Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Agrosanoat integratsiyasi


Download 0.98 Mb.
bet42/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

2.Agrosanoat integratsiyasi.
Agrosanoat majmuasi va uning tarkibi
Iqtisodiy rivojlanish jarayonida qishloq xo‗jaligi hamma vaqt sanoat, savdo va boshqa tarmoqlar bilan mustarkam bog‗liq bo‗lib kelganligini hisobga olish kerak.
Chunki mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlariga va qishloq xo‗jalik xom-ashyosidan tayyorlangan tovarlarga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish faqat qishloq xo‗jaligining holatiga emas, balki sanoat tarmoqlari bilan uyg‗un rivojlanishiga ham bog‗liq bo‗ladi. Xuddi ana shu narsa xalq xo‗jaligi tizimida agrosanoat majmuasini bitta pirovard natijani ro‗yobga chiqarishga bo‗ysundirilgan tarmoqlarning yagona, yaxlit tizimini keltirib chiqarish uchun asos bo‗ladi.
Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‗jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste‘molchiga yetkazib beruvshi tutash tarmoqlar o‗rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir.
Agrosanoat integratsiyasi ko‗p qirhali bo‗lib, u g‗oyat xilma-xil shakllarda namoyon bo‗ladi. Bular eng avvalo ana shu jarayon qaysi darajada, ya‘ni butun mamlakat ko‗lamidami, viloyat doirasi yoki korxona darajasidami yuz berishiga bog‗liq. Butun mamlakat va mintaqalar ko‗lamida agrosanoat integratsiyasi qishloq xo‗jaligining tarmoqlararo aloqalari kushayishida, xalq xo‗jaligi oziq-ovqat (tarmoq) va mintaqa agrosanoat majmualari tashkil bo‗lishi va rivojlanishida ifodalanadi. Agrosanoat majmuasi (ASM) – bu qishloq xo‗jalik mahsulotlari yetishtirish, uni saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan shug‗ullanuvshi xalq xo‗jalik tarmoqlaridir. ASM to‗rtta sohani o‗z ishiga oladi. Birinchi, qishloq xo‗jaligiga ishlab chiqarish vositalari yetkazib beradigan sanoat tarmoqlari, shuningdek, qishloq xo‗jaligiga ishlab chiqarish texnika xizmati ko‗rsatish bilan band bo‗lgan tarmoqlar; ikkinchi soha – qishloq xo‗jaligining o‗zi; uchinchi soha – qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini iste‘molchiga yetkazib berishni ta‘minlaydigan tarmoqlar (tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, tashish, sotish). Agrosanoat majmuasi tarkibida to‗rtinshi soha odamlar hayoti va faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan infratuzilma muhim o‗rin tutadi. Bular yo‗l-transport xo‗jaligi, aloqa, moddiy-texnika xizmati, mahsulotni saqlash tizimi, ombor va tara ro‗jaligi.
Ishlab chiqarish infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarishga xizmat qiladigan tarmoqlarni, ijtimoiy infratuzilma odamlar turmush faoliyatining umumiy sharoitlarini ta‘minlaydigan sohalarni (uy-joy, madaniy- maishiy xizmat, savdo, umumiy ovqatlanish va hokazo) o‗z ishiga oladi.
Prezidentimiz I. Karimov ta‘kidlaganidek: ―Qishloqni yangilash va qayta qurish choratadbirlari tizimida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish juda katta ahamiyatga ega‖. Shu sababli Respublikada qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturini amalga oshirish davom ettirilmoqda. Faqat 2000 yil davomida qishloqda 2019, 8 km suv quvurlari tarmog‗i ishga tushirildi, 4002, 2 km gaz tarmoqlari qurildi. Mablag‗ bilan ta‘minlanadigan barcha manbalar hisobidan umumiy maydoni 6,97 mln. kv.m. uy-joy binolari foydalanishga topshirildi. qishloqda 145 qishloq vrachlik punktlari qurildi, 17 ming o‗quvchi o‗rniga ega bo‗lgan umumta‘lim maktablari ishga tushirildi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling