Tovarning xayotiylik davri - tovar rivojlanishining uni ishlab chikishdan to bozorga olib kirishgacha bulgan asosiy boskichlarini aks ettiruvchi ma’lum bir vakt davri (tsikli); sotuvchining xar bir boskichda oluvchi foyda mikdori unga boglik buladi. Tovarni sotish va foyda olish jarayonida besh boskich ajratib kursatiladi: tovarni ishlab chikish (bozorgacha) boskichi, tovarni bozorga olib kirish (kiritish) boskichi, tovarni sotish xajmining usish boskichi, yetuklik (tuyinganlik) boskichi, tovarning susayish boskichi yoki tovar eliminatsiyasi.
Tovarning raqobatbardoshligi - 1) anik extiyojni kondirishda bozordagi raqobatchilar tovarlari oldida ustunlikni ta’minlovchi tovarning sifat va narx tavsifnomalari majmui; 2) tovarning raqobatchi tovarlar bozorida birinchi bulib xarid kilish kobiliyati; 3) tovarni iste’mol kilish (foydalanish) samarasining uni sotib olish va ekspluatatsiya kilishga sarflanuvchi xarajatlarga (iste’mol narxi) nisbati; 4) korxonaning milliy va jaxon tovar bozorlariga chikishi maksadga muvofikligining muxim kursatkichi.
Firmaning marketing muxiti - firmadan tashkarida faoliyat kursatuvchi xamda marketing xizmati ragbariyatining maqsadli mijozlar (xamkorlar) bilan muvaffakiyatli xamkorlik munosabatlari urnatish imkoniyatlariga ta’sir kursatish mumkin bulgan kuchlar va faol sub’ektlar majmui. Marketing tizimi makro va mikromuxitdan tarkib topadi.
Xizmat - 1) bozorga kirib keluvchi, narsa kurinishiga ega bulmaydigan iste’mol qiymatlari; 2) bir tomon ikkinchisiga kursatishi mumkin bo’lgan faoliyat yoki ne’matlar turi.
Elektron tijorat - elektron aloka vositalari yordamida tovar va xizmatlarni sotish, reklama va marketing tizimi.
Eliminatsiya - mavjud maxsulotlarni korxonaning ishlab chikarish dasturidan chikarib tashlash; tovar ishlab chikarishni tuxtatish; tovarni bozordan raqobatbardoshligi va talabni yukotganligi sababli olib chikish. Maxsulotni eliminatsiya kilish zarurligini tekshirish uchun savdo xajmi, bozordagi ulushi, xayotiylik davridagi urni, firmaning jami aylanmasidagi ulushi, rentabelligi, kapital aylanishi va boshqa kursatkichlar kullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |