Taqriz: Abdulla Qahhor. "Muhabbat"


Download 15.04 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.04 Kb.
#1491439
Bog'liq
Taqriz1


Taqriz: Abdulla Qahhor. "Muhabbat"

Bu qissani o'qib chiqar ekanman, tushundimki, hayotda mol-dunyoga berilgan va shu o'tkinchi narsalar uchun hayotining mazmunini yo'qotgan insonlar baribir bir kun kelib tubanlik botqog'iga butunlay botar ekanlar.


Bu qissadagi qahramonlarning har birining o'ziga yarasha dunyosi bor. Misol qilib, Anvar obrazini oladigan bo'lsak, otasining o'limiga qadar hayotni faqat yorqin ranglarda ko'rgan, keyinchalik qora ranglar ham mavjudligini anglab yetgan yosh yigitni ko'rishimiz mumkin. Otasi vafotidan so'ng boylikka intilish bo'lmagan qalbida ozgina mehr va e'tiborga ehtiyoj sezadi va o'sha mehrni Muhayyodan topa oladi. 
Shu o'rinda Muhayyo obraziga to'xtaladigan bo'lsak, yuzi oyga timsol qilingan va shu bilan birga qalbi ham shunchalik go'zal bo'lgan bir qizni ilg'ab olamiz. Taqdirning og'ir zarbasini totib ko'rgan bo'lsada, mardlarcha hayot yo'lida davom etayotgani mening qalbimda unga bo'lgan qiziqish va hurmatni yanada orttirdi.
Asosiysi bu ikki beg'ubor qalb har doim har qanday qiyinchiliklarga qaramay, ya' ni Muborakxonimning andishasi ("it tekkan" iborasini qo'llashi, aslida bu bilan onaizor qizni kamsitishni emas, balki uyat va andisha tuyg'usi ustun kelganini bildirgandi.), mol-dunyoga o'ch "yosumanlar" va g'iybatga o'ch "ko'k pashshalar" ig'vosiga qaramay birga bo'lishga astoydil harakat qilishdi va niyatlariga erishishdi, va albatta bu yo'lda ularga Naimjon va Muattar kabi yaxshi insonlar ham yordam berishdi. Shu o'rinda Muattarga to'xtaladigan bo'lsak, ushbu asarda menga eng yoqqan obraz aynan shu bo'ldi, sababi ushbu qizda qat'iyatlilik, o'ziga bo'lgan ishonch va insonparvarlik hislatlarini o'zimda tuydim. Uni Marg'uba aytayotgan boylik ham, uy-joy ham qiziqtirmasdi, chunki u hayotda bundanda qimmatroq ne'matlar borligini juda yaxshi biladi va shu sababli ham ikki beg'ubor qalbga qo'lida kelgancha yordam berdi.
Shu o'rinda asardagi juda ko'pchilik insonlarning yuragiga mol-dunyo va nafsi tufayli ozor bergan, ayniqsa Hakimjonning qalbida chuqur yara qoldirgan Marg'uba obrazi orqali pul bilan baxtni sotib olib bo'lmasligini anglash mumkin. Sof sevgini xirsga alishtirgan va shu tufayli olti marotaba turmush qursada haqiqiy baxtni his qila olmagan, pul bilan baxtni sotib olmoqchi bo'lgan va oxir-oqibat hech kimga keraksiz odamga aylangan.
Xulosa qilib shuni ayta olamanki, hayotda har qanday to'siq bo'lmasin uni yengib o'tishga harakat qilish va barcha qiyinchiliklarga matonat ila bardosh bera olishlik bu maqsadga yetishning asosiy tayanchidir. Ushbu yo'lda shunchaki oson tarafga burilib qo'ya qolishlik esa Marg'uba kabi umrni shunchaki shamolga sovurish kabidir. Muhayyo va Anvar kabi oxiriga qadar kurashilsa esa baxt ko'shkiga yeta olish mumkin.
Download 15.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling