Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020
TARIXIY GRAMMATIKA (TIL TARIXI) FANIDAN
Download 1.09 Mb.
|
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba mustaqil ishi mavzusi va mazmuni Hisobot shakli
- Mashrab g‘azallaridan tahlil qilish
- Talabalarga taklif etilgan kurs ishlarining mavzulari
TARIXIY GRAMMATIKA (TIL TARIXI) FANIDAN
MUSTAQIL ISH KALENDAR-TEMETIK REJASI
Kurs ishini tаshkil etish bo’yichа ko’rsаtmаlаr Kurs ishi mаvzulаri fаn muаmmоlаri dоirаsidа bo’lib, nаzаriy bilimlаrini chuqurlаshtirishgа qаrаtilаdi. Mа’lumki, kurs ishi muаyyan mаvzu, rеjаgа оid аdаbiyotlаr аsоsidа tаyyorlаnаdi vа bеlgilаngаn muddаtdа himоya qilinаdi. Kurs ishini tаyyorlаsh bitiruv-mаlаkаviy ishini yozish uchun imkоn vа zаmin yarаtish uchun zаrur. Talabalar tomonidan kurs ishini bajarilishi professional tayyorgarlikni muxim bosqichi xisoblanadi, chunki ularda mustaqil ijodiy ishlashni shakllanishiga, ilmiy tadqiqot elementlarini anglashga, ilmiy adabiyotlarni o‘qish va tahlil qilishga yordam beradi. Talaba kurs ishi tizimini bajarish jarayonida undan xam murakkabroq bo‘lgan vazifani – malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun, nazariyalarni anglash, ularni umumlashtirish va amaliyotda qo‘llab mustaqil ilmiy-tadqiqot faoliyatni boshlashga tayyorgarlik ko‘radi. Kurs ishini tayyorlash talabada axborotlarni analitik fikrlashni rivojlanishiga, va oqibat natijada tayyor mutaxassis bo‘lib yetishishiga olib kelishi kerak. Kurs ishi talabadan fanning turli soxalari bo‘yicha amaliyotda olgan bilimlarini mustaxkamlashni, yanada chuqurlashtirishni va umumlashtirishni talab qiladi. Xar bir tanlangan kurs ishi mavzusi ilmiylikni, zamona-viylikni talab qiladi, chunki xar bir topshiriqda yangilik elementlari bo‘lishi lozim. Kurs ishini foydasini eng muhim omillari uning individualligi va talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab umumiy talablarni pasaytirmagan xolatda berilishi hisoblanadi. Talabalarga taklif etilgan kurs ishlarining mavzulari: O’rxun – Enasoy bitiktoshlarining har biri ustida alohida maxsusu kuzatish olib borish; matnning asli, transkripsiyasi, mazmunini muqoyasa qilish. Bilga Xoqon bitiktoshi matnidagi sof turkey so’zlarni aniqlash. O’ngin bitiktoshi matnidagi leksik qatlamni belgilash. Kultegin bitiktoshi matnidagi so’z yasovchi affikslar. Mo’yinchur bitiktoshi matnidagi qo’shma va juft so’zlar. Kulichur bitiktoshi matnidagi tub so’zlar. “Oltin yoruq”dagi so’z birikmalari. Devonu Lug’otit turkning tuzilishi. Devonu Lug’otit turkdagi etnonimlar. Devonu Lug’otit turkdagi harakat fe’llari. Qutadg’u biligdagi nisbiy sifatlar. Hibat ul-haqoyiqdagi onomastika. Qisasi Rabg’uziydagi arxaizmlar. Guliston bit turkey matnidagi forsiy izofalar. “Husrav va Shirin”dagi o’g’uzcha elementlar. “Muhabbatnoma”dagi so’zlarning o’zaro bog’lanishi. “Muhokamat ul-lug’ayn”dagi ma’nodosh va shakldosh so’zlar. “Me’zon ul-avzondagi”qo’shiq nomlari. “Boburnoma”dagi mo’g’ulcha o’zlashmalar. Bobur she’riyatidagi asl turkiy so’zlar. “Shayboniynoma”dagi ijtimoiy, siyosiy va harbiy terminlar. “Shajarai turk” asaridagi etnonimlar. Ogahiy asarlaridagi sintaktik konstruksiyalar. Munis g’azallaridagi turkiy izofa. Furqat she’riyatidagi ruscha o’zlashmalar. Muqimiy asarlaridagi majoziy so’zlar. “Turkiston viloyatining gazeti”dagi neologizmlar. Milliy uyg’onish davri adabiyoti asarlaridagi okkozionalizmla Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling