Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV


Download 0.59 Mb.
bet2/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
239 28.10.2010

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
239-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qaroriga
1-ILOVA
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom xo‘jalik yurituvchi subyektlar, monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) (keyingi o‘rinlarda tovarlar deb ataladi) narxlarni (tariflarni) shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) hamda ularning qo‘llanilishi ustidan davlat nazorati tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan muayyan tovarlarga nisbatan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va belgilashning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
3. Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ustama — xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan joriy xarajatlarni qoplash va muayyan summada sof foyda olish uchun tovarni sotishda ularning xarid narxi (tarifi) ustiga qo‘yilgan qo‘shimcha (nisbiy yoki mutlaq miqdor);
narxlarni tartibga soluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning topshirig‘i bo‘yicha — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
monopolist korxona — tovar bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan va Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-oktabrdagi 287-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 43-son, 573-modda)

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling