Fanidan mustaqil ishi bajardi: Qodirov Abdujabbor


Download 499.95 Kb.
bet1/4
Sana18.02.2023
Hajmi499.95 Kb.
#1213435
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mi kte




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI

“ KOMPYUTERNI TASHKIL ETISH ” FANIDAN



MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Qodirov Abdujabbor
Qabul qildi: Sobirov R


SAMARQAND – 2021


Mavzu: Stasionar kompyuterlar uchun texnik tizimlarni va dasturiy ta`minotni tanlash.


Reja:



  1. Stasionar kompyuterlar uchun tizimli plata tanlash.

  2. Stasionar kompyuterlar uchun protsessor tanlash.

  3. Stasionar kompyuterlar uchun asosiy xotira tanlash.

  4. Stasionar kompyuterlar uchun yordamchi xotira tanlash.

  5. Stasionar kompyuterlar uchun dasturiy ta`minot tanlash.



Tayanch atamalar: Stasionar kompyuterlar, texnik tizimlar, tizimli plata, protsessor, asosiy xotira, yordamchi xotira, dizayn, dasturiy ta`minot.


KIRISH


S tatsionar kompyuter, ish stoli (eng. Desktop computer) - ofis va uyda ishlash uchun mo'ljallangan statsionar shaxsiy kompyuter(eng. PC-personal computer). Bu atama odatda kompyuterning turini belgilash va uni boshqa turdagi kompyuterlardan farqlash uchun ishlatiladi . Bu mustaqil ishimiz Statsionar kompyuterlar uchun texnik va dasturiy ta’minotlarni tanlashda nimalarga ahamiyat berishishimiz haqida bo’ladi. Jumladan, statsionar kompyuterning tizimli plata, protsessor, asosiy xotira, yordamchi xotira, dizayn, dasturiy ta`minotlariga to’xtalib o’tamiz.


Stasionar kompyuterlar uchun tizimli plata tanlash.

Tizimli yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100-150 sm2 bo`lgan bosmali plata ko`rinishga еga bo`lib, unga ko`p sonli turli xil mikrosxemalar, slotlar va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstruksiyasining ikki asosiy ko`rinishi mavjuddir:

  • platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan; hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda

  • bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo`lgan maxsus slotlarga o`rnatiladigan qo`shimcha platalarda birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir.

Statsionar kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga еgadir.
Statsionar kompyuterlar uchun tizimli platani tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:

  • plataga o`rnatilishi kerak bo`lgan mikroprotsessor;

  • tizimli plataning tipik o`lchani (tizimli blok imkoniyatlari bilan moslashgan bo`lishi kerak);

  • plata ishlashi kerak bo`lgan asosiy va lokal tizimli shinalar;

  • 2-darajali kеsh-xotiraning borligi va O`rnatish imkoniyati ( imkoni boricha, sig`imi 256 Kbayt va murojaat qilish vaqti 15-20 ns bo`lgan);

  • tizimli plata ishlaydigan taktli chastota;

  • BIOS tipi va SHK ning samarali ishlashini ta`minlaydigan asosiy va yordamchi mikrosxemalar (chipsetlar) to`plami;

  • qo`shimcha mikrosxemalarni biriktirish uchun slotlar borligi (Over Drive protsessori uchun slot, xotira mikrosxemasi uchun slotlar va b.).

Tizimli plataning tipini еng avvalo bazaviy mikroprotsessor va tizimli shina belgilaydi. Bugungi kunda bazaviy mikroprotsessor sifatida Pentium yoki hech bo`lmaganda Over Drive Pentium ni o`rnatish mumkin bo`lgan 486 DX2 bo`lishi kerak. Lokal shina sifatida PCI ga to`xtalish kerak yoki, agar 486 seriyali MP bo`lsa, u holda VLB shinasini tanlash mumkin.Zamonaviy tizimli platalar 33 MGc (VLB shinasi bilan) va 50 MGc (PCI shinasi bilan) taktli chastotada ishlaydi. Pentium MP uchun tizimli platalar taktli chastotani 1,5 marta (Pentium 75, 90 va 100 MP lari uchun ), 2 marta ( Pentium 120, 133 MP lari uchun), 2,5 marta (Pentium 150, 166 MP lari uchun), 3 marta ( Pentium 200 MP uchun ) ko`paytirib ishlashi mumkin. Statsionar kompyuterning ko`pgina muhid imkoniyatlari TP tipiga va unda ishlatilayotgan yordamchi mikrosxemalar (chipset) to`plamiga bog`liqdir. TP uchun еng mashxur mikrosxemalar to`plamini quyidagi firmalar chiqaradi: Intel (xususan, Pentium MMX MP uchun 430 FX-Triton2 va Pentium II MP uchun 440 LX AGP ommaviy to`plamlari), Headland Technology,Chips & Technology, VLSI, UMC, OPTi, PC Chips, ALI, Sis, Sumphony va boshq. Tizimli plata tizimli shinani kengaytirish uchun va xotira modullarini o`rnatish uchun ko'p sonli slotlarga еga. TЕQQ modullari uchun 30 -, 72 - va 168 - kontaktli slotlar (birinchilari еskirdi) ishlatiladi. Platalarda ularda o`rnatilgan mikrosxemalar xotiraning qanday tiplarini qo`llashi ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir va bu xotira faqatgina FPM tipi еmas, balki EDO yoki CD RAM bo`lsa ham yaxshi.256-512 Kbaytgacha bo`lgan kеsh-xotirani o`rnatish yoki kengaytirish imkoniyatiga е`tiborni qaratish kerak: kеsh-xotira mikrosxemalari DIP yoki SOP tipidagi korpuslarda yig`ilgan, ular, yo DIP-panelchaning mos slotlariga o`rnatiladi, yoki bevosita plataga kavsharlanadi. Sinxron kеsh-xotira maxsus slotga o`rnatiladigan, juda ham SIMM modulini еslatadigan maxsus COAST modullariga joylashtirilishi mumkin.Tizimli platada ishlatilayotgan kuchlanish ( 3,5 V, 5 V va b.) qayta ulagichlari va MP ichki chastotalari qayta ulagichlari joylashishi mumkin.
Tizim platasidagi protsessorni bashqaruvchi (chipset) Intel yoki AMD bo’ladi. Siz qanaqa protsessor o’rnatmoqchi bolsangiz (Intel yoki AMD) shunaqa chipsetli tizim platasi tanlashigiz kerak.
Qanaqa chipset tanlash kerak? – degan savolga javob quyidagicha.

  • Ofis kompyuteri uchun – har qanday (любой )

  • Uy kompyuteri uchun – Intel P,Z yoki AMD 880,970, A75, A78

  • Oddiy o’yin kompyuter uchun – Intel P, Z yoki AMD 880, 970, A75, A78

  • Super o’yin kompyuter uchun – Intel Z, X yoki AMD 990, A85, A88



Download 499.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling