Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari


Download 0.98 Mb.
bet38/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3.Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari.
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‗lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukumronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopoliyaning mavjud bo‗lish tarmoqqa kirish uchun to‗siqlarning mavjud bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to‗siqlar yangi raqobatshchilarning tarmoqqa kirishiga yo‗l qo‗ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‗siqlar har xil ko‗rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar:

  1. Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to‗siqlar, shu jumladan, moliyaviy to‗siqlar ko‗p holatlarda shunchalik katta bo‗ladiki bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan bahobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib olishga juda katta pul-kapitali talab qiladi.

  2. Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to‗siqlar. Buning mazmuni shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‗lmaydi, uni amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. Tabiiy monopoliyalarga elektr, gaz, suv ta‘minoti va aloqa korxonalari misol bo‗la oladi. Davlat bunday monopoliyalar faoliyatini tartibga solishda o‗z huquqini saqlab qoladi. Agar tarmoqlar davlat mulkchiligiga asoslangan bo‗lsa, bunday ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi.

v) Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to‗siqlar. Davlat patent va litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to‗siqlar ham yaratadi. Patentlar tadqiqotchiga mahsulotini to‗liq nazorat qilish huquqini beradi. Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‗ullanish davlat tomonidan litsenziya berish yo‗li bilan sheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga tegishli vazirlik (markama) litsenziya beradi.
g) Xom-ashyoning muhim turlariga, xususiy mulkchilik monopoliyalar tomonidan
potensial raqobatchilar uchun samarali to‗siq yaratish vositasi sifatida foydalanishi mumkin.
d) g‗irrom raqobat. Firmalar o‗z haqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‗dirib olish, bahoni keskin tushirish g‗irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Monopolistik raqobat erkin raqobat va oligopoliya o‗rtasida joylashishi sababli, ularning belgilarini ifoda etadi.
Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko‗p bo‗lmagan korxonalarning mavjud bo‗lishi va hukumronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Ko‗pchilik sanoat mahsulotlari: po‗lat, mis, alyuminiy, qo‗rg‗oshin, temir va shu kabilar - fizik ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‗rtasidagi raqobat o‗zaro bog‗liq bo‗ladi. Oligopolistik tarmoqda hech qaysi firma o‗zining baho siyosatini mustaqil o‗zgartirishga botina olmaydi.
Uncha ko‗p bo‗lmagan firmalarning umumiy o‗zaro bog‗liqlikda joylashishi yashirincha kelishishga qulaylik tug‗diradi. YAshirincha kelishish baholarni qayd qilish, bozorni bo‗lish yoki taqsimlash va boshqacha yo‗llar bilan o‗zlari o‗rtasidagi raqobatni cheklashdan iborat. YAshirincha kelishish bir qator shakllarda bo‗lishi mumkin. Uning eng oddiy shakli kartel bitimi hisoblanadi. Kartel bitimiga kirgan firmalar narxlar va ishlab chiqarish hajmini kelishib oladi. Kelishilgan narxni ushlab turish mumkin bo‗lishi uchun ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya‘ni bozorlar bo‗lingan bo‗lishi zarur.
Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham o‗z o‗rnini tutadigan norasmiy vosita hisoblanadi. Bunda tarmoqdagi katta yoki ancha samarali firma narxni o‗zgartirishi, boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi mumkin.
Oligopolistlar narxsiz raqobatga asosiy o‗rin beradi, chunki birinchidan, raqobatchilarga reklama va mahsulotni o‗zgartirish ancha murakkab, ikkinchidan, oligopolistlar kamdan-kam holda narxsiz raqobatni moliyalashtirish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‗ladi.
Biz qarab chiqqan raqobatning to‗rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohidaalohida, ya‘ni sof holda ushhamaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o‗rganish, cheksiz ko‗p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko‗rsatadi.
Shu sababli erkin raqobatli bozorning xaraqterli belgilari bilan, erkin monopoliya, monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o‗rtasidagi farqlarni ko‗rsatib berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozorning keyingi uchta modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat, degan umumiy nomdan foydalaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish bizga nisbatan ancha oldin boshlangan mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish ancha murakkab va uzoq davrni oladigan jarayon ekanligini ko‗rsatadi.
Agar g‗arb mamlakatlari iqtisodiyotida raqobat bozor xo‗jaligining ajralmas qismi (xususiyati) sifatida tabiiy paydo bo‗lsa, o‗nlab yillar davomida ma‘muriy buyruqbozlik tartibi hukmron bo‗lgan, raqobatni va bozorning boshqa belgilarini tan olmagan mamlakatlarda ko‗p narsani ―joriy qilish‖ va hatto majburan qabul qilishga to‗g‗ri keladi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotimizning hozirgi holatida raqobat munosabatlarini rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‗ynaydi.
Birinchidan, raqobatsiz iqtisodiyotning samarali hakaqat qila olmasligiga ishonch shakllandi. Bu ishonch ta‘sirida yaqin vaqtlargacha sobiq sotsializmda nima ―mumkin‖, nima ―mumkin emas‖ligini aniqlovshi g‗oyaviy qarashlar yemirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada raqobatni davlat tomonidan rag‗batlantirish va tartibga solishning keng rejali harakatlari kuzatilmoqda. Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda muhim qadamlar qo‗yilmoqda.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o‗z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday mahsulotlarinikiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‗p qo‗llaniladigan ko‗rinishi - ―narxlar jangi‖ deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar haqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqtivaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‗llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa haqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‗ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo‗lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo‗llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‗zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim xollarda tannarxidan ham past bo‗lgan narxlar bo‗yicha chiqaradi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‗qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o‗zlarining iqtisodiy mavqeini mustarkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‗shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda baho yordamida raqobat qilish o‗z o‗rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‗z mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‗zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‗yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‗rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro‗-e‘tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham bo‗lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste‘mol xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‗y berishi kerak. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‗payishi ularning sotishni rag‗batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika murrlaridan foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste‘molchilik bozorida qo‗shimcha xizmat ko‗rsatish orqali xaridorlarni o‗ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki, bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‗lishi, lekin turli-tuman iste‘mol xossalariga ega bo‗lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‗lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib haqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‗lanadi, uning qolgan qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‗lanadi.
Fan-texnika taraqqiyoti avj olgan hozirgi sharoitda, texnika va texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat foydalaniladigan iste‘molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‗rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi firma, o‗z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‗rnatadi, korxona xodimlarini ulardan foydalanishga o‗rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan keyingi davrda ta‘mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi; maxsulotlari o‗lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ishida marketing muhim ahamiyatga ega bo‗lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‗rgangan va iste‘molchilar ehtiyojlarini to‗laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‗zgartirish uchun o‗zlarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni kamaytirib tovar taklifini qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligisha qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukumron bo‗lgan sharoitda narxsiz raqobat muhim o‗rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar sifatini oshirish, iste‘molchilarga xizmat ko‗rsatishni yaxshilash yo‗li bilan sotiladigan tovar hajmini ko‗paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy jihatdan kushli bo‗lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jirozlash va reklamaga zarur bo‗lgan mablag‗ni sarflay oladilar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling