Faoliyat: elementar matematik tushunchalarni shakllantirish
Download 27,19 Kb.
|
aprel 4-hafta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natijalar
Chirchiqshahar 30-sonli DKTIMTT uslubchisi: _______________________ Sana:.___ ___ 2023Yil FAOLIYAT: ELEMENTAR MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH Mavzu: 11-raqamining raqamlar qatoridagi o'rni.11sonning shakllanishini o’rgatish Berilgan son ichida to‘g‘ri va teskari sanash.Tenglik va tengsizlik belgilarini o'rgatish (>, <, =). Maqsad: • Bolalarni 11 soni bilan tanishtirish va 11 gacha sanashni o‘rgatish. • Buyumlarning sanog‘ini ajrata olish ko‘nikmasini hosil qilish, soni 11 gacha bo‘lgan 2 guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash, qaysi guruhdagi buyumlar soni ko‘pligi yoki tengligini to‘g‘ri belgilashga o‘rgatish. Kutilayotgan natijalar: • Bolalar 11 gacha sanashni o‘rganadilar. • 11 gacha bo‘lgan 2 guruhdagi buyumlarni taqqoslab, qaysi guruhda buyumlar soni ko‘p yoki tengligini aniqlashni o‘rganadilar. Kerakli jihozlar: • AKT 11 ta piyola, qoshiq. • Sanoq cho‘plar. Mashg‘ulotning borishi: Defektolog:Bolajonlar, men hozir sizlarga Bilmasvoy bilan Ziyrakxon haqida gapirib beraman. Bir kuni ikkalasi buvisinikiga mehmonga borishibdi. Buvisi juda qarib qolgani uchun ishlarida yordam bermoqchi bo‘lishibdi. Buvisining qoshiq, piyolalarini yuvib, tozalab qo‘ymoqchi bo‘lishibdi. Ziyrakxon Bilmasvoyga "hammasini birga yuvamiz" debdi. Bilmasvoy bo‘lsa piyola va qoshiqlarni "teng bo‘lib yuvamiz" deb turib olibdi. Ziyrakxon 11 ta piyolani o‘zi, 11 ta qoshiqni Bilmasvoyga beribdi. SHunda Bilmasvoy: "qoshiqlar piyolalardan ko‘p ko‘rinyapti, sen menga ko‘pini berib o‘zingga kamini olding",— deb injiqlik qilibdi. Ziyrakxon ikkalasi teng ekanligini tushuntirish uchun har bir piyolaning ichiga bittadan qoshiqni solib ko‘rsatibdi. "Mana ko‘rdingmi, agar qoshiqlar ko‘p bo‘lganida qoshiq ortib qolishi kerak edi, lekin ortib qolmadi. Demak, ikkalasi teng—11 tadan ekan." Bolalar, sizlar ham Ziyrakxonga o‘xshab sanashni yaxshi bilasizlarmi? Men hozir sizlarni sinab ko‘raman. Download 27,19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling