Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet17/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

12. www.узa.у


2-MAVZU. IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMLAR
VA MULKChILIK MUNOSABATLARI
Darsning o„quv maqsadi: talabalarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati, mulkchilik shakllari, mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari hamda O‗zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlari to‗g‗risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Ijtimoiy­iqtisodiy tizim; monostruktuhali tizim; poliiqtisodiyot; aralash iqtisodiyot; ko‗p ukladli iqtisodiyot, mulkchilik munosabatlari, mulkchilik shakllari, mulk ob‘ektlari, mulk sub‘ektlari.
Asosiy savollar 1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari.

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar.

  2. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati.

  3. Mulkchilik shakllari. Mulk ob‘ektlari va sub‘ektlari.

  4. O‗zbekistonda mulkchilik munosabatlarining qaror topishi va rivojlanish xususiyatlari.

1.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari va bosqichlari
Har bir tizim ma‘lum davrda amal qilib, o‗z imkoniyatlarini tugallagash, uning o‗rniga yangi tizim keladi, u ham eskirib o‗z o‗rnini boshqasiga bo‗shatib beradi. Tizim – bu jamiyatning ijtimoiy­iqtisodiy tuzilishi, uni tashkil etuvchi, bir­birini taqozo etuvchi, o‗zaro ta‘sir o‗tkazuvshi unsurlarning majmui bo‗lib, bunda unsurlar birgalikda amal qiladi, natijada ayrim unsurlarga xos bo‗lmagan umumiy xususiyatlar paydo bo‗ladi. Tizim – bu har xil unsurlar ta‘sirida paydo bo‗ladigan umumiylikdir.
Tizim tarkibiga ishlab chiqarishning shaxsiy­insoniy va moddiy­ashyoviy omillari kiradi, ularning bir­birini taqozo etishga asoslangan yaxlitligi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari deb yuritiladi. Ijtimoiy­iqtisodiy tizimga iqtisodiy faoliyat natijasi bo‗lgan ijtimoiy, ya‘ni jamiyat miqyosida yaratilgan mahsulot ham kiradi.
Hamma tizimlarda mehnat taqsimoti yuz berib, mehnat, birinchidan, ixtisoslashadi; ikkinchidan, mehnat turlari bir­biri bilan bog‗lanib, bir­birini to‗ldiradi. Natijada mashg‗ulot jamiyatdagi o‗zaro bog‗langan Mehnat turlarining natijasi bo‗ladi. Hamma tizimlarda mehnat turlari o‗rin almashadi, kishilar bir mehnatdan boshqa mehnatga o‗tadilar, o‗z kasbini o‗zgartiradilar. Qayerda bo‗lmasin mehnat malaka va mahoratni talab qiladi. Turli tizimlarda, ularni tashkil etuvchi unsurlar bir xil bo‗lsa­da, ularning o‗zaro bog‗lanishi har xil bo‗ladi. Shunday bog‗lanishlar orasida ishlab chiqarish omillarining birikishi mulkiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Tizimda omillarning birikish usuli asosiy o‗rin tutadi, shu jihatdan tizimlar farqlanadi.
Turli tizimlarga baho berilganda ularning xalq farovonligi uchun nima bera olganligi bosh mezon bo‗ladi. Hozirgi taraqqiyot bosqishida turli tizimlarning samarali ekanligini xalq farovonligining o‗sishi ko‗rsatib turadi. Farovonlikni oshirish, bilish qobiliyati tizimning yashovshanligi yoki uning boshqasi bilan almashuvi zarurligini bildiradi. 2.Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
Insoniyat taraqqiyoti turlisha ijtimoiy­iqtisodiy tizimlar doirasida keshadi, ularning o‗rtasida: albatta, muhim farqlar bor. Turli tizimlar tahlil etilganda, ularni farqlantiruvshi mezonlar asos qilib olinadi, bular ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, mulkiy munosabatlarning xarakteri, xo‗jalik­iqtisodiy aloqalar mazmuni, xalq iste‘moli darajasi, sinfiy belgilar va r. k. Tizimlar turli nazariyalarda har xil mezon asosida tabaqalashtiriladi. Marksizm nazariyasida mulkiy­sinf mezonlar asos qilinib, tizimlar formatsiya deb qaraladi. Marksizm ta‘limotiga ko‗ra besh formatsiya mavjud: ibtidoiy­jamoa tuzumi, quldorlik, feodalizm, kapitalizm va nihoyat kommunizm.
Asrimizning 60­yillarida marksizmni almashtira oladigan ta‘limot sifatida «rivojlanish bosqishlari» nazariyasi paydo bo‗ldi. Mazkur nazariya tizimlarni tahlil etishda ishlab chiqaruvchi kuchlarning yetuklik darajasini mezon qilib oladi. Bu nazariya mualliflari jamiyatni ikki tipga bo‗lishadi: an‘anaviy jamiyat, industrial jamiyat. Shunga monand ravishda iqtisodiy rivojlanishning olti bosqishi ajratiladi: traditsion jamiyat, o‗tkinshi jamiyat, industrial jamiyatga o‗tish, industrial jamiyat, ommaviy iste‘mol jamiyati, yangi turmush sifati bor jamiyat.

Mulkiy jihatdan qaraganda ijtimoiy­iqtisodiy tizimlarni ikki toifaga ajratish mumkin.

Monostruktuhali
(bir tarkibli) tizimlar. Bu tizimlarning asosiy belgisi bir mulk shaklining hukumron bo‗lishidir. Bu yerdagi mulkiy monopoliya xususiy mulk yoki davlat mulkining hukumronligi bilan ajhalib turadi. YAkka mulkka tayangan iqtisod monotizim yoki monoiqtisodiyot bo‗ladi.

Turli­tuman mulk shakllariga tayangan, ayrim mulk shaklining ustivorligini inkor etuvchi ijtimoiy­iqtisodiy tizimlar. Ularni politizm, ularga xos iqtisodni poliqtisodiyot deyish mumkin. Bunday tizimda mulkiy muvozanat hosil bo‗ladi, hamma mulk shakllari rivojlanish sharoiti bir xil bo‗ladi. U har qanday monopoliyani inkor etadi. Poliiqtisodiyot mazmunan aralash iqtisodiyotdir. Monoiqtisodiy tizim tarixan muqarhar bo‗lganidek, uning o‗rniga poliiiqtisodiy tizimning kelishi ham zaruratdir.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling