Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Qiymat va uning mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati


Download 0.98 Mb.
bet24/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3.Qiymat va uning mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati.
Qiymat deganda mahsulot ishlab chiqarishga sarf etilgan mehnat miqdori tuchuniladi. Mehnat sarflari jonli (ish kuchi sarflari) va buyumlashgan (ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va r.k.) turlarga ajratiladi. Binobarin, ―tovarning qiymati‖ deganda, uni ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar tushuniladi.
Ishlab chiqaruvchining har doim xarakat qilishiga, yangiliklarga intilishiga, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishga nima undaydi? Bu savolga qiymat qonuni javob beradi.
Ushbu fikrni rivojlantiring: Qiymat qonuniga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Bu qiymatning miqdori ijtimoiy zaruhiy Mehnat sarflari bilan o‗lshanadi.
Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talabi ishlab chiqaruvchi kam Mehnat sarflab, ko‗p va sifatli tovar ishlab shiqargandagina, ya‘ni kishilarning talab va ehtiyojini to‗laroq qondirgandagina foyda ko‗rib ishlashi mumkin, aks holda sinadi. Demak, qiymat qonuni ijtimoiy Mehnatni hisobga olish, tartibga solish, vaqtni tejash va rag‗batlantirish vazifalarini bajaradi.
Qiymat qonunining amal qilishi oxir­oqibat ishlab chiqaruvchilarning tabaqalashuviga olib keladi. Tabaqalashuvning kechishi faqat sarf­xarajatlardagina emas, shuningdek, bozor talabini hisobga olishga, unga moslasha bilishga ham bog‗liqdir. Shunga ko‗ra, qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini o‗stirib borishga yoki boshqa bir tovar ishlab chiqarishga o‗tish uchun rag‗batlantiradi.
Demak, qiymat qonunining yana bir vazifasi-tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtirishdir. Bozordagi tovar bahosi asosida qiymat yotadi. Shunga ko‗ra qiymat qonuni baholar qonuni sifatida ko‗rinadi. Lekin qiymat qonunining vazifasi baho qiymat bilan teng bo‗lganda ham, farq qilganda ham amalga oshaveradi. Chunki eng yuqori unumdorlikka erishgan tovar ishlab chiqaruvchilar, bir muncha vaqt yuqori daromad olib turishlari mumkin, lekin bu bilan ularning arvoli butunlay kafolatlangan deb bo‗lmaydi. Agar ular texnik va tashkiliy yangiliklarni, ko‗proq samara beradigan ishlab chiqarish yo‗llarini muntazam qidirib topib, ishlab chiqarishga qo‗llab turmasalar, bir muncha vaqtdan keyin o‗z ustunliklaridan ajhalib qolishlari mumkin.
Shunga ko‗ra, qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni Mehnat sarfini kamaytirish yoki kamaytirmaslikni tanlab olish erkinligidan marrum qiladi. Ular doimo iqtisodiy tazyiq ostida bo‗ladilar va doimo ish vaqtini tejash imkoniyatlarini axtarish bilan shug‗ullanishga majburdirlar. Tarix tajribasi­qiymat qonuni yaratadigan rag‗batlar va tazyiq g‗oyat samarali ekanligini ko‗rsatadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling