Mundarija kirish 3 Asosiy qism
Download 414 Kb.
|
OʻZBEKISTON MILLIY BOZORNI SHAKILLANTIRISH VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar MAVZU: OʻZBEKISTON MILLIY BOZORNI SHAKILLANTIRISH VAZIFALARI. REJA:. Kirish
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
MUNDARIJA Kirish 3 Asosiy qism Bozor munosbatlariga oʻtish va taraqqiyot oʻzbek modeli 5 Narxlarni erkinlashtirishva bozor infratuzilmasini yaratish Oʻzbekistonda milliy bozorni shakillantirishda amalga oshirayotgan ishlar Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi afzalliklari va ziddiyatlari Xulosa_Foydalanilgan_adabiyotlar_MAVZU:_OʻZBEKISTON_MILLIY_BOZORNI_SHAKILLANTIRISH_VAZIFALARI.___REJA:._Kirish'>Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar MAVZU: OʻZBEKISTON MILLIY BOZORNI SHAKILLANTIRISH VAZIFALARI. REJA:. Kirish 1.Bozor munosbatlariga oʻtish va taraqqiyot oʻzbek modeli 2.Narxlarni erkinlashtirishva bozor infratuzilmasini yaratish 3.Oʻzbekistonda milliy bozorni shakillantirishda amalga oshirayotgan ishlar 4.Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi afzalliklari va ziddiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda har bir davlat o'z xalqi va kelajagi haqida qayg'urar ekan, qat'iy pozitsiya va samarali rivojlanish yo'llarini o'z zimmasiga oladi. Mustaqil O'zbekiston oldida ham yosh mustaqil davlatni rivojlantirishning o'tgan tarixiy yo'lini, to'plangan tajriba va erishilgan yutuqlarni tahlil qilish, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlarini, mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlarini va aniq maqsadlarni xolisona baholash vazifasi qo'yildi. Bu vazifalarni amalga oshirishdan oldin keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlari rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbatlar, muhokamalar bo'lib o'tdi. Mahalliy va xalqaro tashkilotlarning qonun hujjatlari, axborot-tahliliy materiallari, tavsiyalar va sharhlar o'rganildi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. Shu munosabat bilan harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan islohotlarda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. 320 banddan iborat 437 ta tadbir samarali amalga oshirilishi, 29 ta qonun va 900 dan ortiq boshqa qonun hujjatlari qabul qilinishi natijasida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida bir qator ijobiy o'zgarishlarga erishildi. 2017-yilda davlatimiz rahbarining davlat hokimiyati va boshqaruvini, sud-huquq tizimini, qishloq xo'jaligi, neft-gaz, kimyo, tog'-kon, energetika, qurilish, arxitektura sanoati, yo'l-transport kommunikatsiyalari, farmatsevtika, to'qimachilik, xizmat ko'rsatish, turizm, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, shuningdek, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qator tashabbuslari amalga oshirildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlari kuchaytirildi. Davlat va mintaqaviy dasturlar doirasida odamlarni qiynayotgan va ularning kundalik tashvishlari bilan bog'liq muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilindi. Davlat va jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash, davlat boshqaruviga yangi usullarni joriy etish, jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish, odamlar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish sohasidagi vazifalar samarali amalga oshirildi. Jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish va isloh qilish jarayonlarini izchil davom ettirish eng muhimi hisoblanadi. Barcha tarmoqlardagi dolzarb muammolar aholi bilan ochiq muhokama qilinib, ularning eng maqbul yechimlarini izlab topdi. Fuqarolarning fikr-mulohazalari va murojaatlari asosida barcha qarorlar qabul qilinishi islohotlarni jadal va samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, iqtisodiy, bank moliya idoralari, kommunal xo'jalik, ichki va tashqi ishlar organlari, ta'lim va tarbiya, sog'liqni saqlash, sud-huquq tizimining parlament va mahalliy Kengashlar tomonidan axborot va hisobotlarini eshitish tartibini yo'lga qo'yish jamoatchilik nazoratini amalda joriy etish imkonini berdi. Prezidentimiz tashabbusi bilan davlat va jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilgan tub islohotlar va tadbirlar odamlarning biznes kayfiyatini yanada kuchaytirdi, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamladi, har bir insonning davlat va jamiyat boshqaruvida ishtirokini kengaytirdi. Mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarda xalq manfaatlari yanada keng e'tirof etila boshlandi. Download 414 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling