Fanidan O’ q u V – uslubiy majmu a
Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va ulardan foydalanish
Download 384.42 Kb.
|
Majmua RAQOBAT
Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish, adabiyotlar to’plash va ulardan foydalanish.
Hozirgi zamon raqobat nazariyalari fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. Ishning darajasi va sifati ko’p jihatdan mavzuni to’g’ri tanlashga bog’liqdir. Binobarin bu ishga jiddiy, ma’suliyatni sezgan holda yondoshish zarur. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo’yicha professor-o’qituvchining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni chuqur o’rganib chiqishi lozimdir. Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi, o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Kurs ishi rejasini o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja – kirish qismidan, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 4-5 ta savollardan va xulosa qismidan iborat bo’ladi. Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning iqtisodiy ahamiyati to’g’risida so’z yuritilsa, xulosaviy qismida esa tahlil qilingan masalalarni hal etish bo’yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismida mavuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar va ushbu mavzu bo’yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantrish chora tadbirlari yoritib berilishi kerak.SHuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi tuzilgandan so’ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak. Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo’lgan muammolarni kelajakda hal etish yo’l-yo’riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur. Har bir kurs ishi ana shunday talablarga javob berishi zarur. Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga imkon beradi. Kurs ishini bajarishda mazkur qo’llanmada ko’rsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo’shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaba kurs ishi uchun qo’shimcha adabiyotlarni universitetimiz kutubxonasidan va boshqa kutubxonalardan olishi mumkin. Kutubxonada bibliografik, ya’ni sistemali, predmetli alьfavit kataloglari asosida adabiyotlar tanlanadi. Masalan, sistemali katalogdan sohalariga qarab joylashtirilgan bo’ladi. Mabodo, qiyinchilik yuzaga kelsa, kutubxonada mutaxassis maslahatidan foydalanish mumkin. Adabiyotlar va ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: Talaba o’rganib chiqayotgan va tanlagan mavzuga talluqli adabiyotlarni to’liq yozmasdan, o’z so’zi bilan qisqacha va ijodiy bayon qilib berishi; Zarur hollarda foydalanilayotgan jumlalarni o’zgartirilmay aynan berilish tariqasida ko’chirishi; Umumiy daftar tutib, rejadagi har bir savolga taalluqli fikrlarni alohida yozib qo’yish va kerak bo’lganda ulardan foydalanish: Mavzuga taalluqli fikrlarni ayrim varaqlarga va maxsus kartochkalarga yozib qo’yish. Kartochka tizimi afzalligi shundaki, u kerak bo’lgan fikrlarni tezroq qidirib topish imkonini beradi; Uchragan hamma ma’lumotlar va raqamlarni ko’chirib olmasdan, ko’rib chiqilayotgan mavzuga bevosita tegishli eng muhim ma’lumot va raqamlardan foydalanish; O’zbekiston o’z mustaqilligiga ega bo’lgan davridan boshlab qanday yutuqlarga erishganini aniq ma’lumotlar asosida ko’rsatish; Ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan jadval, grafik va diogrammalar hamda nazariy jihatdan tahlil etilayotgan fikrlarning amaliyotda naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib berish. Talaba barcha adabiyotlarni batafsil o’rganib, ular konspekt qilgandan keyin kurs ishini yozishga kirishishi mumkin. Download 384.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling