Fanidan o„quv-uslubiy majmua


O„zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o„tishning asosiy xususiyatlari


Download 0.98 Mb.
bet30/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

5.O„zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o„tishning asosiy xususiyatlari


O‗zbekiston oldida ikki strategik-istiqbolda ko‗zlangan vazifa turadi. Uning biri - mustaqillikning iqtisodiy poydevorini yaratish. Ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga o‗tish.
Bozor islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o‗tishning nazariy modeli yaratildi. (Shu mavzuning 1-§ da qarab chiqildi).Bu modelda yangi iqtisodiyotga o‗tishning umumiy tomonlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islorotlarning asosiy yo‗nalishlari belgilanadi.Respublikada iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishning asosiy yo‗nalishlari quyidagilardan iborat:

  • mulkiy munosabatlarni isloh qilish;

  • agrar islohotlar;

  • moliya-kredit va narx-navo islohoti;

  • boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish; - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; - ijtimoiy islohotlar.

Iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishning bu asosiy yo‗nalishlari I.A.Karimovning «O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida» kitobida bayon qilib berilgan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning boshlang‗ish nuqtasi bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‗ladi.

Iqtisodiy mustaqillikka bozor mexanizmi orqali erishiladi, lekin uning O‗zbekistonda shakllanishi o‗ziga xos yo‗l bilan yuz bermoqda. Bu yo‗l bozor iqtisodiyotining umumiy tomonlarini e‘tirof etgan holda, O‗zbekistonning milliy xususiyatlarini hisobga oladi. Bu xususiyatlar quyidagilardir:

O‗zbekiston iqtisodiyoti kam rivojlangan bo‗lsa­da, uning ishonchli
saloriyati bor

O‗zbekiston
tabiiy va
Mehnat resurslariga boy diyor, uning saxiy yeri va Mehnatsevar
xalqi bor

Respublikamiz aholisining o‗sish sur‘atlari jadal, shu boisdan mehnat resurslari
tez ortib boradi

O‗zbekiston iqtisodiyotida mustaqillikning dastlabki yilarida qishloq
xo‗jaligining o‗rni katta bo‗lib, aholining katta qismi (60%) qishloq joylarda
istiqomat qilardi

O‗zbekiston sharqiy sivilizatsiyaga mansub mamlakat. Bu yerda sharqona iqtisodiy ko‗nikmalar,
ota­bobolardan
meros qolgan xo‗jalik yuritish
usullari bor

Bu xususiyatlar O‗zbekistonda bozor iqtisodiyoti sari borish yo‗lini tanlash uchun asos bo‗ldi. Bu yo‗l jahon tajribasiga tayangan holda, ammo mamlakatimizning milliy manfaatini, undagi real sharoitlarini hisobga olgan holda bozor iqtisodiyotiga o‗tishni bildiradi. Bu yo‗l bozor iqtisodiyotiga inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, tinchlik va xotirjamlik sharoitida, xalqni ijtimoiy rimoya qilish orqali sekin­asta, bosqichma­bosqich o‗tilishini ta‘minlaydi.
O‗zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‗tishning o‗ziga xos yo‗li Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan olg‗a surilgan besh tamoyilda ifodalab berildi:

  • iqtisodiyot siyosatdan ustuvor bo‗lishi va buning uchun iqtisodiyot mafkuradan xoli qilinishidir.

  • davlat bosh islorotshi bo‗lishi kerak. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o‗tish tartibsiz ravishda, o‗zibo‗larshilik asosida emas, balki davlat harbarligida amalga oshiriladigan islorotlar orqali yuz berishini bildiradi.

  • qonunlar va ularga amal qilinishining ustivorligini ta‘minlash. Bu tamoyil bozor iqtisodiyotiga o‗tish tartibli ravishda, hammaning keng jamoatshilik ishtirokida ishlab chiqqan davlat qonunlariga so‗zsiz rioya etishi orqali borishini bildiradi.

  • faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu iqtisodiyotga kuchli ta‘sir eta oladigan, xalqning ijtimoiy rimoyasini, uning faolligini ta‘minlaydigan, ijtimoiy adolatni yuzaga chiqaradigan siyosatni olib borishni anglatadi.

  • bozor iqtisodiyotiga sekin­asta, bosqichma­bosqich o‗tish. Bu tamoyil chuqur iqtisodiy islorotlarni shoshilmasdan, sobitqadamlik bilan amalga oshirishni talab etadi.

Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy – boshqaruv tuzilmalarining bir turidan butunlay boshqa yangi turiga o‗tish, iqtisodiy islorotlar strategiyasini ishlab shiqish va uning asosiy yo‗nalishlarini aniqlab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islorotlar – bu bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan shora-tadbirlar majmuidir. Iqtisodiy islorotlardan ko‗zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash va faoliyat qilishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularning ma‘naviy-axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlashdan iborat. Respublikada iqtisodiy islorotlarning huquqiy negizini yaratish bo‗yicha amalga oshirilgan ishlarning bir nechta yo‗nalishini ajratib ko‗rsatish mumkin.
Birinchi yo‗nalish – davlat va iqtisodiy mustaqillikning huquqiy negizlarini yaratish, davlatni boshqarish qoidalarini tartibga soluvchi qonunlarni qabul qilish. Boshqaruv tizimining yuqori va quyi darajadagi vazifalari aniq chegaralab qo‗yildi. Vakolatli rokimiyatning yagona to‗la huquqli organi bo‗lgan rokimlik instituti yaratildi, fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish sohasida fuqarolar yig‗ini joriy qilindi.
Ikkinchi yo‗nalish – tizimdagi o‗zgarishlarga, yangi iqtisodiy munosabatlarga va shu jumladan mulkchilik munosabatlariga asos bo‗ladigan qonunlar tizimini yaratish. Respublikada bu yo‗nalish bo‗yicha qabul qilingan qonunlarda mulkdorning huquqi tan olindi, xususiy mulkchilik huquqi e‘tirof qilindi, mulkchilikning barcha shakllari uchun teng sharoit yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirishning samarali mexanizmi ishlab chiqildi. qisqacha aytganda bozor munosabatlarining negizi bo‗lgan ko‗p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishning barcha huquqiy asoslari yaratildi.
Uchinchi yo‗nalish – xo‗jalik yuritishning va institutsional o‗zgarishlarning bozor sharoitlariga mos keladigan yangi mexanizmni yaratishga qaratadigan qonunlar. Bozor infratuzilmasini yaratish va uning faoliyatiga xos jarayonlarni tartibga solishni ta‘minlaydigan qonunlarni qabul qilishdan oldin, iqtisodiyotning turli sohalarida xo‗jalik yuritayotgan sub‘ektlarning huquq va iqtisodiy erkinlik borasidagi maqomini belgilab beradigan qonunlar qabul qilindi. Korxonalar to‗g‗risidagi qonun, kooperatsiya to‗g‗risidagi, derqon xo‗jaligi to‗g‗risidagi, xo‗jalik jamiyatlari va shirkatlari to‗g‗risidagi qonunlar shular jumlasidandir.
To‗rtinchi yo‗nalish – Respublikamizni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub‘ekti sifatida, ta‘riflovchi huquqiy normalarni yaratish. Bu yo‗nalishdagi qonunlarni qabul qilish natijasida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatdan yangi bosqish boshlandi.
Beshinchi yo‗nalish – kishilarning konstitutsion va yuridik huquqlarini, ijtimoiy kafolatlarini va aholini ijtimoiy rimoyalashni ta‘minlaydigan qonunlarni ishlab chiqish. Bu qonunlar bozor munosabatlariga o‗tish sharoitida aholining eng murtoj tabaqalari manfaatlarini qonun kuchi bilan rimoya qilishgagina emas, balki ularning ma‘naviy imkoniyatlarini namoyon qilish, islorotlar uchun mustarkam ijtimoiy zamin yaratishga ham imkon beradi. YUqorida qarab chiqilgan barcha qonunlarda bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini yaratish ham amaliy, ham iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishning huquqiy asosini tashkil qildi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling