Fanidan o„quv-uslubiy majmua


O„zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik


Download 0.98 Mb.
bet39/263
Sana21.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1106933
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   263
Bog'liq
Sharqshunoslik

4.O„zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik


Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‗lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‗lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‗z-o‗zidan, evolyutsion yo‗l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‗z aksini topadi. har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‗lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Masalan, AQShda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980 yilda trestlarga qarshi qabul qilingan qonunda («Sherman qonuni») o‗z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan chora- tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi. Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‗lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub‘ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islorotlarni amalga oshirishga qaratilgan choratadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. O‗zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‗rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‗z egalari qo‗liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‗p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.
Shunday qilib, O‗zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‗li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‗jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‗tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‗lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas‘uliyat asosida o‗z manfaatiga ega bo‗lgan va tadbirkorlik tarlikasini YAIMasiga oluvchi erkin xo‗jalik sub‘ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
O‗zbekistonda raqobatshilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I.Karimovning ikkinchi chaqiriq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma‘ruzasida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‗jalik yurituvshi sub‘ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‗lidagi mavjud to‗siqlarni bartaraf etishni anglatadi. Shuningdek Prezidentimizning Vazirlar Markamasida bo‗lib o‗tgan Majlislarda so‗zlagan nutqida (2000 yil, fevhalida) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq yo‗nalishlari ko‗rsatilgan. Shu maqsadda O‗zbekistonda «Monopol faoliyatni sheklash to‗g‗risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatshilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me‘yoriy rujjatlar ishlab shiqildi. Mazkur qonunga ko‗ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatshilarning bozorga kirib borishiga to‗sqinlik qilish, raqobatning g‗irrom usullarini qo‗llash man etiladi. qonunni buzuvshilar haqibiga yetkazgan zaharni qoplashlari, jarima to‗lashlari, g‗irromlik bilan olgan foydadan marrum etilishlari shart. Monopoliyaga qarshi faol shoralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro‗yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‗yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi.
Respublikada monopol mavqeiga ega bo‗lgan korxonalarni Davlat reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‗tish davrining o‗ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab shiqargan muayyan mahsulotlar bozordagi shu turdagi mahsulotning 35%idan ortiq bo‗lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.
Respublikada monopoliyalar ro‗yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullardan ikkitasini ajratib ko‗rsatish lozim:

  1. Monopol mavqeidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning shegarasini belgilab qo‗yish.

  2. O‗z monopol mavqeini suiiste‘mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo‗lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Markamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob‘ektlarning xo‗jalik yurituvshi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‗g‗risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aksiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 ob‘ekt shiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.

2000 yilda xususiylashtirilgan ob‘ektlar bazasida 154 oshiq turdagi aksionerlik jamiyatlari tashkil qilindi.
O‗zbekiston Respublikasining «Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g‗irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‗l qo‗ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e‘tibor beriladi.
Tabiiy monopoliyalarni davlat yo‗li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‗rsatkichlarni belgilashni o‗z ishiga oladi.
Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo‗lmagan sektorni qo‗llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kishik va o‗rta biznesni rivojlantirishga ko‗maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatshilik muhitini shakllantirishga ko‗plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan, YUNIDO yordamida bir nechta biznes inkubatorlar tashkil etildi. yevropa jamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini, Germaniya texnikaviy ko‗maklashuv jamiyati kichik va o‗rta biznesni qo‗llabquvvatlash markazini tashkil etdi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‗p jihatdan narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirishga qaratiladi.
Narxlarni erkinlashtirish – iqtisodiy islorotlarning eng asosiy yo‗nalishlaridan biri bo‗lib, islorotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‗p jihatdan shu muammoning ral etilishiga bog‗liq bo‗ladi. Narxlarni erkinlashtirish xom - ashyo bilan mahsulot ayrim turlarining narxlari, narx bilan aholi va korxonalar daromadlari o‗rtasida mutanosiblikka erishishga qanday yondashilishi bilan farqlanadi. Shu yondashuvlarga asoslanib, narxlar quyidagi yo‗llar bilan erkinlashtiriladi:
a) narxlarni birdaniga, yoki ―esankiratadigan‖ tarzda qo‗yib yuborish; b) narxlarni sun‘iy ravishda to‗xtatib qo‗yish; v) narxni davlat tomonidan boshqarish va nazorat qilishni ma‘lum darajada saqlab qolish.
Bozor munosabatlariga o‗tayotgan har bir mamlakat, shu yo‗llardan birini tanlashda ulardan har birining mavjud real shart-sharoitlarga qanchalik mos kelishi, aholi asosiy qismining moddiy arvoliga qanday darajada ta‘sir ko‗rsatishi, islor qilishning tanlab olingan yo‗liga qanchalik darajada javob berishi va kutiladigan salbiy oqibatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Sobiq ittifoq mamlakatlari negizida vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar narxlarni erkinlashtirishning ―esankiratuvchi‖ yo‗lini tanlab oldi. Barcha turdagi xom - ashyo resurslari, iste‘mol mollari hamda xizmatlar narxini bir yo‗la erkin qo‗yib yubordi. Natijada narxlar keskin oshdi. Bu aholi keng qatlamining birdaniga qashshoqlashuviga, ijtimoiy arvolning keskinlashuviga olib keldi. Ishlab chiqarishning pasayishiga, milliy sanoat va qishloq xo‗jaligining izdan shiqishiga sabab bo‗ldi.
O‗zbekistonda iqtisodiyotni islor qilishning o‗ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-sekinlik bilan va bosqishma-bosqish erkinlashtirish yo‗li tanlab olindi. Shu yo‗l bilan narxlarni erkinlashtirishning dastlabki bosqishida (1992 yilning boshida) keng doiradagi ishlab chiqarish-texnika vositasi bo‗lgan mahsulotlar, ayrim turdagi xalq iste‘moli mollari, bajarilgan ishlar va xizmatlarning erkin narxlari va tariflariga o‗tildi. Aholini rimoyalash maqsadida sheklangan doiradagi oziq-ovqat va sanoat tovarlari narxlarining shegarasi belgilab qo‗yildi, ayrim turdagi xizmatlarning eng yuqori tariflari joriy qilindi.
Narxlarni erkinlashtirishning keyingi bosqishida (1993 yil) kelishilgan ulgurji narxlarni davlat tomonidan tortibga solish to‗xtatildi. qat‘iy belgilangan va davlat tomonidan tartibga solib turiladigan narxlarda sotiladigan tovarlar va ko‗rsatiladigan xizmatlarning soni ancha qisqardi.
Narxlarni erkinlashtirishning navbatdagi bosqishida (1994 yil, oktyabr, noyabr) xalq iste‘mol mollari asosiy turlarining narxlari erkin qo‗yib yuborildi, transport va kommunal xizmatlarning tariflari oshirildi. Shunday qilib, respublikada iqtisodiyotni islor qilishning birinchi bosqishi narxlarni bosqishma-bosqish (ush bosqishda) to‗liq erkinlashtirish bilan tugadi. Narxlarni erkinlashtirish aholini ishonshli iqtisodiy va ijtimoiy rimoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. Davlat tomonidan turli kompensatsiyalar maqsadidagi jamg‗armalar tuzildi, ish haqi, pensiya va stipendiyalarning eng kam miqdori muntazam suratda oshirib borildi, bolalar uchun nafaqalar joriy etildi. Orolining muhtoj qismiga yordam ko‗rsatildi, imtiyozli soliq stavkalari joriy etildi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling