Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Download 0.98 Mb.
bet36/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Raqobat, Tovar ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat, Raqobat shakllari, Raqobat usullari, Narx, Ulgurji narxlar, Chakana narxlar, Dotatsiyalashgan narx, Demping narx, Nufuzli narx, Narx diapazoni.
Asosiy savollar

  1. Raqobatning mohiyati, ob‘ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari.

  2. Raqobatning shakllari va usullari.

  3. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari.

  4. O‗zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik

1.Raqobatning mohiyati, ob‟ektiv asoslari va rivojlanish bosqichlari


Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi.
Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishini talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‗rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustarkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‗rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste‘molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‗liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo‗ladi.
Raqobat iste‘molchilar o‗rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga xarakat qiladilar, ya‘ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lishga xarakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.
Shunday qilib, raqobat ko‗p qirhali iqtisodiy rodisa bo‗lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o‗rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Raqobat-bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‗qnashishidan iborat bo‗lib, ular o‗rtasidagi yuqori foyda va ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko‗proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya‘ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
O‗z navbatida xaridorlar, ya‘ni iste‘molchilar sarflagan har bir so‗m xarajati evaziga ko‗proq naflilikka ega bo‗lish uchun kurashadilar, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‗lishga xarakat qiladi.
Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‗rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‗lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi. Chunki har bir mulk egasining o‗z manfaati bo‗lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo‗ysundirilgan bo‗ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub‘ektlar manfaatlarining to‗qnashuvidan iborat bo‗lishini aniq xarakterlaydi. Raqobat mavjud bo‗lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma‘lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub‘ektlarning alohidalashgan manfaatlari to‗qnashadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling