Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI MAZMUNI VA UNGA O„TIShNING


Download 0.98 Mb.
bet27/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4-MAVZU. BOZOR IQTISODIYOTI MAZMUNI VA UNGA O„TIShNING
O„ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari, bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari, bozor turlari va tuzilishi, bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari, ularning farqlari va umumiy tomonlari, O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy xususiyatlari to‗g‗risida tushuncha va tasavvur hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Bozor iqtisodiyoti; bozor iqtisodiyoti ob‘ektlari; iqtisodiy plyuhalizm; narxlarning liberallashuvi; iqtisodiyotni erkinlashtirish bozor iqtisodiyotiga o‗tish modellari; sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti; «o‗zbek modeli».
Asosiy savollar

  1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.

  2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

  3. Bozor turlari va tuzilishi.

  4. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish yo‗llari, ularning farqlari va umumiy tomonlari.

  5. O‗zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‗tishning asosiy xususiyatlari 1.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari

Bozor iqtisodiyotining asl, lo‗nda ma‘nosi - iqtisodiyotni tashqaridan tartibga solish tajribasidan voz kechib, o‗zini o‗zi boshqaradigan mexanizm yaratishdir. Ana shu o‗zini o‗zi tartibga solib, yo‗naltirib, barqaror o‗sish sur‘atlarini ta‘minlab turadigan yangi bozor mexanizmi markazida inson turadi, inson omili yotadi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. yer yuzidagi ko‗pgina mamlakatlar har xil darajada va o‗ziga xos xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda.
Hozirgi dunyoda, ayniqsa, G‗arb mamlakatlarida iqtisodiyot haqida gap ketganda faqat bozor iqtisodiyoti tushuniladi. Hozirgi zamon nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda iqtisodiy xatti­harakatlarning erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning bozor mexanizmi orqali bir­biriga bog‗lanib muvofiqlashuvi tuchuniladi. Bozor iqtisodiyoti g‗oyat ko‗p qirhali va murakkab iqtisodiyotdir. Uning mohiyatini anglash uchun unga xos tub belgilarni yaxlitlikda olib qarash kerak. Bu belgilar shakllanib ulgurgan, aralash iqtisodiyotga aylangan bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga keladi, bu esa hozirgi eng rivojlangan mamlakatlarda aniq ko‗rinadi.

Bozor iqtisodiyotining quyidagi sub‘ektlari mavjud:

a) iqtisodiy mustaqil mulk egasi yoxud iste‘molchi bo‗lgan ayrim kishilar yoki guruhlar.

b) firma, korxona, xo‗jaliklar, ularda band bo‗lgan tadbirkorlar.

v) davlat, aniqrog‗i, davlatning barcha markama-idora tashkilotlari.

Bularga odatda yollanib ishlovshilar, yer egalari, kapital soriblari, ishlab chiqarish vositasi egalari kiradi. Ular tadbirkorlik qilmay, o‗z mulkidan daromad topadi yoki
yollanib ishlaydi

Ular foyda olish yo‗lida mustaqil ish yuritadilar, ishlab chiqarish omillarini ishga soladilar

Ular ham ishlab
chiqarish, ham iste‘mol bilan shug‗ullanadilar, bozor va unda qatnashuvshilar faoliyati ustidan nazorat qiladilar

Bozor iqtisodiyoti erkin tovar­pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, ijtimoiy mo‗ljalga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo‗nalishiga ega bo‗lgan va boshqarilib turuvchi iqtisodiyotdir. O‗ziga xos mulkiy munosabatlari, ijtimoiy yo‗nalishlari va tartiblanib turish usullari jihatidan bu tizim kapitalistik iqtisodiyotdan va tarixda mavjud bo‗lgan sobiq sotsialistik iqtisodiyotdan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari o‗zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, yer, kapital va boshqa vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadi. Ular o‗z navbatida ishlab chiqarish omillaridan foydalanib, tovar va xizmatlar yaratadilar, ularni taklif etadilar.
Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi-iqtisodiy plyuhalizm hisoblanadi, ya‘ni mulk shakllari va xo‗jalik yuritish usullarining turli­tuman bo‗lishidir. Turli shakllardagi mulklar erkin, yonma­yon, rech bir chegaralanmagan holda rivojlanadi. Turli mulklar muvozanatda bo‗lib, ayrim mulk shaklining hukumronligiga yo‗l berilmaydi. Xo‗jalik yuritish usullari ham har xil bo‗ladi. Yakka tartibda, jamoa­uyushmaga birikkan holda, sherikchilik­paychilik yoxud aksionerlik asosida, o‗z mablag‗iga yoki qarzga olingan mablag‗ga tayanib xo‗jalik yuritish, yer va boshqa vositalarni ijaraga olish va ishlatish kabilar birgalikda boradi.

Bozor iqtisodiyoti to‗g‗risidagi ushbu fikrlarni o‗zingizning kuzatishlaringiz asosida rivojlantiring.

Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiyotdir. Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi ishlab chiqarish omillari yoki yaratilgan tovarlarning mulk ob‘ekti bo‗lishi, mulkdorlarning esa mustaqillikka ega bo‗lishidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi o‗z tovarini yoki pulini o‗zi bilganisha ishlatadi. Bozor iqtisodiyoti erkin bo‗lganidan u har qanday iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Iqtisodiy monopolizm - korxona, tashkilot yoxud davlatning umuman iqtisodiyotda yoki uning biror sohasida tango hukumronlik qilishi. Iqtisodiyotdagi monopolizm ishlab chiqarishning o‗zida, savdo­sotiqda, kredit­bank tizimida yoki iste‘mol doirasida mavjud bo‗ladi. Iqtisodiyotdagi monopolizmning tayanshi muayyan mulk shaklining tango hukumronligidir. Bunday mavqe esa siyosiy xokimiyat va g‗oyaviy sohadagi monopolizmni yuzaga chiqaradi.

Iqtisodiy taraqqiyotga yo‗l o‗shish uchun iqtisodiyotdagi monopolizmni tugatish zarur, chunki monopoliya o‗z tabiatiga ko‗ra ishlab chiqarishda turg‗unlik paydo qiladi, hukumron mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay, foyda ko‗rishi mumkin, raqobatning yo‗qligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorda o‗z izmini o‗tkazishi mumkin. Monopoliya turg‗unlikni yuzaga chiqaradi, tashabbusni chegaralaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyoti u bilan chiqisha olmaydi. Mana shu jihatdan bozor iqtisodiyoti antimonopol yo‗nalishga ega.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‗zaro munosabatlar manfaatlarni ko‗zlagan holda o‗rnatiladi. Ish yuzasidan bo‗lgan munosabatlar (sheriklik) erkin shakllanadi. Turli ishlab chiqaruvchilar bir­biri bilan manfaatli aloqa o‗rnatadilar. Bozorda esa xaridor bilan sotuvshi bir­birini erkin tanlaydi. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo‗lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste‘molchi (xaridor) o‗z izmini o‗tkazadi, tovar va xizmatlarning sifatiga va narxiga qarab tanlab olish imkoniga ega bo‗ladi.
Bozor iqtisodiyotining yana bir belgisi narxlarning liberallashuvi, ya‘ni narx­navoning erkin tashkil topishidir. Tovarlar narxini davlat yuqoridan belgilamaydi, narx ayrim ishlab chiqaruvchi yoki iste‘molchi tazyiqi ostida shakllanmaydi. Narx bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan sotuvshining savdolashuviga binoan yuzaga keladi.
Bozor iqtisodiyoti moslashuvshan iqtisodiy tizimdir. U sharoit o‗zgarishlariga darhol javob beradi, nima yetishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta‘minlaydi. Uning muhim belgilaridan yana biri innovatsiyaga moyillikdir. U fan­texnika yangiliklarini darhol qabul qiladi, yangi tovarlarni, yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarish usullarini joriy etishni ta‘minlaydi, chunki bu raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko‗rish, obro‗­e‘tibor orttirish sharti bo‗lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to‗kinshiligini yuzaga keltiradi, ko‗pshilik tovarlardan eng yaxshisini tanlab olgan holda ehtiyojni qondirish imkonini beradi.
Ammo bozor iqtisodiyotini hamma dardga davo deb, uni haddan tashqari olqishlash unga xolisona baho berishdan yiroq. Uning o‗ziga xos muammolari, zaif tomonlari ham yo‗q emas. Bozor iqtisodiyoti millionlab ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilarning faoliyati bo‗lganidan unga tarqoqlik va xudbinlik (egoizm) ham xos. U o‗z­o‗zidan davlat va jamoatshilik ishtirokisiz tabiatni murofaza etish, ekologik muvozanatni ta‘minlashni yuzaga shiqarmaydi. Jamiyat uchun zarur bo‗lgan, lekin xarajatlar qaytimi sekin bo‗ladigan, katta mablag‗ talab qiladigan inshootlar va binolarning qurilishi rag‗batlantirmaydi. Darhol foyda keltirmaydigan, lekin ilm­ma‘rifat kelajagi uchun muhim bo‗lgan nazariy izlanishlarni ham rag‗batlantirmaydi. Bozor iqtisodiyoti ham sakrab-sakrab, siklli ravishda rivojlanadi, iqtisodiy yuksalishlar bilan birga inqiroz va tanglik ham paydo bo‗ladi. Bozor iqtisodiyotining ham, har qanday iqtisodiyot kabi, o‗z rivojlanish qonunlari mavjud. Unga xos qonunlar tizimini ikki guruhga bo‗lish mumkin:

  1. umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotida ham amal qilishda davom etgan

qonunlar;

  1. faqat bozor iqtisodiyotining o‗ziga xos bo‗lgan qonunlar. Bozor iqtisodiyotiga xos bo‗lgan tub belgilar sekin­asta shakllanib, pirovard natijada yaxlit iqtisodiy tizimni hosil etadi. Bu jarayon murakkab bo‗lganidan, uzoq davom etadi. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish XX asrga xos bo‗lgan umumbashariy, ya‘ni umumjahon voqeligidir. Bozor iqtisodiyotiga o‗tish kishilarning xorish irodasi emas, balki, ob‘ektiv zaruratdir. Insoniyat tajribasi ko‗rsatganidek, hozirgi zamon bozor munosabatlari zaminidagina ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish, ko‗plab va sifatli tovarlar yaratish, ularga bo‗lgan talabni qondirish, tejamli xo‗jalik yuritish, to‗kinshilik yaratib, xalqni farovon turmush sari yo‗llash, ralol va samarali Mehnatni qadrlash, adolatni o‗rnatish mumkin. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag‗bat kuchi jamlanganki, u muttasil iqtisodiy o‗sish va ijtimoiy rivojlanishni ta‘minlaydi. Xalqaro tajriba ko‗rsatganidek, bozor iqtisodiyotiga o‗tishning ikki shakli yoki modeli mavjud. 1) G‗arbiy yevropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‗li; 2) mustamlakashilikdan ozod bo‗lib, mustaqil taraqqiyot yo‗liga o‗tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‗li.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling