Fanidan o„quv-uslubiy majmua


Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari


Download 0.98 Mb.
bet25/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4.Pulning kelib chiqishi, mohiyati va funksiyalari


Tovar qiymati ishlab chiqarishda vujudga keladi, ammo faqat bozorda bir tovarni ikkinchisiga tenglashtirish orqali aniqlanadi.
Almashuv hozirgi zamon shakliga yetib kelgunsha bir qancha bosqishlarni bosib o‗tadi. Qiymatning eng elementar shakli bir tovar qiymatining boshqa tovarda gavdalanishidir. Qiymatning oddiy shakli ayirboshlashning endigina paydo bo‗lgan davriga to‗g‗ri keladi: bu vaqtda u hali tasodifiy xarakterga ega bo‗lgan. Masalan, 10 metr mato - 2 qop g‗alla. Bunda tovar ekvivalent rolini g‗alla o‗ynayapdi.
Mehnat taqsimoti va tovar ishlab chiqarishning o‗sishi almashinadigan tovarlar sonini ko‗paytiradi, qiymatning to‗la yoki kengaytirilgan shakli kelib chiqadi, almashish jamiyatda doimiy tus oladi. Endi tovar qiymati bir nesha tovarlarning qiymatlari bilan ifodalanishi mumkin bo‗ladi, ya‘ni 2 ta qo‗y ( 2 qop g‗alla yoki 25 metr shit yoki 3 ta bolta kabi.

Ushbu fikrni zamonaviy misollar bilan rivojlantiring

Qiymatning kengaytirilgan shakli asta­sekin uning umumiy shakliga aylanadi. Hamma tovarlar o‗z qiymatini bir tovarda aks ettira boshlaydi. Masalan: 8 qop g‗alla yoki 10 metr shit yoki 1 ta bolta yoki 1 ta qo‗y. yoki 2 gr oltin va rokazo. Bunda tovar-ekvivalent rolini bitta qo‗y o‗ynamoqda. Shu yo‗sinda umumiy ekvivalent kelib shiqqan va bu rolni o‗ynovshi tovarning asosiy vazifasi odamlarning shaxsiy ehtiyojini emas, ijtimoiy almashuv ehtiyojini qondirishdan iborat bo‗lib qoldi.

Xalqlarda va tarixning turli bosqishlarida ekvivalent vazifasini turli tovarlar bajargan. Ishlab chiqarishning yanada taraqqiy etishi, tovar almashuvining rivojlanib, savdo­sotiq ishlarining milliy doiradan chiqib ketishi, katta xalqaro bozorlarning paydo bo‗lishi, yagona umumiy ekvivalent zaruhiyatini keltirib shiqargan. Shu yo‗sinda qiymatning pul shakli kelib shiqqan. Umumiy ekvivalent vazifasini oltin bajara boshlagan. Oltin pulga aylandi. Pul rolini tarixda boshqa materiallar ham (mis, temir, kumush) o‗ynagan. Shunday qilib pul-o‗ziga xos tovar, umumiy ekvivalentdir.

Pul quyidagi vazifalarni bajaradi:




1.Pul-qiymat o‗lchovidir.

2. Pul-muomala vositasi.

3.Pul-jamg‗arish vositasi.

Pul turli tovarlarning qiymatini o‗lshab, miqdorini taqqoslab beradi. Tovarlar qiymatining pulda ifodalanishi tovarning bahosidir.

Tovar­pul muomalasi jarayonida pul naqd bo‗lishi kerak, chunki uning yordamida tovarlar oldi­sotdi qilinadi. Tovarlarning pulga aylanishi tovar ishlab chiqaruvchining tovarni tayyorlashga sarflangan Mehnati jamiyatga kerakli deb e‘tirof etilganligini bildiradi. Shuning uchun pulga tovar ayirboshlash bozor iqtisodiyotining muhim tomoni hisoblanadi.

Turli vaziyat taqozosi muomala jarayonining uzilib qolishiga olib kelishi mumkin. Buning natijasida pul muomalada bo‗lmay turib qoladi. Bunday holda pul boylik to‗plash vositasi vazifasini bajara boshlaydi.

Pulning vujudga kelishida asosiy sabab-tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, Mehnat taqsimotining shuqurlashuvidir, buning natijasida ortiqsha mahsulotni ayirboshlash zaruhiyati vujudga kelgan. Pul esa ayirboshlashning eng qulay vositasi bo‗lganligi sababli insonlar tomonidan qabul qilingan.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling