Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi
Download 0.59 Mb.
|
239 28.10.2010
III. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga narxlar (tariflar)ni shakllantirish tartibi
10. Narxlar (tariflar)ni asoslash uchun qabul qilinadigan tovarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashda monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. Monopolist korxona yoxud tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarga narx (tarif) ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlardan, davr sarf-xarajatlaridan, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlardan, soliqlar va foydadan boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlardan, shuningdek sof foyda summasidan shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 147-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar, monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda xarajatlarda hisobga olinmaydi, yuqori organlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmasi ta’minotiga ajratmalar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno. 11. Aniq bir tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq (DS, TS, TSh, TB va hokazolar) tovarning markasi, turi, navi bo‘yicha amalga oshiriladi. 12. Tovarlarning turlari (markalari, tiplari, o‘lchamlari va hokazolar)ning ancha soni mavjud bo‘lgan taqdirda tovar birligiga xarajatni belgilash murakkab bo‘lganda narxlarni tartibga soluvchi organ tovar rentabelligining cheklangan darajasini yoki amaldagi narxlar (tariflar)ga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga soluvchi koeffitsiyentni deklaratsiya qilishi (tasdiqlashi) mumkin. Tartibga soluvchi koeffitsiyent loyihalashtirilayotgan tarif smetasini, ilgari narxni tartibga soluvchi organ tomonidan tasdiqlangan tarif smetasiga nisbati orqali, tovarlar ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini hisobga olgan holda aniqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 13. Narx (tarif) hisob-kitobi tovarga to‘g‘ri keladigan xarajatlar va sof foyda ko‘rsatkichlari negizida amalga oshiriladi hamda quyidagilar bo‘yicha: normalanadigan xarajatlar bo‘yicha — normativ-texnik hujjatlarni (retseptura, xomashyo va materiallar, issiqlik va elektr energiyasi, mehnat va shu kabilarni sarflash normalarini) hamda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni (DS, TS, TSh, TB va shu kabilarni) hisobga olgan holda; normalanmaydigan xarajatlar bo‘yicha — oldingi to‘rt chorakning hisobot ko‘rsatkichlari tahlili asosida va narxlarning prognoz bo‘yicha o‘zgarishini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslarning texnik va texnologik normalari tegishli vakolatli organlar tomonidan ushbu resurslarni eng kam va eng ko‘p sarflash diapazonlarida tasdiqlangan taqdirda, narxni (tarifni) hisob-kitob qilish maqsadida narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan ularning o‘rtacha ko‘rsatkichidan normalarning ushbu diapazoni doirasida foydalaniladi. (13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) Oldingi tahrirga qarang. 14. Tovarga (issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya va sanitariya bo‘yicha tozalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan tashqari) deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxni (tarifni) shakllantirishda hisobga olinadigan sof foyda miqdori, quyidagilar uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib, aniqlanadi: (14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda) boshqa manbalar mavjudligini hisobga olgan holda kreditlar, qarzlar va lizing bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish uchun. Bunda keyingi hisobot davrlarida muayyan kredit to‘liq qaytarilgandan keyin sof foyda miqdoriga tuzatish kiritilishi kerak; tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarga (loyiha-smeta hujjatlariga) muvofiq kapital qo‘yilmalarni, kreditlar, amortizatsiya ajratmalari va ushbu kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun boshqa manbalardan foydalanishni hisobga olgan holda moliyalashtirish uchun; Oldingi tahrirga qarang. dividendlar to‘lovi uchun. Ushbu tovarga to‘g‘ri keladigan dividendlarning yillik summasi korxona ustav fondi (kapitali) summasining yigirma besh foizidan oshmaydigan miqdorda belgilanadi; Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling