Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


Download 0.59 Mb.
bet8/15
Sana26.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066490
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
239 28.10.2010

(21-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
j) oldingi hisobot davri uchun amalga oshirilgan (yoki amalga oshiriladigan) rivojlanish davlat dasturlari natijasida ishlab chiqariladigan tovarlarning material sig‘imi, energiya sig‘imi va mehnat sig‘imi darajasi o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(21-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) davlat dotatsiyalariga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa choralariga bo‘lgan ehtiyoj (zaruriyat bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(21-band “z” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar bilan birgalikda barcha hisob-kitob materiallarining elektron variantlari ham taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Narxlarni tartibga soluvchi organ tovarga narxni (tarifni) deklaratsiya qilish (tasdiqlash) uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o‘zaro axborot hamkorligi yo‘li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
22. Ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan va narxlarni tartibga soluvchi organning so‘rovi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda taqdim etilgan hujjatlar quyidagi talablar hisobga olingan holda rasmiylashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) taqdim etilgan materiallar tikilgan, tartib raqami qo‘yilgan, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak, moliyaviy hujjatlar esa xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan birgalikda imzolangan bo‘lishi kerak;
(22-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
b) hujjatlar oldingi to‘rt chorak va oldingi kalendar yil uchun taqdim etiladi (yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan tashqari);
v) asoslashda ma’lumotlar bir yil hisobiga ko‘rsatiladi.
23. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarning narxi (tarifi) darajasiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar keskin o‘zgargan taqdirda narxlarni tartibga soluvchi organ narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqish huquqiga egadir. Bunda narxlarni tartibga soluvchi organ monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyektiga ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma yuboradi. Narxlarni tartibga soluvchi organning yozma ko‘rsatmasida narxlar (tariflar)ni qayta ko‘rib chiqish tashabbusining sabablari ko‘rsatilishi kerak.
Monopolist korxona yoki tabiiy monopoliya subyekti narxlarni tartibga soluvchi organning yozma ko‘rsatmasi olingan kundan boshlab 15 kun mobaynida ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni taqdim etishi shart.
24. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan narxlar (tariflar)ni asoslash bo‘yicha hujjatlar to‘liq bo‘lmagan hajmda yoki iqtisodiy asoslanmagan hisob-kitoblar bilan taqdim etilgan taqdirda, narxlarni tartibga soluvchi organ hujjatlar olingan kundan boshlab besh kun muddatda taqdim etilgan hujjatlarni mavjud kamchiliklar yozma ravishda bayon qilingan (tushuntirilgan) holda qayta ishlash uchun qaytaradi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda narxlarni tartibga soluvchi organ tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Monopolist korxona va tabiiy monopoliya subyekti tomonidan taqdim etilgan ushbu Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha barcha zarur hujjatlar to‘liq hajmda olingan kundan boshlab bir oy muddatda narxlarni tartibga soluvchi organ quyidagi qarorlardan birini qabul qilishi kerak:

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling