Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Download 0.98 Mb.
bet11/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

Mavzuni o„rganish bilan bog„liq tayanch iboralar


Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy kategoriyalar, umumiqtisodiy kategoriyalar, formasion­maxsus kategoriyalar, davriy­ohaliq kategoriyalar, iqtisodiy qonunlar, induktiv va deduktiv usullar, umumiqtisodiy fanlar, xususiy iqtisodiy fanlar, moddiy ehtiyojlar, ijtimoiy­ma‘naviy ehtiyojlar, Mehnat ehtiyoji, ehtiyojlarning yuksalishi, ehtiyojlarni qondirish vositalari.
Asosiy savollar

  1. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti.

  2. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar.

  3. Iqtisodiyot nazariyasining tahlil usullari.

  4. Iqtisodiyot nazariyasi va boshqa iqtisodiy fanlar.

  5. Ijtimoiy­iqtisodiy ehtiyojlarning mohiyati va turlari.

  6. Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari.

1.Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar diqqatini jalb qilib kelgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, iqtisodiyot nazariyasini o‗rganish barcha davrlarda - Aristotel va Ksenofondan tortib to bugungi kunga qadar kishilar iqtisodiy faoliyati va xo‗jalik yuritish qonunlarining harakatlantiruvchi kuchlarini bilishning ob‘ektiv zaruhiyatini amalga oshirishdir.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqich - bu merkantilizmning yuzaga kelishidir.
Merkantilistlar ta‘limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan ta‘rifdan iborat (ularning xizmati shundaki bu to‗g‗rida birinchi bo‗lib fikr bildirganlar). Ular o‗z davrining shart-sharoitlari, boylikni qo‗lga kiritish omillarini o‗rganib, boylikning manbai muomala sohasidadir, boylikning o‗zi esa pulda ifodalanadi, degan mazmunda xulosalar chiqarganlar.
Siyosiy iqtisodning rivojlanishidagi yangi bosqich fiziokratlar misolida ko‗rinadi, ular yirik yer egalari manfaatlarini himoya qiluvchilar bo‗lib maydonga kelganlar. Mazkur yo‗nalishning bosh vakili va tashkilotchisi Fransua Kene (1694­1774) dir. Uning ta‘limotida boylikning manbai faqat dehqonchilikdagi mehnatdir, deb hisoblanadi.
Iqtisodiyot fani keyingi bosqichda A.Smit (1723­1790) va D. Rikardo (1772­1823) asarlarida yanada rivojlantirildi. A.Smit iqtisodiy fikrlar tarixiga mumtoz (klassik) siyosiy iqtisodning asoschisi sifatida kirib keldi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab marjinalizm (Inglizcha ―margin‖ so‗zidan olingan bo‗lib, ―chegara‖, ―chetki‖, ayrim hollarda ―oxirgi qo‗shilgan», degan ma‘nolarni beradi) oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger, Fon Vizer, Bem Bavek va boshqalar bo‗lib, ular tomonidan «qo‗shilgan tovar nafligi, qo‗shilgan mehnat yoki resurs unumdorligi» nazariyalari ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‗lgan talab va uning bahosi o‗rtasidagi bog‗liqlik hamda o‗zaro ta‘sirni tahlil qilishda keng qo‗llaniladi.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, YUsuf Xos Rojib, Alisher Navoiy va boshqa dunyoga mashhur mutafakkirlar nomlari bilan bog‗liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan ajralmagan bo‗lsa­da, katta ahamiyatga ega edi. Forobiy va Ibn Sino qarashlarida insonning ehtiyojlari to‗g‗risidagi ta‘limot markaziy o‗rinni egallaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to‗laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo‗llarini izlash sharoitida kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o‗rganish bilan shug‗ullanuvchi fandir.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to‗g‗risidagi fan bo‗lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Ishlab chiqarish munosabatlari - bu hayotiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonida kishilar o‗rtasida ob‘ektiv yuzaga keladigan munosabatlardir.
Iqtisodiyot nazariyasi tarkiban o‗z ichiga mikroiqtisodiyot (alohida iqtisodiy sub‘ektlarning hatti­harakati) va makroiqtisodiyot (butun milliy iqtisodiy tizim hatti­harakati va amal qilishi)ni oladi. Uning tarkibida yana mezoiqtisodiyot (milliy iqtisodiyotning alohida kishik tizimlari yoki xalq xo‗jaligi tarmoqlari hatti­harakati) va supermakroiqtisodiyot (butun jahon iqtisodiyotining hatti­harakati)ni ajratib ko‗rsatish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi - iqtisodiy hodisalarning shunchaki talqinini berish emas, balki ularning o‗zaro bog‗liqligi va o‗zaro aloqadorligini ko‗rsatish, ya‘ni iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini yoritib berishdan iborat. Shu bilan u boshqa aniq iqtisodiy fanlardan farq qiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling