Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati


Download 0.98 Mb.
bet18/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

3.Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati


Har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mehnat orqali avloddan­avlodga o‗tgan boyliklar va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‗lib kelgan. Mulk egasi bo‗lish yoki bo‗lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqei, ularning ijtimoiy maqomi yuzaga keladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Mulkchilikning qay darajada rivojlanganligi mamlakat iqtisodiy ravnaqini ko‗rsatib beradi.
Mulkchilik munosabatlari ­ jamiyatdagi boyliklarni o‗zlashtirish xususidagi iqtisodiy munosabatlar. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik o‗rtasidagi munosabat, ikkinchidan, boylik yuzasidan kishilar o‗rtasidagi munosabat. Mulkchilik o‗zlashtirish borasidagi munosabat bo‗lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini taqozo etadi. Mana shu uch jihat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir. Egalik qilish - mulkdorlik huquqining mulk egasi qo‗lida saqlanib turishidir. Egalik sharoitida mulk bo‗lgan boylik qisman o‗zlashtiriladi. Mulkka egalik saqlangan xolda, uni amalda ishlatish o‗zga qo‗lida bo‗ladi. Buning oqibatida mulkdan kelgan naf ikki qismga ajraladi: bir qismini mulkdor, ikkinchisini mulkni amalda ishlatuvshi o‗zlashtiradi. Foydalanish, ishlatish-mulk bo‗lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‗llab, xo‗jalik jarayoniga kiritib, undan natija olish. Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi. Mulkdor o‗z mulkini o‗zi ishlatganda egalik qilish va foydalanish bir qo‗lda bo‗ladi. YA‘ni mulkdor Mehnatidan topgan foydani o‗zi o‗zlashtiradi.
Tasarruf etish - mulk bo‗lgan boylik taqdirini mustaqil ral etish, ya‘ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab­avaylab ko‗paytirish yoki uni yo‗qotib yuborishdan iborat xatti­xarakatlarni amalga oshira bilishdir. Mulkdor o‗z mol­mulkiga nisbatan qonunga zid bo‗lmagan har qanday xatti­xarakatlarni qilishga raqlidir. U mulkdan qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo‗jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshira oladi.
Monoiqtisodiyot poliiqtisodiyotning tarixiy o‗tmishdoshidir. Uning doirasida har xil tizimlar amal qilgan. Kapitalistik monopolizmda jamiyatning bir toifasi mulk egasi, ikkinchi toifasi mulksiz bo‗lganidan ular o‗rtasida ekspluatatsiya munosabati paydo bo‗ladi.
Ishlab chiqarishdan bevosita maqsad-boylik orttirish bo‗lganidan monoiqtisodiy tizimni insonparvar deb bo‗lmaydi. Bu yerda insonning talab­ehtiyoji, boylik orttirishdek maqsadga bo‗ysunadi. Xususiy mulkchilikka tayangan kapitalistik monoiqtisodiyot o‗zining o‗tmishdoshlari bo‗lgan tizimlarga nisbatan afzal tomonlarga ega edi. Eng muhim afzalligikapitalizmning Mehnat unumdorligini o‗stira olish qobiliyatidir. Ammo uning bu imkoniyati sheksiz emas, bu imkoniyat tugallana borishi bilan monoiqtisodiyot inqirozga yuz tutib, boshqa tizim-poliiqtisodiyot zaruratga aylanadi. Shunday rivojlanish monoiqtisodiyotning sotsialistik turiga ham xos.

Ushbu fikrga yaqin o‗tmishdan misollar keltiring va asoslang

Totalitar­rejali iqtisodiy tizimning asosiy belgilari iqtisodiyotni har taraflama davlatlashtirishdan kelib chiqadi. Davlat mulki eng afzal, eng oliy mulk, rejali xo‗jalik eng ustun xo‗jalik, faqat sotsialistik tizim xalqqa farovonlik bera oladi, degan ta‘limot hukumron bo‗ladi. Davlat mukining zo‗rovonligi natijasida, jamoa mulkiga yuzaki ruxsat berilsa­da, u amalda davlatlashtiriladi.

Kapitalistik monotizim industrial ishlab chiqarishdek moddiy bazani yaratganligi uning tarixiy o‗rnini belgilaydi. Kapitalistik monotizim yeshib ulgurmagan jamg‗arish muammosini totalitar sotsialistik tizim bajaradi. Totalitar tizim ham yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni yaratishdek vazifani bajargash, uni boshqa demokratik iqtisodiy tizim bilan almashtirish zarurati o‗z­o‗zidan paydo bo‗ladi.
Hozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu tabiatan aralash iqtisodiyotdir. U turli xildagi iqtisodiy munosabatlarning qorishmasidan iborat, lekin uning asosi bozor munosabati, bu mazmunan poliiqtisodiy tizim hisoblanadi. Uning bir qator muhim belgilari mavjud.

Mulohaza uchun matn

Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi, qo‗l Mehnatiga o‗rin qolmaydi, g‗oyat unumli mashinalar ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi Mehnat unumi va shunga ko‗ra moddiy to‗kinlik ta‘minlanadi. Aralash iqtisodiyotda mulkiy monopoliyaga o‗rin qolmaydi, aksincha bu yerda xilma­xil mulkchilik qaror topadi. Aralash iqtisodiyot ko‗p ukladli, ko‗p sektorli iqtisodiyotdan iborat. Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va davlat mulki.

Aralash iqtisodiyotga daromadlar ishlab chiqarishning o‗zida taqsimlanib, yuqori ish haqi berilishi xosdir. Aralash iqtisodiyot insoniy bo‗lganidan ishlab chiqarishning xalq iste‘molini bevosita qondiruvshi sohalari ustivor rivoj topadi.
Aralash iqtisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi mol­mulki rissasining ortib borishidir. Aralash iqtisodiyotda ekspluatatsiya dastlab sheklansa, keyinchalik tugatiladi. Aholining asosiy qatlamlari mulk egasi bo‗lganidan va to‗q yashaganidan ularda revolyutsiya yo‗li bilan o‗zgalar mulkini tortib olishga moyillik bo‗lmaydi. Aralash iqtisodiyotda ham iqtisodiy o‗sish jamg‗arishni davlat va tadbirkorlar bilan birga oddiy fuqarolar ham qatnashadi. Milliy daromadning tobora katta qismi aholiga tekkanidan, aholi jamg‗armada faol ishtirok etish imkoniga ega bo‗ladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling