Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Bozor iqtisodiyotiga o„tish yo„llari


Download 0.98 Mb.
bet29/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4.Bozor iqtisodiyotiga o„tish yo„llari
Bozor iqtisodiyotining oldingi mavzuda tilga olingan belgilari uzoq davr davomida shakllanib, pirovard natijada yaxlit ijtimoiy tizimni tashkil qiladi.
Bunda bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari (modellari) xilma-xil bo‗lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.

Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‗tishning barcha yo‗llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy modelga bo‗linadi:

Rivojlangan mamlakatlar yo‗li

Rivojlanayotgan mamlakatlar yo‗li

Sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‗li

Bu yo‗llarning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‗tishni maqsad qilib qo‗yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‗p jihatdan umumiy bo‗ladi. Shu bilan birga har bir yo‗lning o‗ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‗lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o‗tishning g‗arbsha modeli (rivojlangan mamlakatlar yo‗li)da oddiy tovar xo‗jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga o‗tiladi.
Mustamlakashilikdan ozod bo‗lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗lining xususiyati - bu qoloq, an‘anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‗tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‗lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma‘muriy – buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‗tishdan iboratdir. Bu yo‗lning boshqa yo‗llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‗q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‗lda bozor munosabatlariga o‗tayotgan mamlakatlarning o‗zi o‗tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‗jalik yuritish shakllari bilan birbirlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‗tishning mazkur yo‗lining o‗ziga xos xususiyatlaridir.
Markazlashgan ma‘muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tishda maqsad bir xil bo‗lsa-da, turli mamlakatlar turli yo‗llarni tanlashlari mumkin. Hammaga ma‘lumki, bir tizimdan ikkinchi tizimga o‗tishda ikki yo‗l, ya‘ni revolyutsion va evolyutsion yo‗llar mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‗tishning revolyutsion yo‗lini, birdaniga katta to‗ntarishlar qilish yo‗lini tanladilar. Boshqasha aytganda ular «karaxt qilib davolash» degan usulni qo‗lladilar. Bu yo‗lni amalga oshirish uchun Rossiyada «300-kun», «500-kun» degan o‗tish dasturlari ishlab shiqildi. Bu dasturlarni tezkorlik bilan amalga oshira boshladilar. Bunda ular bir tizimdan ikkinchi tizimga o‗tishda ancha uzoq muddatli o‗tish davri bo‗lishini unutdilar. Natijada bu mamlakatlarda ishlab chiqarish hajmi keskin tushib ketdi, ko‗plab korxonalar yopilib, ishsizlar soni ko‗paydi, pulning qadri keskin pasayib ketdi, iqtisodiyot esa hamon karaxtlikdan chiqqani yo‗q, odamlarning arvoli og‗irlashdi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling