Fanidan o„quv-uslubiy majmua


-MAVZU. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANIShI VA BOZOR


Download 0.98 Mb.
bet22/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3-MAVZU. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI RIVOJLANIShI VA BOZOR
MUNOSABATLARINING ShAKLLANIShI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda tovar ishlab chiqarishga o‗tish jarayoni shartsharoitlari, tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari, qiymatning Mehnat nazariyasi hamda uning ahamiyati, pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari kabilar to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Natural ishlab chiqarish; tovar ishlab chiqarish; tovarning iste‘mol qiymati; tovar qiymati; aniq Mehnat; abstrakt Mehnat; umumiy ekvivalent; pulning vazifalari; qiymat o‗lshovi; muomala vositasi; jamg‗arish vositasi; qiymat qonuni. Asosiy savollar 1. Tovar ishlab chiqarishga o‗tish jarayoni shart-sharoitlari.

  1. Tovar va tovar ishlab chiqarishning xususiyatlari.

  2. Qiymatning Mehnat nazariyasi. Uning ahamiyati.

  3. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari.

1.Tovar ishlab chiqarishga o„tish jarayoni shart-sharoitlari


Tovar­pul munosabatlari - bozor iqtisodiyoti mohiyatini tashkil etuvchi munosabatlar:
tovar ishlab chiqarish, tovarlarni ayriboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarning yaxlitligidir.Kishilik jamiyati rivojlanishida tovar ishlab chiqarishdan oldin natural ishlab chiqarish mavjud bo‗lgan.Natural ishlab chiqarish tarixan ibtidoiy jamoa tuzumida mavjud bo‗lgan, ammo u rozirda ham primitiv tipdagi an‘anaviy iqtisodiy tizimlarda ham mavjud bo‗lishi mumkin. Natural xo‗jalikda mahsulotlar bozorda sotish uchun emas, balki xo‗jalikning o‗zida uning xodimlari va yaratuvshilari iste‘moli uchun ishlab chiqarilgan. Natural ishlab chiqarish alohidalashgan xo‗jaliklardan iborat bo‗lgan. Bu esa natural ishlab chiqarishga chegaralanganlik xos ekanligini ko‗rsatadi va iqtisodiy jarayonlarni bir doirada qat‘iy mardudlab qo‗ygan, tashqi aloqalarning shakllanishiga yo‗l qo‗ymagan. Natural xo‗jalikda xom ashyoni topishdan tortib, mahsulotni tayyor xolga keltirishgasha bo‗lgan ishlarni alohida xo‗jaliklarning o‗zi bajargan. Ishlab chiqarish qo‗l mehnatiga asoslangan. Bu esa natural xo‗jalikka bir qancha asrlar davomida universal qo‗l mehnati xos bo‗lganligini ko‗rsatadi. Ishlab chiqarishning natural shakli ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlarining shunday darajasiga xosdirki, bunda ishlab chiqarishning asosiy maqsadi nihoyatda shegaralangan hamda hajmi katta bo‗lmagan va tarkibi jihatidan deyarli bir xil bo‗lgan ehtiyojlarni qondirishga bo‗ysundirilgan.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi natijasida natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish unumdorligining o‗sishiga mukammalroq ishlab chiqarish vositalarini qo‗llashga sharoit yaratadigan tovar xo‗jaligi vujudga kelgan, uning kurtaklari ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi davrida vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish shunday xo‗jalik tizimidirki, bunda mahsulot yakka, alohida ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab shiqariladi va ularning har biri biron xil mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashadi, natijada ijtimoiy talabni qondirmoq uchun mahsulotni bozorda sotish va sotib olish zarur bo‗ladi. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va mavjud bo‗lishining ijtimoiy­iqtisodiy asoslari-ijtimoiy Mehnat taqsimoti ishlab chiqaruvchilarning alohidalashuvi, ularning iqtisodiy mustaqilligidir. U yoki bu jamiyatda tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy­iqtisodiy mohiyati, tutgan o‗rni, rivojlanganlik darajasi va amal qilish chegarasi shu jamiyatning mulkiy munosabatlariga va ishlab chiqarish ixtisoslashuvining teranlik darajasiga bog‗liq bo‗ladi.
Tovar bozorning asosiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Tovar inson mehnati natijasida bozorda ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan mahsulot. U insonning ma‘naviy, jismoniy, ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondiradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling