Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko„rsatkichlar. YaIM. YaMM


Download 0.98 Mb.
bet46/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

2.Milliy iqtisodiyot rivojlanishini tavsiflovchi ko„rsatkichlar. YaIM. YaMM.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy xo‗jaliklarda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste‘molchilarga borib tushishi mumkin bo‗lgan tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatidan iborat bo‗ladi.
Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor baholaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zayiralarni to‗ldiradi. Ya‘ni YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‗sish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‗g‗ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‗p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xo‗jaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‗shilgan qiymatlar yig‗indisi olinadi.
Qo‗shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvshilardan sotib olingan va iste‘mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Boshqacha aytganda qo‗shilgan qiymat – bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng. YaMM yopdamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga hapakat qilinadi.
YAMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pipovapd tovaplar va xizmatlarning bozor bahosidagi summasi bo‗lganligi uchun tovarning o‗zi, uning nafliligi ko‗paymagan holda baholar oshishi evaziga uning hajmi oshib ketishi mumkin. Baho ishlab chiqarish umumiy hajmining hap xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan ko‗psatkichi sifatida foydalaniladi. Shuning uchun yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o‗zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YAMM qiymatini faqat narx o‗zgarmagan taqdirda o‗zaro taqqoslash mumkin bo‗ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‗sishi) yoki deflyatsiya (narx darajasining kamayishi) o‗rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi. Narx dapajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma‘lum guruh tovarlar va xizmatlar to‗plami narxlari summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning miqdorining bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‗ish davpi "bazis yil" deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‗rinishni oladi:
Narx indeksi = жориййилдагиистеъмолчиликтоварларинархи *100 базисйилидагиистеъмолчиликтоварларинархи
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‗plami yoki iste‘mol savatining narx indeksi hisoblanadi. G‗arb mamlakatlari va xususan AQShda bu indekslar ichida eng keng qo‗llaniladigani iste‘molchilik tovarlari savati narxlari indeksi hisoblanadi. Uning yordamida
tirik shahar aholisi sotib oladigan, iste‘molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‗z ichiga oluvchi bozor savatining qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash uchun YAMM narx indeksidan foydalaniladi. YAMM narx indeksi ancha keng tushuncha bo‗lib, u o‗z ichiga nafaqat iste‘molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YAMM narx indeksi, nominal YAMM ni real YAMMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi.
Nominal YAMM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan baholarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
Ma‘lum yil uchun YAMM narx indeksini qanday qilib hisoblash mumkinligini ko‗psatuvchi oddiy shartli misol keltiramiz. 2000 yil Respublikamiz xalq xo‗jaligida 3104,5 mlrd. so‗mlik YAIM ishlab chiqarilgan. 1999 yil YAIM qiymati 2128,7 mlpd. so‗mni tashkil qilgan.
2000 yilga YAMM narx indeksini aniqlash uchun, 2000 yildagi mahsulotlar narxlari summasini xuddi shu rajmdagi va turdagi tovaplarning 1999 yil narxlari summasiga bo‗lish zarur, ya‘ni 3194,5:2128,7q1,5 yoki 150,0%.
Agar biz YAMM narx indeksini qator yillar uchun hisoblasak, olingan indekslar bizga ularni solishtirib tahlil qilish imkonini beradi.
Jopiy yildagi nominal YAMMni real YAMMga aylantirishning ancha oddiy va to‗g‗ridan to‗g‗ri usuli nominal YAMMni narx indeksiga bo‗lishdir, ya‘ni,
Real YAMM nominal YAMMni Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko‗rsatkichi YAMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblanish mumkin bo‗lgan bir qator o‗zaro bog‗liq ko‗rsatkichlar mavjud bo‗ladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini xarakterlab beradi.
YAMM ko‗rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‗rtasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‗i keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM) ko‗rsatkichidan foydalaniladi. YAMM ma‘lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab shiqarilgan va iste‘mol qilishga tayyor pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymatidir. U barcha ishlab chiqaruvchilar qo‗shilgan qiymatlar yig‗indisi sifatida chiqadi.
YAMM va YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‗rsatkishi sifatida bitta muhim kamshilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan, asosiy kapitalning o‗rnini qoplash uchun zarur bo‗lgan qiymatni ham o‗z ishiga oladi.
YAMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) ko‗rsatkishi hosil bo‗ladi.
YAMM – amortizatsiya yillik summasi q SMM. Shunday qilib, SMM amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YAMM sifatida chiqadi.
SMM qiymatiga davlat tomonidan o‗rnatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan o‗rnatiladigan bahoga qo‗shimsha hisoblanadi. Bunday soliqlar og‗irligi iste‘molchi zYAIMasiga tushadi va uning hisobiga o‗zlarining daromadining bir qismini yo‗qotadi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMMdan egri soliqlar shiqarib tashlansa milliy daromad (MD) ko‗rsatkishi hosil bo‗ladi deb ko‗rsatiladi.
SMM – biznesga egri soliq milliy daromad.
Amaliyotda ishlab shiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab shiqarilgan MD – bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD – bu ishlab shiqarilgan MDdan yo‗qotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yo‗qotishlar va r. k. ) va tashqi savdo qoldig‗i shiqarib tashlangan miqdorga teng.
Bizning amaliyotda MD iste‘mol va jamg‗arish fondiga ajratiladi. Iste‘mol fondi – bu milliy daromadning jamiyat a‘zolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (ta‘lim, mudofaa va r. k. ) qondirishni ta‘minlashga ketadigan qismi. Jamg‗arish fondi – bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni ta‘minlaydigan qismi.
Milliy daromadni, daromadlap bapcha turlarini (amortizatsiya ajpatmasi va biznesga egri soliqlardan tashqari) qo‗shib chirish yo‗li bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bir qismi, jumladan ijtimoiy straxovaniyaga ajpatmalar, korxona foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda yy xo‗jaliklari qo‗liga kelib tushmaydi. Aksincha, yy xo‗jaliklari oladigan daromadning bir qismi, masalan, ijtimoiy to‗lovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
Shaxsiy daromad ko‗rsatkichini topish uchun milliy daromaddan yy xo‗jaliklari qo‗liga kelib tushmaydigan daromadlarning yuqoridagi uchta turini (ishlab topilgan) chiqarib tashlashimiz hamda joriy mehnat faoliyatining natijasi hisoblanmagan daromadlarni unga qo‗shishimiz zarur.
Milliy daromad - ijtimoiy sug‗urta ajratmasi - korxona foydasiga soliqlar - korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi, ijtimoiy to‗lovlar, shaxsiy daromad.
Shaxsiy daromaddan soliqlari to‗langandan keyin, yy xo‗jaliklarining to‗liq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Soliqlar to‗langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan to‗lanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yo‗li bilan hisoblanadi. Soliqlar to‗langandan keyingi daromad uy xo‗jaliklari eng oxirida ega bo‗ladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‗z tasarrufida by daromadlarning bir qismini iste‘mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‗armaga yo‗naltiradi. Makroiqtisodiy ko‗rsatkishlarning qarab chiqilgan tahliliga asoslanib, bu ko‗rsatkishlar butun tizimi nisbatini ko‗rgazmali tasavvur qilishimiz mumkin bo‗ladi.
Ichki milliy mahsulot – Amortizatsiya q SMM.
Sof milliy mahsulot - Egri soliqlar q MD.
Milliy daromad – ijtimoiy sug‗urta ajratmalari - korxona foydasiga soliqlar - korxona taqsimlanmaydigan foydasi q ijtimoiy to‗lovlar q Shaxsiy daromad
Shaxsiy daromad - Shu daromad hisobiga soliqlar to‗lanadigan keyingi daromad.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling