Fanidan O‘quv-uslubiy majmua qarshi – 2020
Hozirgi - kelasi zamon sifatdosh formalari
Download 1.09 Mb.
|
Мажмуа. Тарихий грамматика. 2021-2022
Hozirgi - kelasi zamon sifatdosh formalari.
-r affiksli forma. Bu affiks -r,-ar/a’r,-ur/,-u’r/i’r,-yur/yur variantlarda qo’llangan bo’lib, bulardan qaysi birining ishlatilishi shu affiksni qabul qiluvchi fe`l negizining xarakteriga, uning qanday tovush bilan tugagan bo’lishiga bog’liq.. Undosh bilan tugagan bir bo’g’inli fe`llarning bir guruhiga –ar\a'r boshqalariga -ur/u variantlari (qach+ar, ket+er, bar+ur, bil+ur), undosh bilan tugagan ikki va undan ortiq, bo’g’inli fe`llarga -ur/yr variantlari qo’shiladi (qaytar+ur, eshit+ur, yrush+ur, keltur+ur, qaytariul+ur, ko’rsatil+yr kabi). Ba`zy manbalarda undosh bilan tugagan ayrim fe`llarga -iur/ir formasida qo’shilishi ham uchraydi. Unli bilan tugagan fe`llarga -r yoki -yur/yyr variantlari qo’shiladi (bashla+r yoki bashla +yur, ishla+r yoki ishla+yur). Yozma yodgorliklardan ma`lum bo'lishicha, turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlarida unli bilan tugagan fe`llarga -yur/yur variantlari qo’shilishi xarakterli bo’lgan. Masalan, O’rxun-Enisey va qadimgi uyg’ur tili yodgorliklarida bunday fe`llarga asosan -yur/yur variantlari qo’shilgan, XI- XII asrlarga oid «Qutadg’u bilig», «Hibatul haqoyiq» va boshqa manbalarda ham ko'pincha shu variantlari qo’shilgan.Unli bilan tugagan fe`llarga -r yoki -yur/yur qo’shilishi haqida Mahmud Qoshg’ariy ham ma`lumot bergan. Uning ko’rsatishicha, bunday fe`llarga -r yur\yur qo’shilishi XI asrda arg’ular tili uchun xos bo’lgan. -r affiksli sifatdoshning bo’lishsiz formasi -maz/ma’z//mas/m'as affiksi yordamida hosil bo’ladi. Bu affiksning jarangli -maz/ma'z variantlari o'g’uz gruppasidagi turkiy tillar uchun xos bo’lib, qipchoq, va qarluq gruppasidagi turkiy tillarda asosan jarangsiz -mas/ma’s variantlari qo'llangan. O’rxun-Yenisey va qadimgi uyg’ur tili yodgorliklarida ham faqat jarangli maz/ma’z variantlari qo’llangan bo’lib, «Qutadg’u bilig»da -maz/ma'z va -mas/ma’s variantlari iste`molda bo’lgan. -r affiksli sifatdosh aniqlanmish vazifasida keladi: Bu asar ariug’kim, sana berdim,. ..(Taf.). -r affiksli sifatdosh ot o’rnida qo’llanganda otga xos grammatik belgilarga ega bo’ladi va shunga muvofiq har xil sintaktik vazifalarni bajaradi: a) egalik affikslari bilan qo’llanadi: Lek mumkin durur dava qiulurum//Sa`y etib hajatiun rava qiulurum (Nav.SS). b) kelishik affikslari bilan qo’llanadi: Senin ishqiunda sayrarg’a Xarazmiy... (MN). -r affiksli sifatdosh ko’makchilar bilan qo’llanadi: Olturur uchun qabiul yer erdi (BЫ). O’lmesdin burun achiub ko’chumdin.(Nav .FSh). g’u\gu’\qu\ku affiksli sifatdosh. Qo’llanishi, ma`no va vazifalari: 1. Atributiv poziciyada keladi va aniqlovchini ifodalaydi. Bunda -gu/gu affiksli sifatdosh o'ram (oborot)ni hosil qiladi: Menim ilkimdin kelmagu ish bilgurdi (Taf.). Tuzub yettilar av avlag’u yerga (Xisr.Shir.); 2.-g’u/gu affiksli sifatdosh ot o’rnida qo’llanganda otga xos grammatik belgilarga ega bo’ladi va shunga muvofiq, har xil sintaktik vazifalarni bajaradi: Qayda barg’usiuniu bilmag’aylar (Taf.).Na qiulg’usiu bilmas boldiu. G’uchiu/guchi(-quchiu/kuchi) affiksli forma -gu/gu affiksli sifatdoshga shaxs otini yasovchi –chi’/chi affiksi qo’shilishi bilan hosil bo’lgan. Shuning uchun ham bu formada fe`llik xususiyati kuchsizlanib, ot turkumiga yaqin turadi: Kuch qiulguchiu zolim erdi (Taf.). -dachiu/dachi(-tachiu/tachi) affiksi bilan yasalgan sifatdosh ham qadimgi yodgorliklar tilida faol qo’llangan bo’lib, o’zbek tilida XV asrga qadar qo’llanib kelgan: Men senin to’ruttenchin yarattachiun-men (Taf.). Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling