Boshqarishning ilmiy asoslari Reja


Download 163 Kb.
bet1/28
Sana04.11.2021
Hajmi163 Kb.
#170430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
бошкарув


Boshqarishning ilmiy asoslari

Reja:


  1. Boshqarish haqida umumiy tushuncha, boshqarish omillari.

  2. Menedjer modeli.

  3. Boshqaruv strategiyasi.

  4. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar

  5. Boshqaruv maqsadi turlari

  6. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati

  7. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari


Boshqarish haqida umumiy tushuncha, boshqarish omillari

Boshqaruv har qanday jamiyatga xos bо‘lgan, hayot va turmush zaruratidan kelib chiqadigan faoliyatdir. Bozor iqtisodi sharoitida bu faoliyat mohiyati yanada takomillasha boradi. Boshqarishning asosiy maqsadi - mehnat ahlining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishni va shu asnoda barcha ijtimoiy munosabatlarni taraqqiy ettirishdan iborat. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy guruhga bо‘lgan holda – moddiy va nomoddiy kо‘rinishlarni qayd etish mumkin. Nomoddiy boyliklarga tashkilot miqyosidagi aqliy salohiyat va inson omili bilan bog‘liq bо‘lgan hamma yutuqlar kiradi.

Boshqaruv - taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bо‘lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Bu xususiyat ijtimoiy jamoa mehnatida, turmush va mehnat jarayonida kishilarning о‘zaro aloqada bо‘lishi, о‘z moddiy va ma’naviy faoliyatining mahsulotini almashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Mehnat hamma davrlarda ijtimoiy xarakterda bо‘lgan. Chunki, jamiyat qonunlari shuni taqozo etadi. Insonlar dunyoga kelib, ongli hayotlarini boshlashi bilanoq birgalikda ishlashga ehtiyoj sezganlar. Bu zarurat turli davrlarda turlicha kechgan. Barcha davrlarga xos yagona xususiyat boshqaruv jarayoni bilan izohlanadi. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida jamiyatning alohida qobiliyat va bilimlarga ega bо‘lgan kishilar tomonidan boshqarilishiga ehtiyoj paydo bо‘la boshladi. Keyinchalik boshqaruvchi kishilar soni kо‘paya borib, alohida ijtimoiy guruhga, sо‘ng tabaqaga aylandilar. Bu ijtimoiy tabaqa kengayib, davlat deb nomlanadigan boshqaruv organi paydo bо‘la boshladi.


Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling