Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Firma– jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shug‗ullanuvchi iqtisodiy sub‘yekt. Institutlar


Download 0.98 Mb.
bet259/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Firma– jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shug‗ullanuvchi iqtisodiy sub‘yekt.
Institutlar – iqtisodiy sub‘yektlar harakatini cheklovchi, ularning o‗zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me‘yorlar, qoidalar hamda ushbu me‘yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun to‗lanadigan pul miqdori.
Taklif – bu ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan berilgan narxlarda sotilishi mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori.Talab – berilgan narxlarda haridorlar tomonidan sotib olinishi mumkin bo‗lgan tovarlar miqdori.
Taklif qonuni – to‗g‗ridan-to‗g‗ri narx o‗zgarishi bilan bog‗liq holda taklifning o‗zgarishi.
Talab qonuni – narxdan tashqari boshqa omillar o‗zgarmaganda talab miqdori bilan narx o‗rtasidagi teskari bog‗liqlik.
Iste‟molchi ortiqchaligi (yutug„i) – iste‘molchi tovarlar uchun to‗lashi mumkin bo‗lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‗langan narxlar ayirmalarining yig‗indisi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug„i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qo‗shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) harajatlarni ayirmalari yig‗indisiga teng.
Taklif chizig„i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.Talab chizig„i – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Shaxs talabi – bitta iste‘molchining tovarga bo‗gan talabi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to‗g‗ri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Transaktsion harajatlar – bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bog‗liq harajatlar.
Taklif funksiyasi – taklifga ta‘sir qiluvchi omillar miqdori bilan taklif miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Talab funksiyasi – talabga ta‘sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling