Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020
Download 1.09 Mb.
|
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022
O’tgan zamon fe`llari. O’tgan zamon fe`li tuzilishi jihatidan dastavval quyidagi ikki guruhga bo’linadi:
1)o’tgan zamon fe`lining sodda (sintetik) formalari; 2)o’tgan zamon fe`lining analitik formalari. Shuni aytish lozimki, o’tgan zamon fe`llari -di/di’/ti/ti’ affiksli fe`l formalari va fe`lning sifatdosh, ravishdosh shakllariga tuslovchi affikslarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. O’tgan zamon fe`lining sodda (sintetik) formalari eski o’zbek tilida quyidagicha hosil qilinadi: -di’/di//ti’/ti affiksli forma. Bu forma eski tilining barcha davrlarida keng qo’llangan va u ushbu affiksga qisqargan tuslovchilarni qo’shish bilan hosil qilingan: Yelchi bu so'zlarnin barchasiun aytdiu (Sh.tar.). Tuslanish paradigmasi: (bardi’m, bardi’n, bardi’//barduq, bardi’ni’z, bardi’(lar). -mi'sh/mish affiksli forma ham turkiy tillarda qadimdan faol qo’llangan bo’lib, eski o’zbek tilida ham ancha keng iste`molda bo'lgan: Arukniu ul tash uskundv yolda unutmiush-men (Rabg.). -duq/duk affiksli forma. O’tgan zamon sifatdoshining -duq/duk affiksli formasi qadimgi yodgorliklar tilida keng iste`molda bo’lib, o’tgan zamon fe`li vazifasida qo’llangan. Bu sifatdosh o’tgan zamon fe`li vazifasida XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklardan «Tafsir»da ham qo’llangan bo'lib, unga ko’pincha turli holat fe`li qo’shilib kelgan: Munda aytur ciuldium teb, valekin ciulmaduc turur, hech koz andag kormvduk tururlar, hech kvcul aniuc-dek sanmaduc bolur. -gan/g'an//qan/ka’n affiksli o’tgan zamon sifatdoshining o'tgan zamon ma`nosida qo’llanishi asosan XIII-X1V asrlardan boshlab kuzatiladi. -b(i’b/ib/ub/u’b) affiksli ravishdosh asosida yasalgai o’tgan zamon fe`li. Bu fe`l shakli eski o’zbek tilida quyidagicha uch xil qolipda qo’llangan: a) bari’b turur-men. Bu forma asosan XV asrgacha qo’llangan bo'lib, ba`zan XV asrga oid yodgorliklarda uchraydi: Qachan ko’rdilar ani’kim, va`da qi’li’b tururlar (Taf.); b) bari’btur-men/bari’bdur' Men. Uning qo’llanishi XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab kuzatiladi: Bo’lubtur-men bu kun beganalar-dek (Atoiy). v)bari’b-mei tipidagi forma XV asrdan boshlab keng qo’llangan: Bag'ayat ko'nlumizni shad etib-sen (Nav. FSh). Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling