Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet3/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
239 28.10.2010

tabiiy monopoliya subyekti — tabiiy monopoliya sharoitlarida tovarlar ishlab chiqarish (sotish) bilan band bo‘lgan, Tabiiy monopoliyalar subyektlari davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyekt (yuridik shaxs);
rentabellik — zaruriy foyda miqdorini (davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va sof foyda summasi) ishlab chiqariladigan tovarga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari summasiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqiladigan korxona faoliyatining foydalilik nisbiy ko‘rsatkichi;
tartibga soluvchi koeffitsiyent (pasaytiruvchi yoki oshiruvchi) — narx (tarif) darajasini aniqlash uchun belgilanadigan nisbiy miqdor;
tarif smetasi — daromadlar va xarajatlar, ishlab chiqarilgan tovarlar hajmi ko‘rsatkichi va xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini aks ettiradigan va tartibga soluvchi koeffitsiyentni aniqlashda asos qilib olinadigan boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
narx (tarif) — tovar birligi qiymatining pul ifodasi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ushbu Nizom:
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan;
narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan;
narxlarni tartibga solish organi tomonidan ularni tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan tovarlarga narxlarni (tariflarni) shakllantirishda va deklaratsiya qilishda (belgilash, tasdiqlashda) qo‘llaniladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish:
narxlarni tartibga solish organi va o‘z vakolatlari doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli va strategik tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) belgilash;
ijtimoiy ahamiyatli va strategik hisoblangan, ularga narxlar (tariflar) davlat tomonidan tartibga solinadigan, monopolist korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini, tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni deklaratsiya qilish (keyingi o‘rinlarda tovarlarga narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish deb ataladi);
tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlarga narxlarni tartibga solish organi tomonidan narxlarni (tariflarni) yoki ularning cheklangan darajalarini tartibga soluvchi koeffitsiyentni, ustama yoki cheklangan rentabellikni tasdiqlash (keyingi o‘rinlarda narxlarni (tariflarni) tasdiqlash deb ataladi);
narxlarni tartibga solish organi bilan kelishish yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq alohida tovarlarga qat’iy belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) va ustamalarni belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq narxlarni (tariflarni) davlat tomonidan tartibga solishning boshqa usullari ham qo‘llanilishi mumkin.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Qolgan tovarlarga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qo‘llaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Xo‘jalik yurituvchi subyekt (shu jumladan, monopolist korxona, tabiiy monopoliya subyekti) deklaratsiya qilingan (tasdiqlangan, belgilangan) narxlarni (tariflarni) mustaqil pasaytirish huquqiga egadir. Bunda:
monopol past narxlar belgilash maqsadida narxlarni (tariflarni) pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi;
narxlarni (tariflarni) pasaytirish bir vaqtning o‘zida barcha iste’molchilar uchun amalga oshiriladi, keyinchalik narxlarni tartibga solish organi xabardor qilinadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling