Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.59 Mb.
|
239 28.10.2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-ILOVA
- III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi
- VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish 3-ILOVA
PDF-faylidagi rasmiy manba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 1-ILOVA Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida NIZOM I. Umumiy qoidalar II. Tovarlar narxlarini (tariflarini) davlat tomonidan tartibga solish III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi IV. Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan monopol korxonalarning va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash tartibi) V. Narxlarni tartibga solish organi va o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida narxlarini tartibga solish nazarda tutilgan ayrim tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash tartibi VI. Tovarlarga narxlar (tariflar) shakllantirilishi va qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish 3-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari RO‘YXATI Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Oldingi tahrirga qarang. “Raqobat to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni hamda Raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish hamda ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari rejasini tasdiqlash haqida” 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarorini bajarish yuzasidan, tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan narx orqali tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: (muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) Oldingi tahrirga qarang. 1. Belgilansinki: Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan; ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan; narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son) 2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Oldingi tahrirga qarang. (3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son) 4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling