Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI


Download 0.98 Mb.
bet32/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

5-MAVZU. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI. BOZOR MUVOZANATI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda talab tushunchasi, talab qonuni, talabning hajmiga va miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar, taklif tushunchasi, taklif qonuni, taklifning hajmiga ta‘sir etuvchi omillar, bozor muvozanati kabilar to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Talab, Talab egri chizig‗i, Talab qonuni, Taklif, Taklif egri chizig‗i, Taklif qonuni, Taklif (talab) ning egiluvchanligi, Daromad samarasi.
Asosiy savollar
1.Talab tushunchasi, talab qonuni. Talabning hajmiga va miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar.
2.Taklif tushunchasi, taklif qonuni. Taklifning hajmiga ta‘sir etuvchi omillar.
3. Bozor muvozanati.
1.Talab tushunchasi, talab qonuni.

Talabning hajmiga va miqdoriga ta‟sir etuvchi omillar


Ehtiyoj tushunchasi kishilarning hayotiy vositalariga bo‗lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko‗rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan ta‘minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta‘minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta‘minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‗lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‗ladi, chunki narx o‗zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‗zgaradi. Shu bog‗liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta‘rif berish mumkin.
Tovar va xizmatlarning ma‘lum turlarini iste‘molchi ma‘lum vaqtda narxlarning mavjud darajasida sotib olishga qodir bo‗lgan ehtiyoji talab deyiladi.
Talablar har xil bo‗lib, bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‗lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste‘molchining, ya‘ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‗lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‗pchilik) iste‘molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo‗lgan talablari yig‗indisi bozor talabi deyiladi.Individual, ya‘ni yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‗lib turmaydi, balki o‗zgaruvshan bo‗ladi. Talab miqdorining o‗zgarishiga bir qancha omillar ta‘sir qiladi. Ularning ichida eng ko‗p ta‘sir qiladigan omil narx omilidir.
Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‗rtasidagi bo‗ladigan bog‗liqlikni quyidagi jadval ma‘lumotlari asosida qarab chiqamiz.
Iste‘molchilar ma‘lum bir tovarni uning narxi past bo‗sa, ko‗poq sotib ola boshlaydi. Iste‘molchi uchun narx sotib olishga xalaqit qiluvchi to‗siq sifatida namoyon bo‗ladi. Bu to‗siq qancha yuqori bo‗lsa, u shuncha kam tovar sotib oladi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste‘molchining xarid qilish istagini so‗ndiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi.
Real iqtisodiy hayotda ba‘zan narxlar o‗ssada ayrim tovarlarga talabning ortishiga olib kelishi mumkin bo‗lgan holatlar ham uchraydi. Bu vaziyat Giffen samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan). Giffen kambag‗al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste‘mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani tasvirlab ko‗rsatgan. Tuchuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag‗al oila ovqatida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar kartoshka narxining o‗sishi ro‗y bersa, bunda kambag‗al oila go‗sht sotib olishdan umuman voz keshishga majbur bo‗ladi, o‗zining ko‗p bo‗lmagan daromadining barchasini kartoshka sotib olishga sarflaydi.
Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi zarur tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin.
Bahodan boshqa talab miqdoriga ta‘sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‗zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‗liq bo‗ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi: 1) Iste‘molchining didi; 2) Bozordagi iste‘molchilar soni; 3) Iste‘molchining daromadlari; 4) Bir –biriga bog‗liq tovarlarning narxi; 5) Kelajakda narx va daromadlarning o‗zgarishi ehtimoli.
Bu omillarning o‗zgarishi talab hajmining o‗zgarishiga qanday ta‘sir ko‗rsatishini qarab chiqamiz.

  1. Biror mahsulotga iste‘molchi dididagi ijobiy o‗zgarish ro‗y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‗lgan talab ortadi. Iste‘molchi didiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.

  2. O‗z-o‗zidan aniqki, bozorda iste‘molchilar soni ko‗paysa, talab ortadi, iste‘molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga blgan talabning o‗sishiga olib keladi. Tug‗ilish darajasining pasayishi bolalar bog‗shasi va maktabga bo‗lgan talabni kamaytiradi.

  3. Pul daromadi o‗zgarishining talab hajmiga ta‘siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‗p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad ochsa, uning o‗sishiga qarab iste‘molchilar narxi yuqori bo‗lsada, ko‗proq sifatli tovarlarni xarid qiladi, bunda ular kamroq non, kartoshka, kaham sotib olishi mumkin ortiqsha daromad unga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‗lgan oziq-ovqat mahsulotlari masalan, go‗sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‗zgarishi bilan talab to‗g‗ri mutanosiblikda o‗zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi.

  4. Daromadlar kamayganda talab oshadigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi (masalan, kartoshka).

  5. O‗zaro bog‗liq tovarlarga talabning ortishi yoki kamayishi, ularning bir-birining o‗rnini bosish darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli sariyog‗ narxi oshsa, bu margaringa bo‗lgan talabning ortishiga olib keladi. Agar sariyog‗ narxi tushsa bu margaringa bo‗lgan talabni kamaytiradi. Demak, agar ikki tovar o‗rnini bosuvshi tovarlar hisoblansa, ulardan birining narxi bilan boshqasiga bo‗lgan talab hajmi o‗rtasida to‗g‗ridan-to‗g‗ri bog‗liqlik mavjud bo‗ladi. Ikkita tovar bir-birini to‗ldiruvshi hisoblansa, ularga bir vaqtda talab paydo bo‗ladi. Masalan, agar benzin narxi pasaysa, bu motor yog‗iga bo‗lgan talabni qisqartiradi. Shunday qilib, benzin va motor yog‗iga talab o‗zaro bog‗liq bo‗lib, ular bir-birining narxi va boshqasiga bo‗lgan talab hajmi o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud bo‗ladi.

  6. Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o‗zgarishining kutilishi va tovarlarning naqd bo‗lishi yoki bo‗lmasligi kabi omillar talab hajmini o‗zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste‘molchi joriy talabning oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‗payishining kutilishi tovarlarga bo‗lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‗ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling