II. Tovarlar narxlarini (tariflarini) davlat tomonidan tartibga solish
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Narxlarni (tariflarni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) narxlarni tartibga solish organida:
ishlab chiqarish tabiiy monopoliya sharoitlarida amalga oshiriladigan tovarga tabiiy monopoliya subyekti tomonidan, shuningdek, narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga monopolist korxona tomonidan uning tegishli Davlat reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab bir oy muddatda;
narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan u sotilgunga qadar;
yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarga narxlar (tariflar), ustamalar, cheklangan rentabellik oshganda va tegishli koeffitsiyent o‘zgarganda ta’minlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018-y., 09/18/249/0998-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tovarlarni eksport qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar (shu jumladan, monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlari) ular bo‘yicha hisob-kitoblarni shartnomaviy (erkin) narxlar bo‘yicha amalga oshiradilar, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |