Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet13/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Q o n u n l a r




Umumiqtisodiy qonunlar

Formatsion­maxsus qonunlar

Davriy­oraliq qonunlar

Jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiyotning aniq
ijtimoiy shaklidan qat‘i nazar amal qiluvchi qonunlar

Maxsus iqtisodiy qonunlar
– faqat muayyan ijtimoiyiqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi, shu
tizimning o‗ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlar

Bu turli ijtimoiy­iqtisodiy tizimda, ammo ma‘lum davrda amal
qiluvchi tizimlarning maxsus tuzumiga aloqasi bo‗lmagani
holda, ularni birlashtirib bog‗lab
turuvchi munosabatlarga xos
qonunlar

Iqtisodiyot nazariyasi kategoriya va qonunlarni ular qaysi guruhga mansub bo‗lmasin, yaxlitlikda olib qaraydi, qonunlarni bir tizimda o‗zaro ta‘sir ostida amal qilishini hisobga oladi. Kategoriya va qonunlar tizimi – iqtisodiyotga xos bo‗lgan barcha, bir­birini taqozo etuvchi qonunlar va kategoriyalar majmuasidir.
3.Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari
Iqtisodiyot nazariyasi hodisalarni bilishga bag‗ishlangan umumfalsafiy usullarni qo‗llaydi. Eng avval iqtisodiyotni aks ettiruvchi, uni talqin etishga yordam beruvchi ma‘lumotlar (faktlar) jamlanib baholanadi. Jamlangan ma‘lumotlarga bir qator belgilariga ko‗ra umumiy tarzda baho beriladi. Natijada dastlabki sinab ko‗rilmagan xulosa ­ gipoteza olg‗a suriladi. Faktlarni tartiblab xulosaga kelishda abstraksiyalash usuli asosiy usul bo‗lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi tabiiy­texnikaviy fan emas; u o‗z gipotezalarini tajribalar yoxud laboratoriya tahlili orqali tekshirib ko‗rmaydi. U ijtimoiy fan, u iqtisodiyotdagi g‗oyat ko‗p qirhali, chirmashib ketgan aloqa­bog‗lanishlarga duch keladi. Abstraksiyalash - bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir. Iqtisodiyot nazariyasi predmetini o‗rganishdagi uchinchi bosqich - bu nazariyani iqtisodiy siyosat bilan bog‗lashdir. Nazariya iqtisodiyotga qanday tendensiyalar xos bo‗lishi, uning qanday omillari ta‘sirida rivojlanishi, unda qanday o‗zgarishlar bo‗lishini bashorat eta oladi. Shu sababli nazariya – iqtisodiy siyosatning ilmiy asosi deb aytish mumkin. Siyosat deganda nafaqat davlatning umummilliy, umumjamiyat miqyosidagi siyosatni, balki ayrim korxona, firmaning amaliyoti dasturini, uning qanday ratti­xarakatga qo‗l urishini ham tushunish zarur.
Nazariyada induktiv va deduktiv usullar ishlatiladi. Induktiv usul deganda empirik bilimdan abstraksiyaga o‗tib, nazariy xulosalar chiqarish, so‗ngra ulardan iqtisodiy siyosatga o‗tishni tushunish kerak. Deduktiv usuli qo‗llanganda nazariyadan iqtisodiy faktlar tahliliga o‗tiladi. Bunda olg‗a surilgan xulosa qaytadan faktlar asosida tekshirib ko‗riladi. Har ikkala usul bir­birini to‗ldiradi. Nazariy xulosalar ikki - makro va mikro darajadagi iqtisodiy tahlildan kelib chiqadi. Iqtisodiyot o‗rganilganda miqdor va sifat tahlili qo‗llanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qonuniyatlarni bayon etish uchun egri chiziq chizmalari, statistik jadvallar qo‗llanadi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling