Fanidan mustaqil ishi mavzu: «Tarmoqlar`aro dinamik balans modeli» Bajardi


Download 43.82 Kb.
bet2/7
Sana19.04.2023
Hajmi43.82 Kb.
#1365255
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash Mavzu « Tarmoqlar`aro dinamik

Milliy iqtisodiyot balansining mazmuni va mohiyati
Tarmoqlararo balans modeli – bu matritsaviy makroiqtisodiy model.
Tarmoqlararo balans modeli – milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini o`z ichiga olgan va optimal proportsiyalarni aniqlaydigan matematik modeldir.
Tarmoqlararo balans modeli yordamida – milliy iqtisodiyotning yalpi mahsuloti aniqlanadi.
Tarmoqlararo balans modelida bevosita xarajatlar – bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlardir.
Tarmoqlararo balansning matematik modeli – bu matematik tenglamalar sistemasidir. Milliy iqtisodiyot darajasidagi tarmoqlararo balans (TAB) da milliy daromadning yaratilishi va taqsimlanishi, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish, tarmoqlar o`rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari xamda ijtimoiy mahsulotning ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi o`z aksini topadi. Xalq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish va taqsimlanishi tarmoqlararo balansining matematik modeli.


Iste’mol
tarmoqlar


Ishlab
chiqarish
tarmoqlari

1

2

3

...



n

Pirovard mahsulot




Yalpi mahsulot




1
2
3


...
n


X11
X21
X31
...
Xn1


X12
X22
X32
...
Xn2


X13
X23
X33
...
Xn3

...
...


...
...
...


X1n
X2 n
X3 n
...
Xn n


Y1
Y2
Y3
...
Yn


X1
X2
X3
...
X n

Ish haqi
Sof daromad




v1
m1


v2
m2


v3
m3

...
...




vn
mn


vc
mc

-
-

Yalpi mahsulot



X1


X2


X3

...



Xn

-



X

Balans tuzishda quyidagilarga asoslanamiz:


a) ishlab chiqarish tarmoqlarini i harfi bilan iste’molchi tarmoqlarni j harfi bilan tartiblaymizi=1,2,3,...,nj=1,2,3,...,n.
b) xalq xo`jaligining har bir tarmogi balansda ishlab chiqaruvchi xamda iste’molchi sifatida qatnashadi;
v) ishlab chiqarish tarmoqlariga balansdagi muayyan bir qator, iste’molchi tarmoqlariga esa muayyan bir ustun mos keladi.
Xij kattaliklar i-tarmoqda ishlab chiqarilgan va j-tarmoqda iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini ko`rsatadi.
Tarmoqlararo balansning satrlarida moddiy ishlab chiqarishning har bir tarmogidagi yillik mahsulot xajmining taqsimlanishi o`z aksini topadi. Masalan, 1-tarmoq qatoridagi X11X12X13,..., X1n kattaliklar elektroenergiya tarmogi mahsulotining shu tarmoqning o`zida, kumir sanoatida va barcha boshqa tarmoqlarda sarflangan mikdorini ko`rsatadi. Elektroenergiyaning moddiy ishlab chiqarishdan tashkaridagi sarflanishi, ya’ni sunggi (pirovard) iste’molni y1 ko`rsatadi. Pirovard iste’mol shaxsiy (xususiy) va ijtimoiy iste’moldan tashkil topadi.
1-satrdagi barcha kattaliklar yigindisi xuddi 1-ustundagi kattaliklar yigindisi kabi natijaga, ya’ni yil davomida ishlab chiqarilgan elektroenergiya mahsulotining qiymat ko`rinishiga teng bo`lishi kerak:
(1)
Xuddi shuningdek ixtiyoriy olingan ishlab chiqarish tarmogi uchun:
(2)
Tarmoqlararo balans modeli to`rtta qism - kvadrantlardan iboratdir.

Download 43.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling