Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari


Download 0.98 Mb.
bet15/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

6.Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari
Yuksalib bohayotgan ehtiyojlarni qondirishning birdan­bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ammo mahsulot va xizmatlarni yaratishning o‗zi hali ehtiyoj qondirilganini bildirmaydi.
Yaratilgan moddiy va nomoddiy ne‘matlar iste‘molga yetib borgandagina bunga erishiladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilarning o‗zlari iste‘mol etishlari shart emas, bu ko‗p hollarda yuz bermaydi ham. Shu sababli ular ayrboshlash orqali iste‘molga kelib tushadi, ya‘ni iste‘molchilarga kerakli mahsulotlar ayrboshlanib, ehtiyoj qondiriladi.
To‗xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart. Ammo resurslardan samarali foydalanish darajasi ularning kamyobliligi darajasiga teskari mutanosib bo‗ladi. Resurslar qisqargan sari ulardan to‗laroq foydalanish zarurati kelib chiqadi.

  1. Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama bo‗ladi:

  2. Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan ko‗proq iste‘mol buyumlari olishni talab qiladi.

  3. Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko‗p xildagi mahsulot olishni talab qiladi.

Resursning bir mahsulot uchun ko‗p sarflanishi, uni boshqa mahsulot ishlab chiqarishdan ko‗proq ajratib olishni talab qiladi.
Ehtiyojlarning uzluksiz yuksalishi iqtisodiy o‗sishning to‗xtovsiz borishini talab qiladi. Ehtiyojni to‗laroq qondirish uchun iqtisodiy o‗sish yuksak samarali bo‗lmog‗i zarur. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko‗paysa, ehtiyoj yaxshiroq qonadi va aksincha. Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir.
Ishlab chiqarish rivojlangan joyda ehtiyoj ham yaxshi qondiriladi. Uni iste‘mol hajmi ishlab chiqarishga bog‗liq ekanligidan ko‗rish mumkin.
Ehtiyojlarning naqadar qondirilib borishini turmush darajasi ifoda etadi. Turmush darajasi aholi ehtiyojlarining qondirilish me‘yoridir. U birinchidan, ehtiyojning yuksalishi, ikkinchidan, ishlab chiqarish uni qondirishga qanchalik qodir ekanligini bildiradi. Nazorat savollari 1. Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o‗rganadi?

  1. Iqtisodiy kategoriya va qonunlar tizimi nima?

  2. Iqtisodiyotni o‗rganishda qanday tahlil usulidan foydalaniladi?

  3. Iqtisodiy fanlar qanday guruhlarga bo‗linadi?

  4. Ehtiyoj tarkibining yangilanishi nimani talab qiladi?


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling