Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet7/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
19. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tovariga narxlar (tariflar)ni shakllantirishda yuqori organlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmalarini saqlash uchun ajratmalar bo‘yicha xarajatlar yuqori organ yuqori boshqaruv organining yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt birlashmasining qarori bilan belgilangan miqdorda hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
IV. Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan monopol korxonalarning va tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash tartibi)
(IV-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
20. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narx (tarif) loyihasini narxlarni tartibga soluvchi organga ko‘rib chiqish uchun bevosita taqdim etadi.
Agar davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovardan ushbu davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi tarkibiga kirgan boshqa monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti tomonidan tovar ishlab chiqarish uchun foydalanilgan taqdirda, narx (tarif) loyihasini ko‘rib chiqish uchun narxlarni tartibga soluvchi organga davlat yoki xo‘jalik boshqaruvining tegishli organi taqdim etadi.
21. Tovarga narx (tarif)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organga ariza bilan va unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
a) mazkur Nizomga 1-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narx (tarif) hisob-kitobi;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
b) moliyaviy hisobot nusxasi;
v) mehnat bo‘yicha statistika hisoboti nusxasi;
g) umuman xo‘jalik yurituvchi subyekt va har bir aniq tovar bo‘yicha alohida xarajatlar moddalari mazmuni, quyidagilar ilova qilinadigan daromadlar va xarajatlar to‘g‘risidagi yig‘ma ma’lumotlar:
mazkur Nizomga 2-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqarish moddiy xarajatlarining mazmuni (xomashyo va materiallardan, yoqilg‘i, elektr energiyasidan foydalanishning tasdiqlangan normalari ko‘rsatilgan holda);
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mazkur Nizomga 3 yoki 3a-ilovalarga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lashga to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar va ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar mazmuni (mehnatga xarajatlarning tasdiqlangan normalarini ko‘rsatgan holda);
* 3 va 3a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 4-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari summasi hisob-kitobi (dastlabki va qoldiq qiymat, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlari, foydalanishga topshirish sanasi ko‘rsatilgan holda);
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 5-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha ishlab chiqarish maqsadidagi ustama xarajatlar, materiallarga bilvosita xarajatlar va mehnatga bilvosita xarajatlar mazmuni;
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mukammal va joriy ta’mirlash xarajatlari mazmuni;
ushbu Nizomga 6-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foyda mazmuni (shu jumladan asosiy qarz va foizni qaytarishning tasdiqlangan jadvallari taqdim etilgan holda jalb etilgan kreditlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar);
* 6-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ushbu Nizomga 7-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha faoliyatning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
d) ushbu Nizomga 8-ilovaga* muvofiq shakl bo‘yicha natura ifodasida tovarlar ishlab chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishlab chiqarish (yetkazib berish) hajmi pasaygan taqdirda pasayish sabablari yozma ravishda asoslanishi zarur);
* 8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
e) rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘larga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi ko‘rsatilgan holda (mavjud bo‘lgan taqdirda) rivojlanish davlat dasturlarining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling