalarning tipi va katta kichikligi sonini kamaytiradi. Misol uchun mashanosozlik sanoatida UAS- 144x72m va 72x72m, ustunlar katagi 24x12 va 18x12, ko’prik kransiz, tsex balandligi esa 10,8 va 12,6m bunda kranlarning yuk ko’taruvchanligi: osma kranlar uchun 1,3 va 5 t ko’prik kranli hol uchun esa 10,20 va 30 t bo’ladi. (UAS) va (UAO) ga muvofiq ravishda andoza konstruktsiya (AK) va detallar chizmasi (AD), andoza montaj detallari (ADM): andoza arxitektura-qurilish detali (AAD)lardan iborat. Unifikatsiyalashni eng oliy shakli bo’lib konstruktsiya va detallarni universalligi hisoblanadi, ya’ni ularni boshqa turdagi ob’ektlar va konstruktiv sxemalarda qo’llash mumkinligi shunga misol bo’ladi. Unifikatsiyalash va bir xillashning asosiy vazifalaridan bo’lib: Sanoat binolari va inshootlari turlari sonini kamaytirish va ularni keng ko’lamda birlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish: Yig’ma konstruktsiya va detallarni seriyaviyligi oshirish va ularning narxini tushirish hisoblanadi. Bir qavatli sanoat binolari unifikatsiyalangan andoza seksiyasining gabarit sxemasiga doir misollar: a-ustunlar kataklari 24x12m, 18x12m V-birxillashtirilgan sektsiyalardan blok qilib tuzilgan sanoat binosi variantlaridan biri; 1-asosiy sektsiyalar; 2-qo’shilgan sektsiya. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling