Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


Download 0.98 Mb.
bet28/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

2.Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


Ma‘lumki, bozor iqtisodiyotiga o‗tishning umumjahon voqeasiga aylanishi XX asrning muhim belgisidir. Insoniyat tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bozor iqtisodiyoti bir qator muammolarni samarali ral eta oladi, xususan:

  1. muttasil ravishda ishlab chiqarishni o‗stirib, to‗kinchilikni ta‘minlash;

  2. tejamli xo‗jalik yuritib, barcha resurslardan oqilona foydalanish;

v) ommaviy farovonlikni ta‘minlash;
g) mazmuni yoki shaklidan qat‘i nazar ralol va samarali Mehnatning qadriga yetish;
d) umuminsoniy ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tadbiq etish.
Bozor iqtisodiyotining tamoyillari, qonun­qoidalari umum insoniy, ammo boriladigan marra bir xil bo‗lsa­da, uning yo‗llari har xildir.
3.Bozor turlari va tuzilishi
YUqorida qayd qilinganidek, bozor iqtisodiyoti deganda hozirgi rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiyot tushuniladi.
Tarixiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyotining ikki turi mavjud. Birinchisi - asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti. Bunday iqtisodiyotning asl namunasi 18-19 asrlarda bo‗lgan. Uning ba‘zi bir alomatlari rozir ham ushrab turadi.




Yovvoyi bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari



YAkka egalikdagi xususiy muklning hukumron bo‗lishi, mulkning ozshilik qo‗lida to‗planishi



Iqtisodiyotning stixiyali o‗sishi, ya‘ni iqtisodiy beboshlik va tartibsizlikning kuzatilishi



Noma‘lum bozor uchun ko‗r­ko‗rona ravishda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish, ularning sotilish yoki sotilmasligining noma‘lumligi



Raqobat kurashining qonun­qoidasiz, terror, zo‗ravonlik, qalloblik kabi g‗ayriinsoniy usullar bilan borishi



Tadbirkorlar o‗rtasidagi sherikshilik aloqalarining tasodifiy bo‗lishi



Davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi, undan chetlashib qolishi



Tartibsizlik natijasida kushli iqtisodiy tangliklar va bo‗rronlarning kelib shiqishi, iqtisodiy talafotlarning yuz berishi



Kishilarning o‗ta boy va o‗ta kambag‗allarga ajhalib qolishi, ular o‗rtasidagi sinfiy kurashning mavjudligi, ijtimoiy muvozanatning yo‗qligi

Bunday iqtisodiyotni asov daryoga tenglashtirish mumkin. Asov daryo tartibsiz oqadi, uning o‗zaklari tez o‗zgarib turadi, uning suvini tartibga soluvchi to‗g‗onlar, suv omborlari bo‗lmaydi. Bunday daryo nafaqat obi­hayot olib keladi, balki uning toshqinlari qirg‗oqlarni yuvib ketish bilan talafot ham keltiradi.
Ammo yovvoyi iqtisodiyot abadiy saqlanmaydi. U sivilizatsiyalashgan yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib boradi.




Taraqqiy etgan bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari



Asosiy bo‗lib hisoblangan xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham xarakatda bo‗ladi, mulkiy muvozanat yuzaga keladi.



Iqtisodiyotdagi beboshlik qattiq cheklanadi, iqtisodiyot tartiblanadi.



Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabga moslashadi, bozordagi noma‘lumlik aryon­aryon uchrab turadi.



Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga binoan ralol boradi, uning madaniy usullari qo‗llaniladi.



Iqtisodiyot sub‘ektlari (ishtirokchilari) o‗rtasidagi doimiy va uzoq davrga mo‗ljallangan, o‗zaro manfaatli sherikshilik aloqalari o‗rnatiladi.



Davlat iqtisodiy hayotga aralashadi, o‗z shora­tadbirlari bilan iqtisodiy tamoyillarning amal qilishi uchun sharoitlar yaratadi.



Iqtisodiyot tartiblanib turganidan shuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi yoki iqtisodiy tanglikdan tezda shiqiladi.



Iqtisodiyot yuqori darajada rivojlanganligi uchun jamiyat boy bo‗ladi, tadbirkorlik, shu sababdan, faqat foyda topish uchun emas, balki el og‗ziga tushish, obro‗­e‘tiborli bo‗lish uchun ham olib boriladi.



Iqtisodiyot ijtimoiy yo‗naltirilgan, ommaviy farovonlikni ta‘minlashdek aniq mo‗ljalga ega bo‗ladi.



Kishilarning iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi chegaralanadi, o‗ziga to‗q, o‗rtarol aholi asosiy ijtimoiy qatlamga aylanadi.

Shu boisdan jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o‗rtasida to‗qnashuvlarga o‗rin qolmaydi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o‗tish deganda sivlizatsiyalashgan iqtisodiyot sari borish tushuniladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling